|
Ma'lumotlar omboriga misollar
|
bet | 2/5 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 108,73 Kb. | | #152603 |
Bog'liq 1-mavzuMa'lumotlar omboriga misollar
Ma'lumotlar omborida turli ma'lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do’kon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma'lumotlar, talaba, o’qituvchi va xodimlar haqidagi ma'lumotlar, kitoblar haqidagi ma'lumotlar va boshqalar ma'lumotlar omboriga misol bo’la oladi.
Ma'lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig’indisi deb tushunish mumkin.
Er yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 30000 ma'lumotlar omborlaridan ko’p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma'lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig’ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini hal etishgan.
Ma'lumotlar omborlari ham ular joylashgan davlatlar kabi turli-tumandir. Ba'zi axborot tizimlari katta emas.
Masalan,
Avstraliyadagi «Ausinet» (Ousinet) tizimi 17 omborga,
Amerikaning «DAYALOG» (Dialog) tizimi 250 dan ortiq omborga ega.
Shvetsariyaning «Data— Star» (Deyta sta) tizimi 46.
G’arbiy Germaniyaning «INKA» (Inka) tizimi 42.
Frantsiyaning «Kestel» (Kastel) tizimi 45.
Buyuk Britaniyaning «Pergamon Infolayn» (Pegamon Infoleyn) tizimi 35 omborga ega.
Axborotni strukturalash. Strukturalash - bu ob'еktlar va ma'lumotlarning o’zaro boqlanishi tasvirlash usullari haqidagi kеlishuvni kiritishdir.
1-misol: strukturalanmagan ma'lumotlar.
Shaxsiy ish №20201; Aliеv Karim Ergashеvich; tug’ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish №20202; Boqiеv Dilmurod Raxmatullaеvich; tug’ilgan sana 5 dеkabr 1985 yil; Shaxsiy ish №20203; Zokirov Anvar Rashidovich; tug’ilgan sana 15 may 1984 yil.
2-misol: strukturalangan ma'lumotlar.
|
| |