Ma’ruza-4: Almashish usulida saralash, saralashning Sheyker usuli. Reja




Download 48.21 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi48.21 Kb.
#48870
  1   2   3
Bog'liq
4-MARUZA
Учта нарса ҳеч қачон қайтиб келмайди, Mavzu Suyuqliklarda elektr toki-fayllar.org, 1-mavzu 2-hil, 2-MAVZU 2-CHISI amir temur va uning jangovor yurushlari www.sadikov.uz , Microsoft office paketi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar, керак 2, kerak, хатга жавоб

Ma’ruza-4: Almashish usulida saralash, saralashning Sheyker usuli.
Reja:
1.Algoritmik tillar
2.Algoritmning murakkablik tushunchasi
3.Misollar yechish
Tayanch iboralar: FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASKAL,
C, C ,algoritm,algoritmik tillar.
1.Algoritmik tillar
Ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi algoritmik tafakkurni rivojlantirish bo'lganligi bois, qo'yilgan masalalarni yechishda o'zimiz uchun dasturlash tiliga o'xshash va ularning umumiy jihatlarini o'z ichiga olgan maxsus tilni tashkil etamiz. Har qanday tilda bo'lgani kabi bu tilda ham alifbo. sintaksisi va semantika bo'ladi. Bu tushunchalarni qisqacha yoritib o'tamiz.Alifbo — aniq bir til uchun asosiy belgilar ro'yxati, ya'ni shu tildagi matnlarni yozish uchun qo'llaniladigan «alifbo harflari» — boshqa belgini qo'llash mumkin emas. Sintaksis — bu jumlalarni hosil qilish qoidasi bo'lib, biror jumlani to'g'ri yoki xato yozilganligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, til sintaksisi shu tilda belgilarni ma'noga ega bo'ladigan biriktirishni aniqlab beruvchi qoidalar ro'yxati.
Semantika — jumla yoki gaplarning mazmunini aniqlaydi.Semantika hosil qilingan jumlalar yoki gaplarni qanday amallar ketma-ketligini aniqlab berishini ta'minlaydi.Qulay belgilashlarni o'ylab topish san'ati inson madaniyatida
juda muhim ahamiyatga ega. Masalan, sonlarni belgilashni olaylik.Avvalgi bobda aytib o'tilganidek, hammangiz sonlarni ustun ko'rinishda qo'shish va ko'paytirishni bilasiz. Al-Xorazmiy to-monidan yoritib berilgan o'nlik belgilash sistemasi bunga imkon beradi. Rim raqamlari orqali yozilgan sonlarni qo'shib ko'ring-chi, qo'shish masalasini hal etishda belgilashlar sizga hech qanday yordam berrnayotganim ko’rasiz. Yana, masalan, musiqani olaylik.Musiqa tovushlarini belgilash uchun notani o’ylab topib, musi-qachilar ancha murakkab va qiziqarli musiqalarni yozish hamda tarqatish imkoniyatiga ega boidilar. Shu kabi juda ko’p misollarni keltirish mumkin.
Algoritmikada qulay belgilashlar ham, albatta, yanada muhim ahamiyatga ega. Bunda lining o'ziga xos tomonlari ham bor. Biz ham o'z belgilash usulimizni kiritishdan avval ba'zi tomonlarga e'tibor berishimiz lozim bo'ladi. Yozish uchun lotin harflari va o’nlik sanoq sistemasidagi raqamlardan foydalanamiz. Ko'rsatmalar so'zlar bo'lib, ularni yozish uchun jumlalarga buyruq mazmunini beramiz. Bunda ularni qisqa va ma'noli bo'lishiga e'tibor. Misol uchun bir xil ma'noli quyidagi ko'rinishdagi jumlalarni qarab chiqaylik:
Bularning barchasini ko'rsatma sifatida qabul qilish mumkin.Lekin biz faqat o'ngga yur jumlasini tanlaymiz, ham qisqa, ham ma'noga ega, ham aniq amalni ifodalaydi. Qisqa yozish chog’ida juda ham berilib ketish kerak emas.
Juda qisqa belgilashlar tushunarsiz bo’lishi mumkin. Masalan, o’ty yoki o’y qanday ma'no anglatishini bilish qiyin. Doimo aql bilan murosali ish yuritish kerak. Kompyuter uchun tushunarlilik talabi ba'zan o'ta g'alati natijalarga olib keladi. Ba'zi kompyuter sistemalari probellar orasidagi har bir so'zni alohidatahlilqiladi.Ular uchun ko'rsatma ikkita so’zdan iborat bo'lishi mumkin emas, buni kompyuter ikkita alohida ko'rsatma deb hisoblashi mumkin. Bu kabi sistemalarda o’ngga yur yoki O’ngga yur yoki o’ngga_ yur ko’rinishidagi belgilashlarni uchratish mumkin.
