Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
60
past darajada olinadi (1:100 dan 1:10000 gacha). Koʻpincha
bunday kartalar
ishchi kartalar hisoblanadi. Kichik miqyosdagi kartalarda obyektlar kichikroq
koʻrinishda boʻlib,
odatda davlatlar, viloyatlar yoki global masshtabda boʻladi
(1:100000 dan 1:5000000 gacha). Koʻpincha siyosiy kartalar yoki global
miqyosdagi oʻzgarishlar, yoki biron-bir hodisani tasvirlashda
kichik masshtabli
kartalar qoʻllaniladi. Katta va kichik masshtabli kartalarning sonlari turlicha
koʻrsatilgan.
Bundan tashqari, odatda 1:500000 masshtabli kartadan ajratib
olingan 1:25000 li karta kichik masshtabli kartadan
ajratilgan katta masshtabli
karta deb ham yuritiladi.
Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplashda va kelgusida ularni
foydalanuvchiga yetkazib berishda sifatli ko’rsatib
bera olish muhim ahamiyat
kasb etadi. Koʻrsatib bera olish xususiyatlari jumlasiga kiruvchi aniqlik
(accuracy), GATga koʻra tiniqlik (inglizcha
resolution, ruscha
разрешение
soʽzidan olingan) muhim xususiyatdir. Bu sifat, oʻz navbatida, fazoviy, spektral
va vaqtli boʻlimlarga boʻlinadi. Masofadan zondlashda qoʻllaniladigan
barcha
sensorlar mana shu uch sifat koʻrsatkichlari doirasida ish olib boradi va ma’lumot
saqlanish hajmi, qayta ishlash jarayoni hamda toʻlqin uzunligiga qarab bu uch
boʻlimda sensorlar ishlatilishi ham oʻzgarib turadi.