|
Yuqori darajali dasturlash tillari (High-level languages)
|
bet | 4/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 35,12 Kb. | | #132327 |
Bog'liq 16-MavzuYuqori darajali dasturlash tillari (High-level languages). Koʻplab
dasturchilar yuqori darajali dasturlash tillaridan foydalangan holda oʻz ilovalarini
yaratadilar. Yuqori darajali dasturlash tillari mashina tilidan uzoq boʻlib, inson
tushinishi uchun ancha osondir. Yuqori dasturlash tillariga C,C++ va boshqalarni
olish mumkin. Bu dasturlash tilida yozilgan kodlar kompilyatorlar orqali mashina
kodiga aylantiriladi.
Izohlash tillari (Interpreted languages). Izohlash tillari eng yuqori darajali
tillar hisoblanadi. Koʻplab dasturchilar aynan shu tillardan, C#, Perl, .Net va
Javafoydalanadilar. Bu tillardan yozilgan kodlar mashina tiliga kompilyasiya
etilmaydi, balki baytkodlarda oʻtkaziladi. Baytkodlar dasturiy kodlarni oraliq
ifodalanishi boʻlib, interpritatorlar orqali mashina kodiga aylantiriladi.
ZD doimiy xotirada mashina tilining binar shaklida saqlanadi.
ZD dizassembrlanganda, binar holatdagi ZD kodini chiqishda assembler tiliga
oʻtkazish amalga oshiriladi.
Assembler tili bir nechta tillar toʻplami boʻlib, har bir til aynan bir
mikroprotsessor (x86, x64, SPARC, PowerPC, MIPS, va ARM) uchun
moʻljallangan boʻladi.
Hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardagi arxitektura bu x86 boʻlib,
keyinchalik yaratilgan AMD64 yoki Intel 64 arxitekturalari ham x86 ni qoʻllab
quvvatlaydi. Shuning uchun aksariyat, yaratuvchilar x86 arxitekturasiga
asoslangan ZD dasturlarni yaratadilar.
x86 arxitekturasi. Amalda foydalanilayotgan koʻplab arxitekturalar (Shu
jumladan x86 ham) Jon Fon Neyman arxitekturasidan kelib chiqqan (3.7.12-rasm).
3.7.12-rasm. Jon Fon Neyman arxitekturasi
Yuqoridagi rasmda keltirilganidek, CPU bir nechta tashkil etuvchilardan
iborat. Boshqaruv birlashmasi (Control Unit) registorlardan foydalangan holda
RAM dan koʻrsatmalarni oladi. Registorlarda bajarilishi kerak boʻlgan
koʻrsatmalar manzili saqlanadi. Registorlan CPUning asosiy ma‘lumot saqlovchi
qismi boʻlib, vaqti tejash uchun CPU ning RAM ga murojaat etishini kamaytiradi.
Arifmetik mantiqiy birlashma (Arithmetic logic unit, ALU) RAM dan olingan
koʻrsatmalarni registorlarga yoki xotiraga joylashtirishda foydalaniladi.
|
| |