Keywords:
economic stability, economic security, external and internal threats
to the economic security of banking, indicators of the level of economic security of
the banking system, the level of competition in the banking market, the level of
quality of regulation and control of banking activities by the Central Bank, the level
of capitalization of the banking system of the state, sustainability national currency,
liquidity in the foreign exchange market
KIRISH
“Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida
keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga
qaratilgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28
yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi. Ushbu taraqqiyot strategiyasida
mamlakatdagi davlatning iqtisodiy xavfsizligiga katta e’tibor qaratilgandir.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi - davlat xavfsizligini ta'minlovchi iqtisodiyot
tizimining alohida elementi hisoblanib, jamiyat va davlatni iqtisodiy sohadagi ichki,
tashqi tahdidlar va xavflardan. insonni hayotiy ehtiyojlari va manfaatlarini himoya
qilish tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda bank sektori
muhim o‘rin tutadi. Bank tizimi pul resurslarining katta qismini nazorat qiladi,
ularning harakatini, taqsimlanishini va qayta taqsimlanishini ta'minlaydi, xo‘jalik
yurituvchi sub'ektlar o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning paydo
bo‘lishiga, uning rivojlanishiga yordam beradi. Bank tizimining asosiy funktsiyalarini
lozim darajada bajarmaganligi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqalarni buzadi va mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga asosiy
tahdidlardan biri sifatida baholanadi.
Umumiy ma’noda bank tizimining moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi - bu bank
faoliyatining barqaror ishlashini ta’minlash uchun moliyaviy resurslardan eng
samarali foydalanish, bank tizimi barqarorligiga ta’sir qiluvchi tahdidlarning oldini
olish holati hisoblanadi.
Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadi - uning
faoliyatining maksimal barqarorligiga erishish, shuningdek obyektiv va subyektiv
tahdid omillaridan qat'iy nazar, bank tizimini rivojlantirish asoslari va istiqbollarini
yaratishdir, kutilmagan moliyaviy holatlarning real sharoitida bu ayniqsa to‘g'ri
hisoblanadi. Bank sektorining ko‘proq xavf-xatari bankning o‘z resurslari va
daromadlarini yo‘qotishi yoki muayyan ishlarni amalga oshirish natijasida
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1464
qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi, moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liqdir. Kredit
va bank sektorining iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar xavfi xilma-xildir, biz ularni
tashqi va ichki qismlarga bo‘lib, o‘rganishimiz mumkin.
1-jadval
Bank biznesining iqtisodiy xavfsizligiga tahdid turlari
1
Tashqi tahdidlar
Ichki tahdidlar
1.Mamlakatning
iqtisodiy,
siyosiy
va
ijtimoiy
sohalaridagi o‘zgarishlaridan kelib chiqadigan tahdidlar.
2.Noqulay bozor kon'yukturasi tufayli yuzaga keladigan
tahdidlar
3.Bank sektoridagi korrupsiyaviy holatlar bilan bog'liq
tahdidlar.
4.Global miqyosdagi jahon bozorlarini tebranishlari
bilan bog'liq tahdidlar
1.Banklarning o‘tkazilgan kredit siyosati riski bilan
bog'liq tahdidlar
2.Bank menejmentining past sifati tufayli yuzaga kelgan
tahdidlar.
3.Kredit tashkilotining likvidlilik faoliyatinin buzilishi
bilan bog'liq tahdidlar
4.Bank qonunchiligining buzilishi bilan bog'liq tahdidlar
Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligi darajasi quyidagilar bilan belgilanadi:(biz
ularni ba’zi ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz)
