• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 56 3-bob. FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING ILMIY ASOSLARI 3.1. Geoaxborot tizimida ma’lumotlar tushunchasi
  • Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar yigʻindisidir.
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 55 Nazorat savollari




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,03 Mb.
    #106181
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Geoaxborot tizim-56-72



    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    55 
    Nazorat savollari 
    1. Datumni tushuntirib bering. 
    2. Gorizontal datum nima? 
    3. Vertikal datum nima? 
    4. Datum siljishi nima? 
    5. Geografik va proyeksiya koordinata sistemalari orasidagi farq nimada? 
    6. WGS-84 va SK-42 orasida qanday farq mavjud? 
    7. Oʻzbekistonda qaysi koordinata sistemasi qoʻllaniladi? 
    8. Geomarkazlashgan datum tushunchasiga ta’rif bering. 
    9. Oʻzbekiston uchun WGS-84 va SK-42 ning taqqoslash parametrlari 
    qanday? 
    10. Koordinatalarni transformatsiyalash nima? 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    56 
    3-bob. 
    FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING ILMIY ASOSLARI 
    3.1. Geoaxborot tizimida ma’lumotlar tushunchasi 
    Qadimdan kishilar geografik ma’lumotlarni turli xil usullar bilan koʻrsatib 
    kelishgan va zamon oʻtishi bilan geografik ma’lumotlarni tasvrilash usullari ham 
    takomillashib borgan. Geografik ma’lumotlarni tasvirlash usullaridan birinchilari 
    bu joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash boʻlgan. Keyinchalik esa 
    kartalarga shartli belgilar va koordinatalarni kirita boshlashgan. Agar dastlabki 
    kartalar qoʻl yordamida chizilgan va kiritilgan hamda shartli belgilar oʻsha oʻzlari 
    yashab turgan jamiyat miqyosida foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, keyinchalik 
    qoʻlda emas, balki bosma uskunalarda va shartli belgilar ham oʻzaro kelishilgan 
    holda umumjahon miqyosida qoʻllanila boshlangan.
    Shu oʻrinda ma’lumot va axborot tushunchalariga ham toʻxtalib oʻtishimiz 
    zarur, chunki bu ikki tushuncha bir-biriga yaqin boʻlganligi va koʻpincha birga 
    qoʻllanilganligi sababli chalkashlikka olib kelishi mumkin.
    Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar 
    yigʻindisidir. Ma’lumot sifat va son qiymatlarida boʻlishi mumkin hamda oʻlchov 
    natijalari asosida hosil qilinadi. Geoaxborot tizimidagi dasturlarda ma’lumot 
    jadvalda keltirilishi mumkin. Ma’lumot qayta ishlanib, tahlil etilganidan soʻng u 
    axborotga aylanadi. Ma’lumotni oʻqiganda biz faqat sonlarni koʻrsak, axborotda 
    ma’lumotlar tartibli koʻrinishga keltiriladi va aynan shu ma’lumotni koʻrmasak-
    da, ular asosida qayta ishlangan natijani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Tushunarli 
    boʻlishi uchun soddaroq misol sifatida talabalarning imtihon natijalarini 
    keltirishimiz mumkin. Agar har bir talabaning imtihon natijasi ma’lumot 
    hisoblansa, u holda auditoriyadagi yoki umuman institutdagi talabalarning 
    oʻrtacha bahosi, oʻzlashtirish koʻrsatkichi axborot deb ataladi.
    Quyida ma’lumot va axborot oʻrtasidagi farqlar keltirilgan: 

    ma’lumotni kompyuter tizimiga kiritish uchun qoʻllaymiz, oʻsha 
    ma’lumot qayta ishlangandan keyin axborotni natija sifatida undan 
    olamiz; 



    Download 1,03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 55 Nazorat savollari

    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish