|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 76-80Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
14-to’plam yanvar 2023
77
qolmoqda. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida
ham xufiyona iqtisodiyotning ko‘lami yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bundan
tashqari, xufiyona iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy ijtimoiy tuzilmalar, jamiyatdagi
iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik,
balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining
bir qismini tashkil qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini qondirish, ya’ni
katta miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat organlari
boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va nodavlat mulkidan hamda
iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan
hamkorlikda olib borilayotgan ishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son Farmoni talabida “yashirin iqtisodiyot”ni
qisqartirishga qaratilgan tadbirlar ushbu sohada ijobiy ish tajribasiga ega xalqaro
moliya institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Rossiya Federal soliq
xizmati va boshqalar) bilan izchil davom ettirilmoqda.
2020 yil oktyabr va 2021 yil oktyabr oylaridagi HVJ (MVF)ning xufyona
iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordami
doirasida soliq xavfini boshqarish tizimi (CRM)ni joriy etishga alohida e’tibor
qaratilgan hamda XVJ ekspertlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda xufiyona
iqtisodiyot va komlaens-xavflarni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya
taqdim etilib, uchrashuv ishtirokchilari bilan keng muhokama qilindi va bir qator
takliflar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq
ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2022 yil 24 martdagi PQ-178-son Qarori imzolandi.
Shuningdek, 2022 yil davomida halqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda
yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish
|
| |