|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariBog'liq Geoaxborot tizim-56-72Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
62
ma’lumotlarda tiniqlik oʻlchami 250 metr boʻladi. Ammo 1 metrli tiniqlikdagi
ma’lumotni oladigan boʻlsak, unda bizga kompyuter xotirasidan katta joy va uni
qayta ishlash jarayonida koʻp vaqt talab etiladi (har bir katakchaga soʻrov amalga
oshiriladi) hamda bu', oʻz navbatida, resurs va vaqt taqchilligiga olib kelishi
mumkin. Vaholanki, bizga faqatgina regional masshtabdagi (masalan, Markaziy
Osiyo) tahliliy ma’lumotlar zarur boʻladi. Shunday holatlarda tiniqligi past
boʻlgan (250 m, 1 km) ma’lumotlar bilan ishlash bizga qulay boʻladi.
3.3. Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar
Rastr formatdagi tasvir – bu kvadrat katakchalar toʻplamidan tashkil topgan
tasvirdir. Bu katakchalar ilmiy tilda piksel (pixel) deb ataladi. Rastr tasvirlar ikki
oʻlchamli koʻrinishda boʻladi, ya’ni X va Y koordinata sistemalaridan iborat.
Nafaqat geografik ma’lumot, balki kompyuterga kiritilgan pikselli har qanday
tasvir rastr tasvir koʻrinishida qabul qilinishi mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar
oʻlchami juda muhim ahamiyatga ega. Piksel oʻlchami qanchalik kichik boʻlsa,
tasvir sifati shunchalik yuqori boʻladi.
Pikselning oʻlchami tasvirga berilgan sifat belgisidir. Mana shu yerda
tasvirning sifatini belgilab beruvchi birlik – tiniqlik atamasi paydo boʻladi.
Piksellarning oʻlchami rastr faylning tiniqligi sifatida qaralishi mumkin.
Skanerlangan tasvirning sifati toʻgʻrisida gap ketadigan boʻlsa, unda dpi/ppi (dot
per inch/pixels per inch) atamasini qoʻllaymiz. Bu soʻzning ma’nosi 1 kvadrat
dyuym (1 dyuym – 2,54 sm) ga nechta nuqta yoki piksel toʻgʻri kelishini
anglatadi. Masalan, 300 dpi sifatidagi tasvirning 2,54 sm kvadrat joyi ustun va
qator boʻylab 300 ta piksellar yoki kvadrat katakchalar joylashganini koʻrsatadi.
|
| |