Interval atribut ma’lumotda qiymatlar orasidagi farq ma’noga ega.
Masalan, Selsiy darajasi. Bunda biz 20–30 daraja 10–20 darajadan farq qiladi,
deb ayta olamiz.
Koeffitsiyentli. Bu turdagi atribut ma’lumotlarda koeffitsiyent muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, ogʻirlik bu bir koeffitsiyent va biz 100 kg mahsulot
50 kg li mahsulotdan 2 marta ogʻir deb aniq ayta olamiz. Lekin darajaga
kelganda, 20 daraja 10 darajaga qaraganda 2 marta issiq deb ayta olmaymiz,
chunki bunda faqatgina interval sifatida koʻrsata olishimiz mumkin.
Siklik. Bunda asosan siklik koʻrinishdagi atribut ma’lumotlar kiritiladi.
Bunga misol qilib obyektning daraja birligida fazoviy joylashishini keltirishimiz
mumkin. Agar 359 darajaga 1darajani qoʻshsak, bu 0 ga yoki 180 ga teng kelib
qolishi mumkin.
Atribut ma’lumotlarni bazaga kiritishning muhim qulayliklaridan biri bu
standart koʻrinishdagi soʻrovlar, turli xil filtrlar va matematik mantiq yordamida
ma’lumotlar bazasi obyektlarini tahlil qilish imkoniyatidir. GATda atribut
ma’lumotlarni saqlashning turli xil usullari mavjud:
tizimning barcha obyektlari uchun 1-2 ta standart atributlarni saqlash;
fazoviy obyektlar va bogʻliqlik toʻgʻrisidagi axborotlar bilan bogʻliq
atributlar jadvalini saqlash;
tarmoqli ma’lumotlar bazasi elementlariga koʻrsatma (manba) larni
saqlash;
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
71
agar tizim klassifikator yordamida ishlasa, unda hech qanday atribut
ma’lumotlarni saqlashning zaruriyati yoʻq.
Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qoʽllaniladi: geografik va
atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda oʽzaro bogʽliqlik tashkil etilgan.
Atribut ma’lumotlar raqamli ma’lumotlar bazasidan yoki bosmaga
chiqarilgan hisobot va kitoblardan ham olinishi mumkin. Bundan tashqari, atribut
ma’lumotlarni turli xil soʻrovlar yordamida qayd qilib borib (anketa
soʻrovnomalari tarzida joylardan olish, davriy kuzatuv orqali) ham yigʻish
mumkin. Agar bunday atribut ma’lumotlar yigʻilsa, unda bu turdagi
ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kerak boʻlsa tahrirlab kiritish lozim.
Qogʻoz koʻrinishidagi atribut ma’lumotlarni skanerlash orqali ham olish
mumkin. Bunda maxsus dasturlardan foydalaniladi yoki boʻlmasa qogʻozdagi
ma’lumotlarni klaviatura yordamida qoʻlda terib chiqish ham mumkin. Atribut
ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasining jadvallariga toʻgʻri kiritish bu GATning
ma’lumotlar bazasi jarayoniga boʻlgan yuksak talablaridan biridir. Agar bunday
xatoliklar mavjud boʻlsa, u holda ma’lumotlarni tahlil qiluvchi maxsus vositalar
yordamida bartaraf etiladi. Bunday tahlil qiluvchi vositalarning xatolarni topish
usullariga misollar keltirib oʻtamiz.
Agar faqat sonlardan iborat ma’lumot kiritilishi kerak boʻlgan qatorga
harflardan iborat atribut ma’lumot kirib qolsa, bunday qarama-qarshilikni SQL
deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida aniqlash va bartaraf qilish mumkin.
Bunda SQL dasturi qatordagi barcha sonlarni yigʻib, qoʻshib chiqadi va agar
natija chiqmasa, demak, unda harf ishtirok etgan boʻladi.
Bilamizki, Microsoft Excel dasturida ham bunday jarayonni kuzatish
mumkin. Biroq barcha xatolarni bunday dastur va usullar orqali aniqlash mumkin
emas. Shu sababli ham har bir ma’lumot iloji boricha mutaxassis tomonidan
alohida tekshiriladi. Bunday tekshiruv, oʻz navbatida, juda katta samara beradi.
Atribut ma’lumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri kiritilganligi ham avtomatik, ham
vositasiz tekshiriladi.
|