Ma’ruz Electronics Workbench dasturi. Virtual laboratoriya tushunchasi




Download 0.79 Mb.
bet1/7
Sana07.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#41355
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
в8
5, amalyot, o\'simliklar dunyosi, Umumiy kimyo nazariya, Jahonning dehqonchilik tarmoqlari, obxodnoy list, 6, Faoliyat va motivatsiya, kimyo ochiq dars, 21 kamolov sattorov astrofizika majmua, 94DXN yangi, ЭКОЛОГИК НАЗОРАТ ЮРТИМИЗДА УНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСИ ЯРАТИЛДИ, dunyo-aholisi-geografiyasi, 2017-Be-7, AM5

Ma’ruza8. Electronics Workbench dasturi. Virtual laboratoriya tushunchasi
1. Electronics Workbench dasturining imkoniyatlari.
Electronics workbench dasturi elektron zanjirlar yig’ish va tahlil qilish uchun muljallangan.
Electronics Workbench sxematik modellashtirish sistemasi elektrik sxemalarni modellashtirish va tahlil qilish uchun mo’ljallangan.
Electronics Workbench dasturi o’rnatilgan ish tartibida elektriksxemalarni yig’ish, doimiy va o’zgaruvchan tokda tahlil qilishi imkoniyatiga yega. Doimiy tokda o’rnatilgan ish tartibida sxemaning ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu tahlilning natijalari yesa asboblarga ta’sir ko’rsatmaydi va ular sxemaning keyingi tahlil uchun qo’llanilishi mumkin. O’zgaruvchan tokdagi tahlil jarayonida yesa doimiy tokda olingan tahlil natijalari yesa nochiziqli tashkil qiluvchilarning chiziqli modellarini olishda qo’llaniladi. AС ish tartibidagi sxemalar tahlili vaqt bo’yicha hamda chastota sohalari bo’yicha ham olib borilish mumkin.
Electronics Workbench dasturida turli shaklli kirish signallarining sxemaga ko’rsatadigan o’tish jarayonlarini ham tadqiq qilish mumkin. Dastur shuningdek qiyin murakkablikdagi raqamli-analogli va raqamli sxemalarni ham tahlil qilishi mumkin. Dasturda mavjud bo’lgan biblioteka elektron tashkil qiluvchilarning yeng keng tarqalgan turlari majmuasini qamrab oladi.
Asboblarning ko’pligi turli kattaliklarni o’lchash, Kirishi ta’sirini oldindan berish, grafiklar chizish imkonini beradi. Barcha asboblar reallikka maksimal yaqinlashtirilgan qolda berilganligi uchun ular bilan ishlash soda va qulay.
Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish, boshqa dasturlarga tekst yoki grafik redaktorlarga keyingi qayta ishlashlar uchun import qilish mumkin.
Electronics Workbench dasturi P-SPICYe dasturi bilan moslashgan, ya’ni sxemalarni va o’lchashlar natijalarini turli shakllarda import qilish mumkin.
Dasturi standart Windows interfeysini qo’llaydi va bu undan foydalanishni yengillashtiradi.
Dasturni o’rnatish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • prosessor modifikasiyasi 486 dan kam bo’lmagan IBM-moslashgan kompyuter;

  • qattiq diskda 4 Mb dan kam bo’lmagan bo’sh joy;

  • Microsoft Windows 3.1 va undan keyingi operasion sistema;

  • sichqoncha tipidagi manipulyator.

Dasturning komponentalar bibliotekasiga passiv yeyelemntlar, tranzistorlar, boshqariluvchi ta’inlash manbalari, boshqariluvchi kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiq elementlari, triggerlarli qurilmalar, raqamli va analogli elementlar, ma’sus kombinasion va ketma-ket sxemalar kiradi. Aktiv elementlar ham ideal ham real modellari bilan berilishi mumkin. Shuningdek foydalanuvchi o’z sxemalarini yig’ishi va bibliotekaga qo’shishi mumkin. Dasturda o’lchashlar o’tkazish uchun asboblarning katta majmuasi keltirilgan: ampermetr, voltmetr, ossillograf, multimetr, Bode-plotter (sxemalarning chastota tavsifnomalarini chizish uchun grafik chizuvchi), funksional generator, so’zlar generatori, mantiq tahlilchisi i mantiqli aylantirgich.
Electronics Workbench dasturi quyidagi buyruqlar yordamida turli murakkablikdagi sxemalar qurish imkonini beradi:

  • asboblar va elementlarni bibliotekadan tanlash;

  • elementlar va sxemani ish joyi sohasining ixtiyoriy nuqtasiga ko’chirish;

  • elementlar va elementlar guruhlarini 90° ga karali burchaklarga burish;

  • elementlar va elementlar guruhlarini, sxema fragmentlarini, butun sxemani nusxa qilish, qo’yish, o’chirish;

  • o’tkazgichlar rangini o’zgartirish;

  • sxema konturlarini qabul qilishnishiga qulay bo’lgan rang bilan belgilash;

  • bir vaqtning o’zida bir nechta asboblarni ulash va ularning ko’rsatishini

  • monitorda ko’zatish;

  • elementga shartli belgilar qo’yish;

  • elementlar parametrlarini keng oraliqda o’zgartirish.

Barcha jarayonlar va amallar sichqoncha va klaviatura yordamida bajariladi. Boshqarishda faqat klaviaturadan foydalanib bo’lmaydi. Asboblarni rostlab quyidagilarni bajarish mumkin:

  • o’chashlar diapazoniga qarab asboblar shkalasini o’zgartirish;

  • asboblar o’lchov ish tartibni berish;

  • sxemaga kirish ta’sirlarini berish (domiy va garmonik toklar,

  • kuchlanishlar, uchburchakli va to’g’ri burchakli impulslar).

  • Dasturning grafik imkoniyatlari quyidagilarga imkon tug’diradi:

  • bir vaqtning o’zida grafikdagi bir nechta yegri chiziqlarni kuzatish;

  • grafikdagi yegri chiziqlarni turli ranglarda tasvirlash;

  • grafikdagi nuqtalar koordinalarini o’zgartirish;

  • ma’lumotlarni grafik redaktorga uzatish, bu yesa rasmda kerakli

  • o’zgartirishlarni bajarish va uni printerga chiqarish imkonini beradi.

Electronics Workbench dasturi P-SPICE, PCB dasturlarida olingan natijalardan foydalanish hamda Electronics Workbench dasturida olingan natijalarni mazkur dasturlarga uzatish imkonini ham beradi. Sxemani yoki sxema fragmentini tekstli redaktorga qo’yish hamda unga doir ilova, yeslatma hamda tushuntirish xatlarini yozish ham mumkin.



Download 0.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruz Electronics Workbench dasturi. Virtual laboratoriya tushunchasi

Download 0.79 Mb.