Ma’ruza 1 Kirish. Respublika qurilish xomashyosi mineral-xomashyo bazasi qurilish materiallari konini o'zlashtirish xususiyatlari. Noruda qurilish materiallari




Download 37.13 Kb.
bet1/2
Sana06.10.2023
Hajmi37.13 Kb.
#86947
  1   2
Bog'liq
1-Ma\'ruza
Gum.psix shaxs, 1-a, sonli usular 2chi M,ish, 3-laborotoriya ishi, xozirgi zamon ekalogik muammolari, Qizil QQ 30 aprel 1952 jil N 86, Elmurod . Takrorlash, Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot, Dinshunoslik mustaqil ish, ikkinchi jahon urushi diplomatiyasi., anvar robo5, 4-amaliy ish taxtid Diyor, Arduino hamda altera de0 qurulmalarini o’rganish, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi

Ma’ruza 1
Kirish.Respublika qurilish xomashyosi mineral-xomashyo bazasi qurilish materiallari konini o'zlashtirish xususiyatlari.
Noruda qurilish materiallari (qurilish ishlarida qo’llaniladigan tog’ jinslari) – yer qaridan qazib chiqarilib, turli ko’rinishlarda qayta ishlangandan so’ng sanoat, turar joy, yo’l va boshqa tarmoqlarda qo’llaniladigan foydali qazilmalardir. Asosiy homashyo sifatida qurilishda qo’llaniladigan mayda donali tosh ( devorlarga qoplamalarda, dekorativ qurilish ishlarida, me’morchilik va boshqalarda qo’llaniladi), gidravlik muhandislik va yo’l qurilish uchun tosh, turli beton qurilishi uchun sheben ( oddiy, maxsus, gidrotexnik, yo’l va boshqalar) kroshka, kukun, graviy va loy ishlatiladi.
Sheben ikkita tushunchani o’z ichiga oladi, bular geologik va texnikaviy. Geologik tushunchada sheben bu – tog’ jinslarining qirrali bo’laklari. Texnikada sheben tog’ jinslari maydalanishi ( o’lchami 3 mm dan 150 mm gacha) natijasida hosil bo’lgan qirrali bo’lakli toshlarni qurilish materiali sifatida tushuniladi.
Asosiy bog’lovchi materiallar sifatida karbonat tog’ jinslaridan olinadigan qurilish ohaktoshi va portlantsementlardan foydalaniladi. Qurilish ohaktoshi dolomitlashgan va mergelli ohaktoshlarni past temperaturada qizishi natijasida hosil bo’ladi. Ohaktoshlaning strukturasi teksturasi va mustaxkamligi qizdirish texnologiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Yirik kristalli toza kimyoviy ohaktosh va kalsitli jinslar ohak qazib olishda samarasiz, chunki ular pechda qizdirish vaqtida avvalroq briketlashib qoladi.
Portlandtsement ishlab chiqarish uchun karbonat homashyolardan ohaktosh bo’r, mergel, marmar, tuproq, truploqli slaneslar va boshqa homashyolar qo’llaniladi. Ko’plab korxonalar portlandtsement ishlab chiqarish uchun ikki yoki uch komponentli ( gillar va ohaktoshlar; ohaktosh gil va karbonatli qo’shimchalar) qorishmalardan foydalaniladi. Sement ishlab chiqarishda ayniqsa mergelli va g’ovakli, uncha yuqori mustaxkamlikka ega bo’lmagan jinslar samarali hisoblanadi.
Qum tog’ jinslarini tabiiy ravishda fizik kimyoviy yemirilishidan hosil bo’ladi shuningdek, sun’iy ravishda maydalash orqali hosil qilinadi. Qumlar– zarralar katta-kichikligiga qarab, juda yirik zarrali (1–2mm), yirik zarrali (0,5–1 mm), o‘rta zarrali (0,25–0,5mm) va mayda zarrali (0,1–0,25) qumlarga bo‘linadi. Qumlarning mineral tarkibi va rangi turlicha bo‘ladi. Rangi ularni tashkil etgan mineral donachalarining rangiga bog‘liq. Qumlardagi eng ko‘p uchraydigan zarrachalar kvarsdan iborat bo‘ladi. Qumlarda turli miqdorda glaukonit, slyuda, karbonatlar va ma’danli minerallar uchrashi mumkin (magnetit, monatsit, sirkon,oltin, platina, kassiterit, olmos). Ularning qumlardagi sanoat talabiga javob beradigan to‘plamlari sochma konlar deb ataladi.
