JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–29_Issue-3_May_2023
3
MARSHRUTLASH ALGORITMLARINING QIYOSIY TAHLILI
Ashurov Azizbek Ergash o’g’li,
Shayxontohur tuman kasb – hunar maktabining
Informatika va A.T. fani o‘qituvchisi,
Sheraliyev Fazliddin Nizomiddin o‘g‘li
Shayxontohur tuman kasb – hunar maktabining
Informatika va A.T. fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada marshrutlash algoritmlarining qiyosiy tahlili
haqida
dastlabki tushunchalar, hamda telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotni
almashishdan oldin birinchi mashrutni aniqlash tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Floyd, Deykster, Belmann Ford, RIP, OSPF, NLSP, IP, IPX, Unix,
Windows, OSI model
KIRISH
Barcha
mavjud
tarmoqlar
marshrutizatorlari
va
tarmoq
tugunlarida
yaratilgan marshrutlash jadvallari asosida marshrutlash jarayonini boshqaradi.
Asosan Floyd va Deykster yoki Belmann Ford
algoritmlariga asoslangan
algoritmlar asosida, marshrutizatorlarda avtomatik yoki tarmoq adminstratorlari
tomonidan qo‘lda marshrutlash
jadvallarini sozlash, tuzatish va qo‘shimchalar
qo‘shish jaryonlari orqali marshrutlash jadvalini tuzish mumkin.
ASOSIY QISM
Marshrutlash
jadvali
tuzishda
marshrutizatorlar
maxsus
protokollari
yordamida tarmoq topologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ib o‘zaro almashib
turadilar. Bunday protokollarga marshrutlash protokollari deb ataladi. RIP, OSPF,
NLSP
marshrutlash protokollarini, IP, IPX tarmoq protokollaridan farqlash kerak.
Ikkala tur protokollar OSI modelining tarmoq darajasi vazifalarini bajaradilar va
paketlarni har xil tarmoq manzillariga yetkazib berishadi.
Shu vaqtda birinchilari
ichida faqat xizmat axborotini yig‘ib uzatishadi, ikkinchilari
esa kanal darajasi
protokollari kabi foydalanuvchilar ma’lumotini uzatish uchun mo‘ljallangan.
Marshrutlash protokollari tarmoq protokollarining transport vositasi sifatida
ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yo‘nalish ma’lumotlari
bilan
almashganda, tarmoq darajasi transport darajasi paketlarining ma’lumotlar
maydonida
joylashtiriladi.
Shu
sababdan
paketlarni
joylashtirish
nuqtaiy
nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq
darajada deb qaralishi kerak.
Marshrutizatorlar
paketlarning
marshrutlarini
aniqlash
uchun
manzil