|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 55 Nazorat savollariBog'liq Geoaxborot tizim-56-72Rastr ma’lumot tiniqligi. Rastr ma’lumotdagi katakchalar (cell) berilgan
rastr ma’lumot modelining tiniqligini koʻrsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga
koʻra, tiniqlik 10 metrga teng boʻlsa, u holda katakcha yuzasini 100 m
2
(10mx10m) deb qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi
ma’lumot berilsa, unda har bir katakcha joydagi 900 m
2
joyni tasvirlagan boʻladi.
Shuning uchun katakcha birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi
yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni 10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli
tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji
boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan ma’lumot bizga joy haqida yanada
aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega
boʻlgan piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
61
Agar siz kichik masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq koʻrinadi ( 3.3-rasm)
va uni kattalashtirib borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni
koʻrish mumkin (3.4-rasm).
3.3-rasm. Tiniqligi boʻyicha yuqoridan olingan kosmik tasvir
(Manba: Internet)
3.4-rasm. Kosmik tasvir yaqinlashtirilganda koʻrinadigan kvadratlar
(Manba: Internet)
Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, har bir katakcha oʻzida
ma’lum bir oʻlchamni va oʻz navbatida, ma’lumotni saqlaydi. Bu esa kompyuter
xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda
tiniqlik tuchunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishdan maqsad – faqat tiniqligi yuqori
boʻlgan tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi
masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi tahliliy ishlarni olib
borishda bizga tiniqligi pastroq boʻlgan ma’lumotlar zarur boʻladi. Masalan,
Google Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori boʻlgan ma’lumot turiga
kiritishimiz mumkin, chunki bunda tiniqlik oʻlchami 1 metrgacha borishi
mumkin. Bu esa 1 m
2
joyni koʻrishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi
|
| |