Gillar– eng mayda dispers cho‘kindi jins hisoblanadi.Quruq holatda ular yersimon tuzilishda bo‘lib, qo‘l bilan osongina maydalash mumkin. Ho‘l holida yog‘simon bo‘ladi. Namlanganda gillar yopishqoq va plastik bo‘ladi. Quriganda ho‘l holidagi shaklini saqlab qoladi.
Qizdirilsa qattiq toshga aylanadi. Gilning rangi turlicha. Gil qatlamlari suv o‘tkazmaydi. Mineral tarkibiga qarab gillar quyidagilarga bo’linadi:
- gilli slaneslar
-argillitlar
-kaolinlar
-montmorillonitlar.
Gillarning asosiy qismini SiO2 (40–70 %), Al2O3 (10–35 %),
K2O, Na2O, MgO, Fe2O3 va H2O tashkil etadi.Temir oksidi qo‘shimchalarining mavjudligi gillarga turlicha rang beradi. Gillarning eng ko‘p tarqalgan rangi; qizg‘ish, ko‘ng‘ir, kulrang va sarg’ish.
Gil konlari juda ko‘p. Ular turli sohalarda: g‘isht tayyorlashda, sopol idishlar, cherepitsalar, bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Yagona mineralli gillar (kaolinitli, montmorillonitli va boshqalar) qimmatbaho hisoblanadi. Bunday gillar juda ko‘p tarqalgan. Gillarning texnik xillaridan chinnisozlik gillari va o‘tga chidamli gillar ajratiladi. Birinchi xili butunlay kaolinitdan tashkil topadi, ikkinchi xili 1700 °C da eriydi. Ularda aluminiyning gidrat oksidi va slyudalar bo‘ladi.
Birinchi gruppadagi qurilishda ishlatiladigan gillar ko’p holarda nam holatda ( loy qilishda, somonli g’isht va boshqalarda) va quritilgandan ( qurilishda qo’llaniladigan qizil g’isht va cherepitsa ko’rinishida ) keyin ishlatiladi.
Ikkinchi gruppaga yuqori plastiklikli va temir oksidli olovbardosh kaolinitli gillar mansub. Ushbu guruxga mansub gillar turli xil keramikalar ishlab chiqarishda, metallurgiya va shisha pechlari uchun olovbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishda, shuningdek turli xil nozik keramik maxsulotlar, elektrokeramika ishlab chiqarish uchun homashyo xisoblanadi.
Uchinchi guruh kaolinlarga plastik gillar mansub bo’lib, tarkibida oz miqdorda temir oksidi mavjud bo’ladi. Qazib olinadigan kaolinlarning bir qanchasi keramika ishlab chiqarishda, qog’oz va rezina tayyorlashda, qalam tayyorlashda, kosmetika va boshqalarda qo’llaniladi.
Noruda foydali qazilma konlariga yer ostidan otilib chiqqan, nurashdan hosil bo’lgan va metamorfizm jarayoni orqali hosil bo’lgan tog’ jinsi qatlamlari mansub. Tabiiy sifatli maxsulot sifatida granit, diorit, kvarsli porfirlar, bazalt, andezit, traxit, tuflar, gneys, marmar, slanes, ohaktosh, dolomit, diatomit, trepel, qum, graviy, kanglomeratlar, gilli jinslar qo’llaniladi.
Granit yuqori zichlikka ega (zichligi siqilish chegarasi 1000 dan 2500kg/m3va undan yuqori) , g’ovaklari kamroq va suvni yaxshi o’tkazmaydi. Granintning bu xususiyatlari qurilishni sifatliligini ta’minlaydi va maxsus obyektlarni qurishda qo’llaniladi.Granitlar shebenlarning sara navlarni va bruschatkalar tayyorlashda ishlatiladi.
Granitlar qurilishda qoplama material, maydalangantosh, xarsangtosh sifatida ishlatiladi.
Diorit. Dioritlarning rangi kul rang, to‘q kul rang yoki ko‘kimtir kul rang, donador. Dioritlar juda yaxshi qovushqoq va nurashga chidamlidir. Dioritning ba’zi turlari qurilishda qo’llaniladi

Download 37.13 Kb.
  1   2




Download 37.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza 1 Kirish. Respublika qurilish xomashyosi mineral-xomashyo bazasi qurilish materiallari konini o'zlashtirish xususiyatlari. Noruda qurilish materiallari

Download 37.13 Kb.