• Yuqori tashkilotlar nomi
  • "Mikrokreditbank" АTB Boshqaruvi quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi
  • Bank Missiyasi
  • Yuqori tashkilotlar nomi




    Download 53.85 Kb.
    bet1/5
    Sana25.09.2023
    Hajmi53.85 Kb.
    #84156
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mikrokredit bank
    Elektrotexnika va elektronika asoslari labor, 393-сонли буйруқ илова, Mustahkam iroda kuchli ma’naviyat kafolati, autoref-metody-i-modeli-organizatsii-informatsionnoi-podderzhki-dlya-effektivnogo-formirovaniya-besk, Doc11, Doc11, hajshajs, 1-mavzu, Chilangarlik ishi, 2 5197428049028581881, 2 5197428049028581883, 2 5197428049028581884, Ma\'lumotlar ba\'zasi m№3, 2-amaliy ish

    “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.
    Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Ular qatorida, Jahon banki, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi, Osiyo bankirlar assotsiatsiyasi, Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro fondi, Germaniya jamgʼarma kassalari fondi kabi tashkilotlar mavjud.
    Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi.

    Yuqori tashkilotlar nomi
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (www.mf.uz)
    O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki (www.cbu.uz)

    Bank strategiyasi
    Moddiy infratuzilmani rivojlantirish;
    Strategik hamkorlikni rivojlantirish;
    IT ni qoʼllashni takomillashtirish;
    Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish.
    Bankning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir:
    Yangi bank xizmatlarini joriy qilish;
    Bank infratuzilmasini takomillashtirish;
    Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish;
    Bank faoliyatini avtomatlashtirish;
    Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash;
    Xodimlar malakasini oshirish.

    "Mikrokreditbank" АTB Boshqaruvi quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi:
    Bankning barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi xalqaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari hamda isteʼmolchi tomonidan qoʼyilgan talablarni bajarilishini taʼminlash, qoʼyilgan vazifalarni bajarishda kerak boʼladigan barcha resurslar bilan taʼminlash;
    Har bir ishchi-xodim va rahbariyatda sifat uchun javobgarlik prinsipini roʼyobga chiqarish, shaxsning oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda oʼz hissasini qoʼshishga chorlash;
    Xalqaro standartlarga mos ravishda koʼrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshira olish qobiliyatiga ega boʼlgan jamoa tuzish;
    Oʼtkazilgan tadbirlar natijasiga koʼra bir yilda bir bor ushbu sifat yoʼnalishidagi tizimni tahlil qilish, siyosatni qayta koʼrib chiqish, shuningdek, sifat tizimni yaxshilashda tegishli vazifalarni doimo bajarish.

    Bank Missiyasi - Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.
    Bank o‘z faoliyatini mijozlar talablarini to‘liq qondirish, zamonaviy va raqobatbardosh moliya muassasasiga aylanish, xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘z oldiga maqsad deb qo‘ygan.


    Download 53.85 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 53.85 Kb.