|
Ma’lumotlarning intellektual tahlili
|
bet | 2/3 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 367,56 Kb. | | #129894 |
Bog'liq MIT 2topshiriq nazariytenglama. Regressiya to‘g‘ri chiziq tenglamasi
Tanlanma to‘plam, yoki oddiy qilib aytganda tanlanma deb tasodifiy ravishda tanlab olingan obyektlar to‘plamiga aytiladi. Bosh to‘plam deb,
tanlanma ajratiladigan obyektlar to‘plamiga aytiladi. To‘plam (bosh yoki tanlanma to‘plami) hajmi deb, bu to‘plamdagi obyektlar soniga aytiladi. Masalan 500 ta detaldan tekshirish uchun 50 ta detal olingan bo‘lsa, u holda bosh to‘plam hajmi N=500, tanlanma esa p=50 ga teng.
O‘quv tanlanma sifatida hududlarda bo‘layotgan yong‘in hodisalari misol sifatida olindi va bu jarayonlarning 2025-yilgacha talofatlar sonini bashoratlash dasturi tuzildi. Dastur uchun o‘quv tanlanma MS Access ma’lumotlar bazasi (MB) ga joylandi.
rasm. O‘quv tanlanmaning MBdan o‘qitilish jarayoni
O‘quv tanlanmada chiziqli regressiya funksiyalarini hisoblash oson bo‘lishi uchun “Hudud nomi” deb nomlangan maydonda har bir hudud raqamlashtirilgan. 2-rasmda foydalanuvchi uchun hududlarni tanlashda Comboboxdan foydalanilgan:
1 rasm. Hududlarni tanlash jarayoni
Avvalo foydalanuvchi biror hududni tanlab olishi zarur va shu orqali tanlanmadan kerakli ma’lumotlar 3-rasmda ko‘rsatilgandek, yillar kesimida joylashadi:
rasm. Tanlanmadan olingan ma’lumotlar
Chiziqli regressiya uchun avvalo tenglamalardagi qiymatlarni hisoblash lozim. Bunda qiymatni aniqlash uchun kerak bo‘lgan jadval quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
2-tenglama. b1 ni hisoblash
Agarda b1 ni topish jarayoni dastursiz hisoblansa, u holda quyidagi jadvalni yaratib olish lozim.
i
|
1
|
1
|
8421
|
8421
|
1
|
2
|
2
|
8652
|
17304
|
4
|
3
|
3
|
9658
|
28974
|
9
|
4
|
4
|
10122
|
40488
|
16
|
5
|
5
|
10258
|
51290
|
25
|
6
|
6
|
11564
|
69384
|
36
|
7
|
7
|
12382
|
86674
|
49
|
Summa
|
28
|
71057
|
302535
|
140
|
1-jadval. b1 ni hisoblash uchun hisoblangan qiymatlar
Bu jarayonni dasturning o‘zi hisoblaydi, buning uchun esa ko‘rsatib o‘tilgan kerakli tugmalar bosiladi.
rasm. b1 ni hisoblash uchun kerakli qiymatlarni dastur orqali hisoblash
Barcha qiymatlar hisoblab bo‘lingandan so‘ng b1 va b0 larni hisoblash qoladi. Bilamizki, b0 ni
hisoblash uchun bizga 4-rasmdagi qiymatlardan tashqari b1 ning qiymatlari ham kerak bo‘ladi:
;
3-tenglama. b0 ni hisoblash.
Shu tariqa b1 va b0 larni hisoblab olamiz.
5-rasm. b1 va b0 ni hisoblash
Barcha qiymatlarni hisoblab bo‘lgandan so‘ng, bashoratlashni boshlash mumkin. Buning uchun dasturdagi “Bashoratlash uchun yilni tanlang” deb yozilgan joydan, 2021 yildan 2025 yilgacha bo’lgan davrdan har bir yilni tanlab “Bashoratlash” tugmasi bosiladi.
Bashoratlash jarayoni tugagandan so‘ng quyidagi qiymatlar hosil
bo‘ladi:
7-rasm. Bashoratlash jarayonini to‘la tamomlagandan so‘ngi holat
Bashoratlash jarayoni tamomlangandan so‘ng, uni diagramma ko‘rinishida ko‘rish uchun, “Diagrammani ko‘rish” tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi diagramma hosil bo‘ladi:
8-rasm. Bashoratlashning grafik ko‘rinishi
Yuqoridagi yozilganlar asosan yong‘in xavfsizligiga oid ma’lumotlar bo‘lganligi bilan qolgan barcha holatlar uchun ham ishlashi mumkin. Buning uchun o‘quv tanlanmadagi kerakli maydon o‘rniga o‘tkazilsa kifoya.
9-rasm. Dasturning ko‘rinishi
Shubhasiz, intellektual texnologiyalar zamonaviy axborot jamiyati sharoitida xizmatlar sifatini oshirishning yangi usullarini ochib beradi. Shunday qilib, moslashuvchan taqdimot shaxsiylashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi, muammolarni hal qilishda yordam beradi va interaktiv aloqani qayta ishlash bilan intellektual qarorlarni tahlil qilish ko‘p vaqtni tejash imkonini beradi. Modellarni moslashtirish texnologiyalari boshqaruv va aloqa jihatlarini yaxshilashi mumkin. Biroq, hozirgi vaqtda maxsus dasturlash ko‘nikmalari va matematik modellarni yaratmasdan amaliy muammolarni hal qilish uchun mashinani o‘rganish usullaridan foydalanishga imkon beradigan qulay va oddiy vositalar yetarli darajada emas.
Ushbu ishning maqsadi ham yong‘in xavfsizligi ma’lumotlarini turli usullarda intellektual tahlil qilish hamda amaliy muammolarni hal qilish uchun qulay foydalanish dasturini yaratishdir. Shuningdek, bu dastur yordamida turli yong‘in malumotlarini olish, bashoratlash hamda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish ham mumkin. Natijada, yong‘in xavsizligi ma’lumotlarini tahlil qilish bilan bog‘liq keng ko‘lamli muammolarni hal qilish uchun dastur ishlab chiqildi. Berilgan dastur bashoratli modellarni qurish muammolarini hal qilish, shuningdek, ma’lumotlardan muhim xususiyatlarni izlash imkonini ham beradi. Bu esa o‘z navbatida, turli axborotlarni tezkor tahlil qilishda intellektual tahlil qilish amaliyotini qo‘llash naqadar dolzarb vazifa ekanligini ko‘rsatadi.
|
| |