1. Bank bozoridagi raqobat darajasi.
Bu borada O‘zbekistonda qator ishlar amalga oshirilmoqda, hozirda 2023 yil 1
may holatiga mamlakatimiz bank bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat
banklarining soni 34 taga etdi, shundan 2 ta tijorat banki “APEX BANK” va
“HAYOT BANK” aksiyadorlik jamiyatlari 2023 yil mart oyida faoliyat ko‘rsatish
uchun lizensiyaga ega bo‘ldi. Bank ishi nazariyasining asosiy masalalaridan biri bank
bozorining optimal tuzilishi hisoblanadi. Bank bozorini strukturalash mezonlari
operatsiyalar ob'ektlari, mijozlar guruhlari, bank faoliyati geografiyasi, banklarning
konsentratsiyalashuv darajasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 12 may 2020 yildagi 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi
PF-5992-sonli Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat ulushi mavjud tijorat banklarini
kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot
texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari
paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish,
shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida
isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish belgilab berildi.
2023 yilda davlat ulushi yuqori bo‘lgan yirik banklarni xususiylashtirish jarayonini
mantiqiy yakuniga etkazish, xususan davlat ulushi mavjud banklar, Qishloq qurilish
bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bankni
aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish hamda Evropa tiklanish va
taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankdagi transformatsiya jarayonlarining
faol fazasiga o‘tish belgilab berildi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, hozirda global
1
file:///C:/Users/hp/Downloads/ekonomicheskaya-bezopasnost-bankovskoy-sistemy%20(1).pdf
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1465
darajada banklar sonining umumiy qisqarishi kuzatilmoqda va boshqa moliyaviy
institutlarning soni va turi ko‘paymoqda.
2. Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
sifatining darajasi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tashkil qilingan va doimiy
ravishda faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanadi. Ushbu Qo‘mita tomonidan
ruxsat berish tartiboti yo‘nalishida banklar tomonidan kelishish uchun taqdim
qilingan hujjatlarni, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit tashkilotlarini litsenziyalash, davlat reestridan chiqarish
va dastlabki ruxsat berish hamda to‘lov tashkilotlarini reestrga kiritish, shuningdek,
vakolatxonani akkreditatsiya qilish va repo operatsiyasiga ruxsat berish bilan bog‘liq
masalalar ko‘riladi. Moliyaviy holatni ko‘rib chiqish bo‘yicha esa, kredit
tashkilotlarida prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi yuzasidan masofaviy va
joyida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari, xususan, banklar faoliyatida mavjud xatarlar
bo‘yicha o‘tkazilgan tematik o‘rganishlar natijalari muhokama qilinadi.shu o‘rinda
aytish joizki, prudensial normativlarga rioya etilmagani, moliyaviy yo‘qotishlarga
qarshi zaxiralar yaratilmagani, moliyaviy holati to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganligi,
hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish orqali Markaziy bankka haqqoniy bo‘lmagan
ma’lumotlar taqdim qilib kelinganligi sababli, Turkistonbank va Xay-tek banklardan
bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya, qonunchilikda
belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun “International Eco Pay”,
“Panda internet technology”, “Ugnis” kabi to‘lov tashkilotlaridan litsenziyalar
chaqirib olindi.
3. Davlat bank tizimining kapitallashuv darajasi.
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh
qilish Strategiyasi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlari sifatida banklarning kapitaliga
qo‘yiladigan minimal talablarni oshirish hamda davlat ulushi mavjud banklarning
kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega strategik xorijiy investorlarni jalb qilish
belgilangan.
2-jadval
Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi
2
Ko‘rsatkichlar nomi
01.04.2022
01.04.2023
mlrd. so‘m
ulushi, foizda
mlrd. so‘m
ulushi, foizda
I darajali kapital
65 465
86,0%
75 223
85,8%
Asosiy kapital
65 270
85,7%
75 185
85,7%
Qo‘shimcha kapital
195
0,3%
38
0,0%
II darajali kapital
10 677
14,0%
12 469
14,2%
Jami regulyativ kapital
76 142
100%
87 692
100%
2
https://cbu.uz/upload/medialibrary/04f/xz40kvjhrad5rrk7otjgimsys6pbb5ud/Asosiy_yunalishlar_2022.pdf
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1466
Kapital monandlilik darajasi
17,6%
17,2%
I darajali kapital monandlilik darajasi
15,2%
14,8%
Ushbu
ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizdagi tijorat
banklarining kapitallashuv darajasi ortib bormoqda.2022 yilda tijorat banklarining
asosiy kapitalining hajmi 65 trln. so‘mdan oshgan bo‘lsa, 2023 yilning aprel oyiga
kelib, ushbu ko‘rsatkich 75 trln. so‘mdan oshgan. Bu esa, ijobiy holat hisoblanadi.
