• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 70  siklik. Nominal atribut ma’lumot
  • Ordinal atribut ma’lumotda
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/12
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,03 Mb.
    #106181
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Geoaxborot tizim-56-72

    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    69 
    3.8-rasm.Atributlarning jadvallarda joylashuvi (Manba: Longley, 2005) 
    Demak, yuqoridagi fikrlardan koʻrinib turibdiki, atributlar jadval, belgi, son 
    (kodlar, sonli axborot) va grafik belgi (rang, tasvir, konturlarni toʻldiruvchi) 
    koʻrinishida boʻlishi mumkin. 
    GATning ma’lumotlar bazasida atribut ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy 
    shakllaridan biri bu jadval koʻrinishdir. Obyektning belgilarini koʻrsatib 
    beradigan va ma’lumotlarning mavzuli koʻrinishiga mos keladigan atributlar 
    jadval koʻrinishda saqlanadi. Bunda har bir obyekt qatorlarga joylashtirilsa, 
    ularning atribut ma’lumotlari ustunlarga joylashtiriladi (3.8-rasm). 
    GATda atribut ma’lumotlarning miqdori ulkandir. Ular ijtimoiy-iqtisodiy, 
    tabiiy va aniq boʻlgan ma’lumotlar asosida tuzilishi mumkin. Ba’zi atributlarning 
    vazifasi faqatgina joy yoki obyektni koʻrsatib berib, ularni bir-biridan ajratishdan 
    iboratdir. Koʻcha manzillari, uchastka tartib raqamlari bunga misol boʻla oladi. 
    Atributlar vazifalariga binoan turlarga boʻlinishi mumkin va ular quyidagilardan 
    iborat: 

    nominal; 

    ordinal; 

    interval; 

    koeffitsiyentli;


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    70 

    siklik. 
    Nominal atribut ma’lumot atributning eng oddiy turi boʻlib, uning 
    vazifasi biror-bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iboratdir. Joy nomlari, uy 
    raqamlari va boshqalar bunga yaqqol misol boʻla oladi. Nominal atributlar asosan 
    raqamlar, harflar va ba’zida ranglarni oʻz ichiga olishi mumkin.
    Ordinal atribut ma’lumotda ma’lumotlarning qiymati tabiiy ketma-
    ketlikni tashkil qiladi. Masalan, Kanada oʻz yerlarini sinflarga boʻlib baholaydi:
    1-sinf yerlari eng yaxshi yer deb baholansa, 2-sinf oʻrtacha yer deb baholanadi. 
    Oʻzbekistonda bunday baholash 100 ballik shkala asosida bajariladi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish