Har XIL axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini yaratishda asosiy ilmiytexnik asos hisoblanadi




Download 14,51 Kb.
Sana04.01.2024
Hajmi14,51 Kb.
#129959
Bog'liq
forma


Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish — korxonalar, idoralar, hududiy birlashmalar, shahar xoʻjaligi, tarmoq va tashkilotlar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda matematik usullar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash.

Har xil axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini yaratishda asosiy ilmiytexnik asos hisoblanadi. Ishlab chiqilgan texnik vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay oʻzgartirish mumkin. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash, maʼlumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish, xoʻjalik boʻgʻinlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish va axborot oqimi sifatini koʻtarish, ikkinchi darajali maʼlumotlardan xoli boʻlib, boʻgʻinlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan maʼlumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilish. Bundam tizimlarni barpo etishdan asosiy maqsad ularning texnik asosi hisoblangan EHMni yaratish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir tizim maʼlumotlarini har tomonlama ishlab chiqish.



Odamning texnik vositalar bilan oʻzaro muloqotini yengillashtiradigan maʼlumotlarni qayta ishlash qurilmalari, ayniqsa, axborotlarni qayd qilish va aks ettirish bosqichidagi har xil qurilmalar Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini xalq xoʻjaligiga joriy etishni tezlashtirishga imkon beradi.

Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida eng mukammal matematik modellar qurish hamda maqbul rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi. Axborot jarayonlarini qulda yoki mexanik ravishda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirishning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻlyoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagijarayenlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi. Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy maʼlumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan maʼlumotlarni takdim etishdagi kechikishlarga sabab boʻladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish boshqaruvning tashkiliyiqtisodiy tizimi turiga kiradi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maksad hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin. Boshqaruv tizimining matematik taʼminoti yoki dasturlar toʻplami odatda ikki guruhga: tashqi va ichki guruhlarga boʻlinadi. Birinchi guruh dasturlar toʻplami tizimining yuqorida sanab oʻtilgan ayrim vazifalarini, yaʼni parametrlarning yoʻl qoʻyilgan oraliqdan chetlashish hollarini hisobga olish, ishlab chiqarish rejalarini tezkorlik bilan tekislash kabi bir qator vazifalarni bajarishga imkon yaratadi. Ichki matematik taʼminot guruhidagi dasturlar esa boshqarish tizimidagi hisoblash majmuining ishlashini taʼminlaydi. EHMlar uchun tuzilgan dasturlar oddiy amallarni bajaruvchi buyruqlar zanjiridan tashkil topadi. Buyruklar zanjiri ixtiyoriy boʻlmasdan, balki masalani yechishning biror matematik usulini amalga oshirishga moʻljallanadi. Bu usul koʻp hollarda oldindan formulalar yoki ifodalar orqali berilgan boʻladi. Agar matematik formulalar va mantiqiy shartlar asosida qoʻyilgan masalani yechish yuzasidan yuqorida keltirilgan shartlar bajarilsa, u holda bu ketmaketlik qoʻyilgan masalani yechish algoritmi deyiladi. Bunday algoritm jarayonni boshqaruvchi operatorga shu jarayon har xil sharoitlarda qanday qilib maqbul boshqarilishi mumkinligini koʻrsatib beradi.
Download 14,51 Kb.




Download 14,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har XIL axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini yaratishda asosiy ilmiytexnik asos hisoblanadi

Download 14,51 Kb.