Ma’ruza №15 Mavzu: ms excel 2010 elektron jadvali dasturi haqida boshlang’ich ma’lumotlar




Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.10.2023
Hajmi1.19 Mb.
#88766
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EXCEL (2)
PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
Murojat operatorlari
Formulalarni kiritishda yacheyka adreslarini yozish qо‘lda qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin bо‘lgani uchun ularni avtomatik ravishda yozish ham mumkin, buning uchun
yozilishi kerak bо‘lgan yacheykani sichqonchada bir marta kо‘rsatish kifoY.
Kо‘p hollarda hisoblash formulalaridan foydalanishda yacheykalar adresini
absolyut adreslarga almashtirishga tо‘g‘ri keladi. Chunki formulalardan nusxa
kо‘chirishda yacheykalar adreslari ustun yoki satr bо‘yicha siljiydi. Agar absolyut adres
qilinsa ular siljimaydi. Masalan, yuqoridagi misoldagi A2 yacheykadan F2 yacheykaga
nusxa kо‘chirilsa bu F2 yacheykadagi formula quyidagi kо‘rinishni oladi:
=(4+F1^2)/(1-F1^3). Natija esa 4 ga teng chiqadi. Chunki F1 yacheyka bо‘sh. Shu
sabab Excel undagi qiymatni 0 deb oladi.


Formulalardan nusxa olishda undagi adreslar satr va ustun bshyicha
siljimasligi uchun Excelda absolyut adres tushunchasi kiritgan bо‘lib,
absolyut adresga о‘tish shu adres ustun va satr raqamlari oldiga $ (doller)
belgisi qо‘yilishi bilan bajariladi. Masalan, $F6, G$12. Yuqoridagi misolni
qaraydigan bо‘lsak, undagi A2 yacheykaga =(4+$A$1^2)/(1-$A$1^3)
formulani kiritish kerak bо‘ladi. Bu shuni kо‘rsatadiki A2 yacheykadan
boshqa yacheykalarga nusxa olinsa undagi formula о‘zgarmaydi.
Excelda biror varaqda (listda) ish bajarayotganda boshqa varaqdagi
ma’lumotlarni ham ishlatish mumkin. Buning uchun boshqa varaq
yacheyka adreslari oldiga shu varaq nomi va undov belgisini qо‘yish kifoya,
masalan, List1!A5.
Yacheykalar guruhiga murojaat etish uchun birinchi va oxirgi
yacheykalar adreslari orasiga ikki nuqta qо‘yish kifoY. Masalan, A5:A10 –
bu A ustunidagi A5, A6, A7, A8, A9, A10 yacheykalariga murojaatni
kо‘rsatadi. A5:E5 – bu 5 satrdagi A5,B5,C5,D5,E5 yacheykalariga
murojaatni kо‘rsatadi. Yacheykalar blokiga murojaat esa, masalan S6:E8
kabi yoziladi. Bu 9 ta C6, C7, C8, D6, D7, D8, E6, E7, E8 yacheykalariga
murojaatni bildiradi.


Yacheykalarga murojaatni yacheykalarni nomlash orqali ham amalga oshirish
mumkin. Buning uchun yacheykani ajratish va menyuning Vstavka-Imya-Prisvoit
buyrug‘ini tanlab nom berish kerak. Masalan, A5 yacheykaga RR nom berilgan bо‘lsa,
formulada uning о‘rniga RR yozsa ham bо‘ladi.
Excel hisoblash formulalarini ishlatishda о‘zining bir qancha standart
funksiyalaridan foydalanadi. Excelda funksiya о‘zgaruvchi bо‘lib о‘z nomiga ega va
uning qiymatlari unga bog‘liq bо‘lgan argument qiymatlariga bog‘liqdir. Uning
argumentlari vergullar bilan ajratilib qavs ichida yoziladi. Funksiya argumentlari
sifatida sonlar, yacheyka adreslari, yacheykalar diapazoni, arifmetik ifodalar va
funksiyalar ishlatilishi mumkin. Excelda ayrim argumentga ega bо‘lmagan funksiyalar
ham mavjud, unga misol qilib

