|
Markaziy Osiyoda xalqaro ahamiyatga ega qanday transport loyihalari mavjud? Mintaqamizda ularga talab qay darajada?
|
bet | 4/5 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 23,53 Kb. | | #106786 |
Bog'liq Markaziy Osiyo xalqaro transport yoMarkaziy Osiyoda xalqaro ahamiyatga ega qanday transport loyihalari mavjud? Mintaqamizda ularga talab qay darajada?
– Keyingi paytlarda mintaqamiz mamlakatlari xalqaro transport borasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga doir sa’y-harakatlarini faollashtirayapti. Bugungi kunda Markaziy Osiyo orqali qator xalqaro transport yo‘laklari tashkil etilmoqda.
2018-2023 yillarda Xitoy va G‘arbiy Yevropani bog‘laydigan “Yevroosiyo” transport yo‘lagini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu magistral Pekindan boshlab Ostona, Moskva va Minsk orqali Berlinga qadar davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga borib ushbu yo‘lak orqali yiliga 37 million yo‘lovchi tashiladi.
Yana bir loyiha – “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy”. Uning Xitoy –Qozog‘iston qismi 2016 yilda ish boshlagan bo‘lib, Yevropaga eltuvchi eng qisqa avtomobil yo‘li hisoblanadi, bu yerda yuk tashish muddati 10-12 kunni tashkil etadi. Loyiha 2030 yilga qadar to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda. Yo‘lak Sankt-Peterburg – Moskva – Orenburg – Oqto‘ba – Olmaota – Qorg‘as orqali o‘tadi.
2017 yilda Afg‘oniston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya vakillari “Lojuvard” transport yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Unga muvofiq, temir va avtomobil yo‘llari orqali Torkundi shahri (Afg‘oniston) Ashxobod bilan va Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi bandargohi bilan bog‘lanadi. So‘ng yo‘lak Kaspiy orqali Bokuga, keyinchalik Tbilisi orqali Anqaraga, yo‘l-yo‘lakay Poti va Batumi portlarida tarmoqlanib, Anqaradan Istanbul va Qarsga eltadi, shu tariqa Yevropaning transport tizimiga ulanadi.
Qozog‘iston – Turkmaniston – Eron yo‘lagiga kelsak, 2018 yil may oyida Xitoydan ushbu yo‘nalishda konteynerli poyezd yurdi. Ushbu masofani bosib o‘tishga 2 haftaga yaqin vaqt ketdi, bu dengiz yo‘liga qaraganda o‘rtacha ikki barobar tez degani. 2022 yilga borib temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi yiliga 15 million tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
“Sharq – G‘arb” loyihasi Xitoy va Yevropa o‘rtasida transport aloqasini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Boku – Tbilisi – Qars temir yo‘li ushbu transport yo‘lagining muhim bo‘g‘inidir. Mazkur loyiha Turkiya va Yevropadan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy va Eronga muntazam yuk tashishni yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston ham ushbu loyihada ishtirok etishdan manfaatdor. Prezidentimizning “2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Qars temir yo‘li orqali tashqi savdo yuklarining dastlabki tranzit tashuvlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
“Shimol – Janub” loyihasining ochilishi, ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilga mo‘ljallangan. Ushbu transport yo‘lagi Sankt-Peterburg bandargohini Eronning Bandar Abbos va Chobahor bandargohlari bilan bog‘laydi, shu tarzda dengiz yo‘li Hindistondagi Mumbay bandargohiga qadar uzaytiriladi.
Ushbu transport yo‘lagi Eron orqali Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yuk tashish jarayonini soddalashtirishi tufayli Markaziy Osiyo uchun dolzarb ahamiyatga ega. Har yili yo‘lak orqali 3-5 million tonna yukni tranzit qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mazkur transport yo‘lagi O‘zbekiston uchun ham muhim. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil iyun oyida Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida O‘zbekiston Mozori Sharif – Hirot, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l liniyalarini qurish, shuningdek, Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi, “Shimol – Janub” va “Sharq – G‘arb” transmintaqaviy yo‘laklarni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
– Keyingi vaqtlarda jahon ekspertlar hamjamiyatida Xitoy tomonidan ilgari surilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining transportga doir qismi xususida ko‘p so‘z yuritilmoqda. Bu boradagi ishlardan umumiy qilib olganda qanday natijalar kutish mumkin?
– E’tiboringizni O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi va unda yanada faol ishtirok etishdan manfaatdorligiga qaratishni istardim. Yaxshi ma’lumki, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, avvalo, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga, Xitoyni jahon aholisining 60 foizi va yalpi ichki mahsulotining 30 foizi to‘g‘ri keladigan 65 dan ortiq mamlakat bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘llarini shakllantirishga qaratilgan.
Prezidentimiz 2017 yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi nutqida ushbu loyihaning Markaziy Osiyo uchun dolzarbligini alohida ta’kidladi. Bu, birinchidan, Markaziy Osiyoda transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish, ikkinchidan, Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqishdan iboratdir.
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘lini qurish va ishga tushirish “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi yirik transport loyihalaridan bo‘ladi.
“Bir makon, bir yo‘l”ni innovatsiyalar bilan boyitish, xususan, Buyuk ipak yo‘lini raqamlashtirish maqsadida raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirish ham e’tiborga molik.
2017 yilda o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida XXR Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus raqamli iqtisodiyot va raqamli diplomatiyaga doir milliy tizimlarni rivojlantirish, superkompyuter markazlari, global raqamli do‘konlar, “aqlli shaharlar”ni tashkil etish, elektron tijorat va tibbiyotni kengaytirish, shuningdek, davlatlarning turli ichki siyosiy va tashqi siyosiy vazifalarini hal etishda sun’iy ong texnologiyasidan foydalanishga qaratilgan.
Bugungi kunda deyarli barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda transport va logistikaga oid raqamli xizmatlar jadal rivojlanmoqda.
Ushbu tendensiyani hisobga olgan holda xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil, temir yo‘l va havo transporti tizimlarida axborot texnologiyalari, raqamli marketing xizmatlarini joriy etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
–
|
| |