|
Ushbu tadbirdan qanday natijalar kutilmoqda?
|
bet | 5/5 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 23,53 Kb. | | #106786 |
Bog'liq Markaziy Osiyo xalqaro transport yoUshbu tadbirdan qanday natijalar kutilmoqda?
– Transport yo‘laklari bo‘yicha xalqaro forum mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotganini ta’kidlash lozim. Umid qilamizki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy transport-kommunikatsiya tizimini shakllantirish, transport va logistika sohalarida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir sa’y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan uzoq muddatli va ko‘p tomonlama hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratishga katta hissa qo‘shadi.
Xorijiy davlatlarning bandargohlariga chiqish maqsadida Markaziy Osiyoning transport-tranzit imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi kelishilgan qarorlarni ishlab chiqish mintaqa uchun muhim va dolzarbdir.
Bundan tashqari, konferensiya yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umummintaqaviy dasturni imzolashi kutilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz 2017 yil iyun oyida SHHT sammitida ilgari surgan tovarlar va transport vositalari harakatini soddalashtirish masalalarini tartibga solishga, xalqaro tashishlar ustidan nazoratga doir yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan transportda tashishlarni integratsiyalashgan boshqarish tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbus yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
|
| |