sonini olish mumkin. Bu funksiya PI() deb yoziladi va
3.1415... qiymatni qaytaradi.
Excelda 400 dan ortiq kategoriyalarga bо‘lingan funksiyalarni ishlatish mumkin.
Funksiyalar matematik, moliyaviy, statistik, mantiqiy, matnli, sana va vaqt, MB bilan
ish yuritish, massivlar va boshqa kategoriyaga bо‘lingan. kategoriyalarga bо‘lingan.
Excelda funksiyalarni kiritishni yengillashtirish uchun standart instrumentlar
panelida joylashgan maxsus “master funksiya” deb nomlanuvchi fx piktogrammasi
mavjud. Bu piktogramma ikkita oynadan iborat bо‘lib, chap oynada funksiya
kategoriyalari nomlari, о‘ng oynada esa shu kategoriyalarga kiruvchi mos funksiyalar
tо‘plami keltirilgan. Formulaga bu funksiyalarni qо‘yish uchun ular tanlanadi va
uning argumentlari muloqot darchasidan kiritiladi. Darchaning quyi qismida
yuqorida tanlangan funksiyalar haqida ma’lumotlar olinadi va ular asosida kerakli
formulalar quriladi.


Ayrim matematik funksiyalarni quyida keltiramiz:

СУММ() – yig‘indini hisoblash, misol =СУММ(A3,A4,A5,A6) yoki
=СУММ(A3:A6)

ПРОИЗВЕД() - kо‘paytmani hisoblash, misol 
=PROIZVED(A3,A4,A5,A6) yoki =ПРОИЗВЕД(A3:A6)

КОРЕН() – kvadrat ildiz, misol =KOREN(A3+A5)

ФАКТР() – faktarialni hisoblash, misol =FAKTR(5)

АБС() – modul, misol =ABS(F8-F9)

LN() – natural logarifm, misol =LN(A8*F9)

LOG() – oddiy logarifm, misol =LOG(4,F8) , bu yerda 4 asos.

LOG10() – о‘nlik logarifm, misol =LOG10(A7)

SIN() – sinus, COS() – kosinus, TAH() – tangens, ATAN() – arktangens 
va boshqa.

EXP() – eksponenta. 

МОБР() – teskari matritsani topish. 

МУМНОЖ() – matritsani matritsaga kо‘paytirish.



ЕСЛИ( ) – shartli funksiY. Bu
yerda mantiqiy ifoda biror shartni bildiradi, agar shart bajarilsa birinchi
ifoda hisoblanadi aks holda ikkinchi ifoda hisoblanadi. Masalan,
=ЕСЛИ(A5>ABS(A3+A4); A5+A3; A5+A4) bu yerda agar shart bajarilsa
A5 yacheykadagi son A3 yacheykadagiga qо‘shilib shu forula
kiritilayotgan yacheykaga yoziladi, aks holda A5 va A4 yacheykalardagi
sonlar qо‘shilib yoziladi. Agar shartlar bir necha bо‘lsa, u holda И (va) va
ИЛИ (yoki) funksiyalaridan foydalaniladi.

И(, ..) – bu funksiya mantiqiy
ifodalardan barchasi chin bо‘lsagina chin qiymatni qabul qiladi.

ИЛИ(, ..) – bu funksiya mantiqiy
ifodalardan hech bо‘lmaganda birortasi chin bо‘lsagina chin qiymatni
qabul qiladi, aks hoda yolg‘on qiymatli bо‘ladi.

НЕ() – inkor etish funksiyasi. Bu funksiya mantiqiy ifoda qiymatini inkor
etadi, ya’ni chin bо‘lsa yolg‘on, yolg‘on bо‘lsa chin qiladi.



Download 1.19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza №15 Mavzu: ms excel 2010 elektron jadvali dasturi haqida boshlang’ich ma’lumotlar

Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish