• Maple 6
  • Maple 6 , Maple 7, Maple 8, Maple 9.5
  • Maple amaliy paketining versiyalari




    Download 355.89 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana25.07.2023
    Hajmi355.89 Kb.
    #77300
      1   2   3
    Bog'liq
    Maple amaliy paketining versiyalari
    3-4-ma’ruza Giperbola va uning xossalari(2-soat)-fayllar.org


    Maple amaliy paketining versiyalari
    XX asrning oxirlarida boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy 
    kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi 
    tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish uchun amaliy dasturlar 
    yaratishda yangicha texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib berdi.
    Shuni ta’kidlash keraki, Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili 
    Kanadaning
    Waterloo universiteti mutaxassislari Keyt Ged va Gaton Gone tomonidan 
    katta EHMlar uchun yaratilgan. 2000 yil dekabr oyining oxirida esa 
    Maple 6 tizimi shu universitetida yaratildi. Waterloo universiteti 2004 yil 
    7 aprelda Maple 9.5 tizimi yaratildi. Bu tizim iqtisodiyot, mexanika
    matematika, fizika, muxandislik va h.k. yo`nalishdagi masalalarni 
    yechishda matematikaning analitik hamda sonli usullarini qo`llashni 
    amalga oshiradi. Shuning uchun hozirgi kunda ham Maple 6, Maple 7, 
    Maple 8, Maple 9.5 tizimilaridan keng foydalanib kelinmoqda. 
    Kompyuter algebrasi tizimlari hisoblash tizimlari uchun qo`llaniladigan 
    "kompyuter intellekti" tushunchasini mazmun va mohiyatini amalda 
    namoyish qilish imkoniyatini yaratdi.
    Bu tizimlar amaliy dasturlar ta’minotini yaratuvchi mutaxassislar uchun 
    quyidagi vositalarni yaratadi:
    - yuqori saviyadagi dasturlashtirish tizimi;
    - hujjatlar va dasturlarni yaratish hamda tahrirlash imkoniyatini 
    beruvchi redaktorlar;
    - foydalanuvchilar uchun bevosita muloqot asosida ishlash 
    imkoniyatini beruvchi zamonaviy ko`p oynali interfeys;
    - yuqori saviyadagi ma’lumotnoma tizimi;
    - matematik ifodalarni qayta ishlovchi algoritm va qoidalar 
    majmuasi;
    - analitik va sonli amallarni bajaruvchi dasturiy protsessor;
    - muloqot jarayonida sodir bo`ladigan xatoliklarni ko`rsatuvchi 
    diagnostika tizimi;
    - tizimning 
    bevosita 
    yadrosiga 
    biriktirilgan 
    funksiyalar 
    kutubxonasi;
    - tizimni qo`llash va matematik usullarni tatbiq qilish uchun 
    kerak bo`ladigan paketlar majmuasi.
    Bu vositalar amaliy dasturiy ta’minot yaratishdagi masalaning matematik 
    modelini keltirib chiqarish, hisoblash usullarini tanlash, hisoblash 
    eksperimentlarini o`tkazish va natijalarni tahlil qilish jarayonini to`liq 
    avtomatizatsiyalash imkonini beradi. Bu esa, amaliy dasturlar ta’minotni 
    tashkil qilishning tamoyillarini va masalalarni EHMda yechishning 


    an’anaviy texnologiya doirasida qo`llanilib kelgan usullarini tubdan 
    o`zgartiradi.

    Download 355.89 Kb.
      1   2   3




    Download 355.89 Kb.
    Pdf ko'rish