|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 3-8JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–29_Issue-3_May_2023
5
qadamli marshrutlashga qaraganda juda kam qo‘llaniladi. Yangi versiyasidagi IP
protokollari klassik bir qadamli marshrutlash hamda manbadan marshrutlash
usullarini ham qo‘llashi mumkin.
Marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab bir qadamli algoritmlar uchta
sinfga ajratiladi:
- statik marshrutlash algoritmi;
- oddiy marshrutlash algoritmi;
- dinamik yoki adaptiv marshrutlash algoritmlari.
Statik
marshrutlashda,
marshrutlash
jadvaliga
kiritilgan
hamma
ma’lumotlar statik, o‘zgarmas hisoblanadi. Tarmoq adminstratori qaysi
marshrutizatorlardan u yoki bu manzilga ega paketlarni uzatish kerakligini
belgilaydi va router OS Unix yoki Windows NT dasturlari yordamida marshrutlash
jadvaliga muvofiq ma’lumotlarni kiritadi. Bunda tarmoq adminstratori tarmoqdagi
marshrutizatorlarni qayta dasturlaydi. Marshrutlash jadvali yuklanish jarayonida
muvofiq sozlanadi, agar tarmoqda ixtiyoriy marshrutizator ishdan chiqsa uning
vazifalarini boshqa marshrutizatorga tarmoq adminstratori yuklaydi. Ikki xil
yo‘nalish jadvali mavjud bo‘lib, birinchisi, bir yo‘nalishli jadvalda har bir manzil
egasi uchun bitta yo‘nalish, ikkinchisi, ko‘p yo‘nalishli jadvalda har bir manzil
egasi uchun bir qancha muqobil yo‘nalishlar belgilangan. Ko‘p yo‘nalishli
jadvalda optimal yo‘nalishlarning bittasini tanlash huquqi berilgan. Odatda bu
yo‘l asosiy hisoblanib, qolganlari esa rezerv yo‘nalish hisoblanadi.
Yuqorilardagidan, statik marshrutlash algoritmi, uning bevosita tarmoq
adminstratori tomonidan sozlash usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat oddiy
topologiyali kichikroq tarmoqlarda qo‘llash mumkin. Ayrim vaziyatlarda
ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ham samarali ishlatilishi mumkin,
chunki
magistralning
o‘zi,
magistralga
ulangan
tarmoq
osti-(subnet)
tarmoqlaridan kelayotgan paketlarni eng ma’qul yo‘llari kabi oddiy tuzilishga ega
bo‘lishi mumkin.
Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman nazarda
tutilmaydi
yoki
marshrutlash
protokollarisiz
amalga
oshiriladi.
Oddiy
marshrutlashning uchta turga bo‘lish mumkin:
- Tasodifiy marshrutlash - paket dastlabki yo‘nalishidan tashqari, tasodifiy
yo‘nalishga uzatilishi mumkin;
- Ko‘chki marshrutlash - paket tarmoqlarga ogohlantirgan holda, dastlabki
yo‘nalishdan tashqari, barcha uzatish imkoniyati mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha
yuboriladi.
- Tajriba asosida marshrutlash - yo‘nalishni tanlash jadval asosida bajariladi,
ammo jadval kiruvchi portlarga keluvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil
qilishga asoslangan holda ko‘prik negizida quriladi.
|
| |