Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
68
(Manba: Internet)
3.4. Atribut ma’lumotlarni olish
Atributlar bu ma’lumotlar bazasidan oʻrin olgan matnli,
sonli va belgili
tavsiflardir.Atributlarda saqlanadigan ma’lumotlar umumiy, tarkibiy va belgili
turlarga tegishli boʻlishi mumkin.
Atribut toʻgʻrisidagi fikrlarni yanada kengroq
yoritish uchun quyida bir
misol keltiramiz (3.7-rasm). Masalan, bizga berilgan tumanda har xil turdagi
uylar berilgan. GAT yordamida uning raqamli kartasini tasvirlaganimizdan soʻng,
u poligon koʻrinishida
tasvirlanadi, vaholanki bizga bu uy toʻgʻrisida toʻliq
ma’lumot kerak boʻlishi mumkin. Bunda bizga atribut ma’lumotlar tushunchasi
yordam beradi. Atribut ma’lumotlar bazasida bu uy toʻgʻrisidagi
barcha
ma’lumotlar, jumladan uning maydoni, pochta manzili, qavatlar soni, ishlatilgan
materiallar toʻgʻrisidagi ma’lumot,
poydevor turi, qurilgan yili,
aholi soni va
boshqalar saqlanadi.
3.7-rasm. Atribut ma’lumotning joyda va ma’lumotlar bazasida joylashuvi
(Manba: Muallif)