|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 76-80Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
14-to’plam yanvar 2023
78
rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 31 mart-13 aprel kunlari Xalqaro valyuta
jamg‘armasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishi
rejalashtirilgan.
Xususan, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya
tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish,
soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq
tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021 yil 7 yanvardagi 1-son
Qarori tasdiqlandi.
Bunda asosiy e’tibor inson omilisiz zamonaviy axborot texnologiyalarining keng
joriy etilishiga qaratilib, Elektron hisobvaraq-fakturalari, onlayn nazorat kassa
mashinalaridan foydalanish, tovarlarni markirovkalash, ekspertlar ishtirokida ishlab
chiqilgan “Tahlika – tahlil” dasturiy mahsuli orqali soliq xavfi yuqori sub’ektlarni
segmentlashga qaratildi. Jumladan:
2021 yilda "Shubhali" operatsiyalarni amalga oshirgan korxonalar bo‘yicha.
Elektron hisobvaraq-fakturalari hamda “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulotlari
orqali 9 ta bosqichda tovar aylanmasi 13,54 trln.so‘m shundan QQS 1,81 trln.so‘mni
tashkil etgan 1025 ta “shubhali” korxonalar segmentlab olindi. (Shuningdek, 2022
yilning yanvar-mart oyida 58 ta sub’ektlarning faoliyatida shubhali operatsiyalar
kuzatilib, ularda soliq tekshiruvlarini tashkil etish uchun Xavfni tahlil qilish va soliq
to‘lovchilarni segmentlash va Soliq nazorati departamentlariga ro‘yxat taqdim
etildi.)
Byudjetga katta miqdorda zarar yetkazganliklari munosabati bilan 1025 ta
korxonadan 1012 tasi bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
yuborildi va 529 tasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan soliq tekshiruvlari
natijasi bilan 20 ta korxonada aniqlangan kamchiliklar, jumladan “shubhali” deb
topilishiga asos bo‘lgan holatlar to‘liq bartaraf etilganligi sababli ushbu ro‘yxatdan
chiqarildi.
|
| |