Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
59
oʻlchamli makonda tarqalishi va oʻlchash imkoniyatini ham fazoviy
tushunchasiga kiritishimiz mumkin. Geoaxborot tizimida fazoviy tushunchasi
kartadagi joyga nisbatan qoʻllaniladi.
Geofazoviy ma’lumotlar esa “
geospatial data” deb
yuritiladi va u
geografik va fazoviy ma’lumotlar tushunchalarining yigʻindisidan tashkil topgan
boʻlib, fazoviy ma’lumotlar bilan bir xil tushuniladi. AQSH ning Geologik
tadqiqot agentligi bergan ta’rifga koʻra, bu ikkala tushunchani bir xil ma’noda
tushunish ma’qul hisoblanadi va ular bir-birining oʻrnida qoʻllaniladi.
Geofazoviy ma’lumotlar odatda koordinatalar, topologiyalar koʻrinishida
saqlanadi va ular asosida kartalar ishlab chiqiladi.
Bu tushuncha asosan
geoaxborot tizimida qoʻllaniladi va olishga, boshqarishga hamda tahlil etishga
moʻljallangan boʻladi. Geofazoviy ma’lumotlar
geoaxborot tizimini boshqa
axborot tizimlaridan ajratib turadi.
Geofazoviy ma’lumotlar, oʻz navbatida, tizimda ikki turga boʻlinadi, ya’ni
vektor va rastr ma’lumotlar.
Geofazoviy ma’lumotlarni tushunishimiz uchun yoʻlni misol qilib olish
mumkin. Yoʻlni tasvirlash uchun uning joylashuvini (qayerda) va tavsifi
(uzunligi, nomi, tezligi, cheklovi, yoʻnalishi)ni koʻrsatamiz. Yoʻlning joylashuvi,
shakli yoki geometriyasi fazoviy ma’lumot
deb atalsa, uning tavsifi tavsifiy
ma’lumot yoki atribut ma’lumot deyiladi. Demak, ushbu yoʻl boshqa geofazoviy
ma’lumotlarga oʻxshab oʻzining fazoviy va atribut ma’lumotlariga ega.