Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
64
takomillashtirish hamda ma’lumotlarni geografik
jihatdan indeksatsiya
qilish;
negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar
boshqa
ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun
skanerlanadi hamda geokodlanadi (odatda
bunga vektorlash misol
boʻladi);
kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy
tahlil qilinishidan oldin skanerlanadi.
GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16
nuqta/mm) xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash jarayoni orqali
kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan
rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki
skanerlash (skanerni ichida moslab olsa boʻladi) koʻproq mos keladi. Skanerlash
natijasida hosil qilingan ma’lumotning
sifati asl nusxa holati, skanerlovchi
qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bogʻliq boʻladi.
Skanerlashning kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning
buzilib qolishi va keraksiz tasvirlarning hosil boʻlishidir. Tasvirning tiniqligini
oshirishimiz keraksiz qoʻshimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar
tasvirning tiniqligini kamaytirsak, bizga kerakli boʻlgan kichik obyektlar tushmay
qolishi mumkin.
Vektorlash.
Vektor
model
koordinatali
geometriya
yordamida
aniqlanadigan
alohida nuqtalar, chiziqlar va maydonlardan tashkil topgan.
Vektorlar bu grafik obyektlar hisoblanadi va aniq yoʻnalish, uzunlik hamda shakl
boʻladi. Vektor formatdagi shakllarning eng sodda koʻrinishi sifatida
koordinataga ega boʻlgan ikki (boshi va oxirgi) nuqtadan tashkil topgan chiziqni
olishimiz mumkin. Agar ushbu chiziqlar bir nechta boʻlib, ketma-ket joylashgan
uzilmas chiziqlar toʻplamidan iborat boʻlsa, unda bu shakl barchamizga ma’lum
boʻlgan poligon koʻrinishda boʻladi. Bunda shaklni tashkil qiluvchi birinchi va
oxirgi nuqtalar bir-biriga tengdir, ya’ni bu ikki nuqta bir-biriga oʻzaro ustma-ust
tushadi.