IShLAB ChIQARISh QURILMA VA MAShIIALARIDA ELYeKTR ENYeRGIYaNI PASSIV USULDA IQTISOD QILISh




Download 44,65 Kb.
bet7/8
Sana27.05.2024
Hajmi44,65 Kb.
#255181
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma`ruza-1 I. Energiya tejamkorlik haqida umumiy tushunchalar 27.05.2024

1.3. IShLAB ChIQARISh QURILMA VA MAShIIALARIDA ELYeKTR ENYeRGIYaNI PASSIV USULDA IQTISOD QILISh
Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarida elektr energiyani passiv iqtisod qilish tushunchasi bu — elektryuritmalar uchun qo‘shimcha sarmoyalar sarf qil- masdan elektr energiyadan samarali foydalanish de- makdir. Bunday iqtisod qilishningturlari quyida- gilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Elektr tarmog‘idan iste’molchilarga uzatilayotgan elektr energiya ko‘rsatkichlarining Davlat standart- lariga mos bo‘lishi quvvat bo‘yicha to‘g‘ri tanlangan elektr motorlarini energiya tejamkorlik rejimiga juda yaqin rejimda ishlash imkonini yaratadi. Shuni e’tirof etish kerakki, hozirgi paytga kelib kuchla- nish, chastota, amplituda va h.k. ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan qiymatlari energiya tejamkorligi nuqtai nazaridan zamon talablariga mos kelmay qol- gan va bu sohada yangi Davlat standartlari qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarining elektr qiymatlari elektr motorlarini quvvati bo‘yi- cha to‘g‘ri va ishlab chiqarish sharoitiga mos keluvchi elektr motorlar tanlash energiya tejamkorlik nuq- tai nazaridan muhim masaladir. Tanlangan motorni ishlatish yuqori f.i.k. da bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Motorning yuklanish momenti va mexanik tavsifi asosiy mezon bo‘ladi.
Yuklanishning turg‘un momenti motorda turgun issiqlik rejimini yuzaga keltiradi. Motor paspor- tida keltirilgan nominal quvvat motorning ruxsat etilgan darajada qizishini ta’minlaydi va qo‘lla- nilgan izolyatsiya sinfiga to‘g‘ri keladigan harorat- dan oshib ketmasdan uzoq muddat ishlashini kafo- latlaydi. Motordagi quvvat isrofi natijasida ho- sil bo‘ladigan me’yordagi turg‘un qiziganlik daraja- si uning ishlash mudtsatiga, albatta, ta’sir qilmaydi.
Biroqmotor pasportidagi quvvat ishlab chiqarish qurilmasi yoki mashinasining yuklanish quvvatiga hamisha ham mos kelavermaydi. ^YeMA standartlari bo‘yicha himoyalangan motorlar uchun nominal yuklan- ganlik koeffitsienti 1,15 ga tengdir, ya’ni qisqa muddatga motorlarni shuncha marta ortiq quvvatli rejimda ishlatishga ruxsat etiladi. Motorning qizi- shi esa ruxsat etilgan haroratdan oshmaydi. Bu esa ists’molchiga iqtisodiy nuqtai nazardan ma’qul motor tanlash imkonini beradi. Motorning yuklan- ganlik koeffitsientidan to‘g‘ri foydalanganda nar- xi pastroq bo‘lgan motorni qo‘llab ham elektr ener- giyadan iqtisod qilish mumkin.
Har soatda motordagi yuklanishning nominalga nisbatan 15% oshishi uning ishlash muddatini 2-3 soatga qisqartiradi. Shuning uchun bunday yuklap ganlikda motorning ishlab chiqarish rejimi qisqa muddatli bo‘lgandagina samara beradi. Bunday rsjnm odatda metall kesuvchi dastgohlarning elektr jihoz- larida va kesgich yuritmalarga xosdir.
Harakatga keltirilayotgan mexanizmning inertsiya momenti katta bo‘lsa, elektryuritma motori o‘tish jara- yonining cho‘zilib ketishiga olib keladi (10 sekundtsan ko‘p). Shunda motor chulg‘amlaridan katta qiymatdagi tok o‘tishi motorning qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday elektryuritmalarda ishga tushirish momenti yuqori bo‘lgan motorlarni qo‘llash maqsadga muvofiq keladi.
Agar motorning yuklanganligi nominal quvvatiga nisbatan 45% dan kam bo‘lsa, u holda nominal quv- vati kamroq quvvatlisiga almashtirish hamma vaqt ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Motorning yuklangan- ligi nominal quvvatiga nisbatan 70% dan yuqori bo‘lsa, u holda motor quvvatining tanlanishi to‘g‘ri- dir. Motorning yuklanganligi 45-70% oralikda bo‘lsa, motorni almashtirish yoki almashtirmaslik motordagi quvvat isrofi tahlili asosida amalga oshiriladi.
Elektr motorlarni ishlatish jarayonida uning ayla- nuvchi qismlarining (rotor va yakor) uzoq vaqg nor- mal ishlashi uchun podshipniklarni mos moylar bilan vaqgida moylab turish va motor korpusini quvurlarni va ular orasidagi ariqchaparni tozapab turish hamda kor- pus yuzasini issiqlik uzatishni jadallashtirish maq- sadida mos rangli bo‘yokda bo‘yash ham shu motorlarning ishlash muddatida mexanik energiya isrofini kamayti- rish va ishlash muddatini uzaytirishga olib keladi.
Elektr motorlaridagi sovitish jarayonini jadal- lashtirish maqsadida termosfonlarning ko‘llanishi ushbu motorlarning quvvatidan to‘liqroq foydala- nish imkonini beradi.
Energiyani tejovchi motorlar yuklanishi o‘zgarishi- ning keng diapazonida (0,5-1,0) hamda quvvat va foyda- li ish koeffitsientlari nominalga teng bo‘lib deyar- li o‘zgarmay turishi sababli bunday motorlarning elektryuritmalarda qo‘llanishi yuqori samara beradi. Garchi bunday motorlarningtannarxi oddiy motorlar- ning tannarxiga nisbatan birmuncha yuqori bo‘lsa ham ishlatish jarayonida energetik ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi bilan va iqtisod qilgan elektr ener- giya hisobiga o‘zini to‘liq oqlaydi.

Download 44,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 44,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IShLAB ChIQARISh QURILMA VA MAShIIALARIDA ELYeKTR ENYeRGIYaNI PASSIV USULDA IQTISOD QILISh

Download 44,65 Kb.