|
Ma’ruza №2. Komponentlar palitrasi sahifalari. Standard sahifasi
|
Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 59,65 Kb. | | #263873 |
Ma’ruza №2. Komponentlar palitrasi sahifalari. Standard va Additional sahifalari Fan: C++ da dasturlash Maqsad Standard sahifasi komponentalari bilan ishlash: - Label;
- Panel;
- Edit;
- Memo…
- Additional sahifasi komponentalari bilan ishlash:
- StaticText;
- MaskEdit;
- LabeledEdit;
- CheckListBox…
C++ Buiderning visual komponentalari kutubxonasida matnni tasvirlashga, tahrirlashga va kiritshga mo’ljallangan ko’pgina komponentalar mavjud. Ular bilan quyidagi jadvallarda tanishamiz.
Piktogramma
|
Komponent
|
Tavsifi
| |
Label
|
Foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib bo’lmaydigan, matnni ko’rsatuvchi component. Uning asosiy xususiyati Caption.
| |
Panel
|
Konteyner component hisoblanib, bir necha komponentlarni bir guruhga jam qiladi.
| |
Edit
|
Bir satrli matnni kiritish, tahrirlash va tasvirlashda qo’llaniladi. Asosiy xususiyati – Text.
| |
Memo
|
Ko’p satrli matnni kiritish, tahrirlash va tasvirlashda qo’llaniladi. Asosiy xususiyati – Lines.
| |
Listbox
|
Foydlanuvchiga ro’yxatdan tanlshni taklif etadi. Asosiy xususiyati – Items.
| |
Combobox
|
Listbox va Edit komponentalari vazifalari birlashtirilgani. Asosiy xususiyati – Items.
| Additional sahifasi
Piktogramma
|
Komponent
|
Tavsifi
| |
StaticText
|
StaticText komponentasining vazifasi – Label komponentasi bajaradigan vazifa bilan bilan bir xil. Farqi matn atrofiga hoshiya qo’yilishida.
| |
MaskEdit
|
Turli xil belgilarni kiritishda qo’llaniladi. Asosoiy xususiyatlari – Text va EditText.
| |
LabeledEdit
|
Edit va Label komponentlarining kombinatsiyasi. Asosiy xususiyati – Text va EditLabel.Caption.
| |
CheckListBox
|
CheckBox va ListBox komponentalari kombinatsiyasi.
| |
ValueListEditor
|
“ism=qiymat” ko’rinishidagi satrlar ro’yxatini tahrirlash oynasi. Uning asosiy xususiyati – Keys – ismlar, Values – qiymatlar.
| |
StringGrid
|
Matnli ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlovchi komponenta. Asosiy xususiyati – Cells.
| Turli xil matnlarni formada tasvirlash uchun Label, StaticText va Panel komponentalari ishlatiladi. Label va StaticText komponentlari matnlarni formada tasvirlash uchun maxsus qo’llaniladi. Panelning asosiy vazifasi esa, boshqa, ya’ni komponentlalarni jamlaydi. Ammo unda ham matnlarni tasvirlash mumkin. Label, StaticText, Panel komponentalari Labelning Caption xususiyati String turidagi qiymatlar bilan ishlaydi. Agar siz Label1->Caption=22.3 deb yozadigan bo’lsangiz, u avtomatik tarzda stringga o’tadi. Haqiqiy va butun sonlar bilan ishlash uchun, FloatToStr va IntToStr funksiyalaridan foydalanish mumkin. Satrlarni o’zaro qo’shish uchun, ‘+’ amalidan foydalanamiz. Misol uchun, korxonadagi ishchilar soni I o’zgaruvchisida saqlanadi va uni formada tasvirlash uchun, quyidagicha yo’l tutiladi: Label1->Caption=“Ishchilar soni: ”+IntToStr(I); Label, StaticText, Panel komponentalari Komponentlarning fon rangini Color nomli xususiyati orqali ta’minlash mumkin. StaticText va Panel komponentlarida Label komponentasidan farqli ravishda BorderStyle xususiyati ham mavjud bo’lib, u komponentning hoshiyasini qo’yishni amalga oshiradi.
|
| |