4. Milliy valyutaning barqarorligi.
Oldingi davrlarda valyuta siyosatidagi cheklovlar, aholining milliy valyutaga
nisbatan ishonchsizligi, inflyasiyaning nisbatan yuqori darajasi, shuningdek, muqobil
jamg‘arma instrumentlarining kamligi banklarda depozitlar dollarlashuv darajasining
yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan. So‘nggi yillarda iqtisodiyotda nisbatan yuqori real
foiz stavkalarining ta’minlanishi, milliy valyuta kursining barqarorligi va milliy
valyutadagi depozitlar bo‘yicha banklar tomonidan taklif etilayotgan yuqori foiz
stavkalari milliy valyutadagi depozitlarning ko‘payishiga xizmat qilmoqda.
2023 yil davomida yalpi talabning susayishi va tartibga solinadigan narxlarning
yuqori darajada oshirilmasligi iste’mol bozorlarida narxlar shakllanishiga
pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatsa, fiskal rag‘batlantirish va tashqi omillar hisobiga
valyuta kursiga bo‘ladigan bosimlar narxlarga oshiruvchi ta’sirlarni yuzaga keltirishi
mumkin. Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, bu yil inflyasiya darajasi 7-8
foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
XULOSA
Shu o‘rinda quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin. Bank tizimining
iqtisodiy xavfsizligini yaxshilash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga
oshirilyapti, jumladan, Markaziy bank tomonidan bank muassasalari faoliyatini
nazorat qilish sifatini oshirilmoqda va doimiy monitoring olib borilmoqda, inflyasion
targetlash rejimining asosiy elementlaridan biri, bu pul-kredit sohasida qabul
qilinayotgan qarorlarning ochiqligi va bu boradagi shaffoflikning ta’minlanmoqda.
Samarali kommunikatsiya siyosatining ishlab chiqilishi va pul-kredit siyosati
sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning keng jamoatchilikka o‘z vaqtida va
tushunarli tilda etkazilishi aholi va tadbirkorlik sub’ektlari inflyasion kutilmalarining
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, ichki valyuta bozorida likvidlikni doimiy ta’minlash
maqsadida mamlakatimizda Market-meykerlik instituti joriy etildi va ichki valyuta
bozorida 2 ta tijorat banki market meyker sifatida faoliyatini amalga oshirib
kelmoqda. Market-meyker maqomini olgan tijorat banklariga beriladigan
imtiyozlarga qaramasdan, ularning soni sezilarli ko‘paymayapti. Markaziy bank
tomonidan tijorat banklarining “market-meykerlar” sifatidagi faolligi hamda ularning
valyuta kursini belgilashdagi roli oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqarilishi
zarurdir.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1467
Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va moliyaviy resurslarning
samarasiz taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi imtiyozli kreditlash (foizlari bozor foiz
stavkalaridan past bo‘lgan kreditlar) va direktiv kreditlash (mahalliy hokimlik
organlari va davlat idoralari tomonidan kreditlarni belgilab berish) usullaridan
bosqichma-bosqich voz kechish choralarini ko‘rish; Bank tizimida ajratilayotgan
kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
va aynan ushbu omil ta’sirida tijorat banklarining kredit portfelida muammoli
kreditlar ulushi yuqori darajada qolmoqda.
|