E'tibor qiling—biz barcha hollarda ham ko'rsatma ichiga probel qo’ymaslikka harakat qildik! Ya'ni, agar siz biror joyda shunday belgilashlarni uchratsangiz, hayron boMmang. Bilingki, bularning hammasi texnik sabablarga asosandir. Kompyuter uchun shunisi qulay ekan.Ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar mutlaqo ravshan bo’lishi kerak. Ular ikki xil ma'noli bo'lmasligi kerak. Oddiy inson tili juda ma'nodor, lekin ko'pincha bir ma'noli emas. Ba'zan bir So’zni o’zi lkki xil mazmunga ega boMishi mumkin, ba’zan esa ikki ma'nolilik jumlaning o’zida yashiringan bo’ladi. Masalan, quyidagi masala-hazilni ko'raylik.
Shoxda 7 ta qush o'tirgan edi. Ovchi 3 ta qushni otib tushirdi. Shoxda nechta qush qoldi? Undagi «qoldi» so'ziga ikki xil mazmun berish mumkin. Birinchisi — tabiiyki, «tirik qoldi». Ikkinchisi — hazil — «joyida qoldi» (qolganlari uchib ketdi). Birinchi holda javob 4, ikkinchi holda javob 3. Masalani hazil ekanligini hisobga olsak, ikkinchi javob to’g’ri boiadi. Lekin kompyuter hazilni tushunmaydi- ки! Bu kabi masalalarni yechishga kompyuterning kuchi yetmaydi. Mana sizga go'zal qadimiy afsona. Uni tuzgan inson qalban dasturchi bo'lgan bo'lsa kerak. Bir kuni Dion is hudosi shoh Midasga uning har qanday istagini hajarishni laktifetdi. Midas nimaga tegsa о 'sha nana ottinga aylanih qolishi istagini bitdirdi. Bir necha soniyadan keyin и dunyodagi eng boy odamga aylandi. Lekin tezda kutilmagan qiyinchilik yuzaga keldi: shoh Midasning ovqati va ichimligi hamottinga aylanib qolaverdi. Shoh ochdan o'tishi mumkin! Yaxshiki, Dionisning unga rahmi kelib o'zining bu sovg'asidan xotos etdi. Ko'rib turibsizki, aniq ifodalash nafaqat kompyuter bilan ishlagandagina kerak. Albatta, Midas o'zining istagini aylayotganda ovqati va ichimligini ham oltinga aylanishini nazarda tutmagan. O'ylab ko'rib, balki yana bir qancha istisnolar qilishni xohlagan bo'lar edi. Hamma balo shundaki, Midas fikrini aniq va ravshan ifoda etmagan. U bularni o'z-o'zidan tushunarli deb hisoblab,faqat nazarda tutgan. Dastur tuzayotgan kishilar ko’pincha mana shunday holga tushib qolishadi. Inson faoliyatining juda ko’p sohalarida aniqlik va ravshanlik muhimdir. Masalan, qonunlarni tuzishda, atom elektrostansiyasini yoki yadroli raketa qurilmasini boshqarish yo'riqnomasida hech qanday noaniqliklar, mujmal qismlar va ko'p ma'nolilik boimasligi lozim. Bular butun sayyoramizning xavfsizligi bilan bogiiq! Qonun va yo'riqnomalar bilan bo'g'liq har bir ishda yetuk Algoritmik Tafakkur zarur.
Biroq boshqacha nuqtayi nazar ham mavjud. Qilishi kerak bo'lgan ish — yo'riqnomani aniq bajarish boigani uchun atom bomba tugmasi yonida nima uchun inson o'tirishi kerak? Uni kompyuter bilan almashtirish mumkindek ko'rinadi. Baribir bu ishni insonga topshiramiz. Inson Ijrochi emas — u faqatgina buyruqlarni bajaribgina qolmay, balki mustaqil qaror qabul qiladi, javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Chamasi, dilimizda yo'riqnoma tugmani bosib atom urushini boshlashni talab qilganda Inson javobgarlikni o’z qo’liga oladi va yo'riqnoma buzadi,deb umid qilsak kerak.Ba'zi mutaxassisliklarda har kuni va har daqiqada ko'rsat- malarni aniq tushunish zarur. Bularga samolyot uchuvchisi bilan aeroport dispetcheri (yoki kema kapitani va mashina bo’limi operatori) orasidagi muloqotni misol qilish mumkin Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushinadigan tilda yozish masalasi turadi, buning uchun maxsus algoritmik tillar mavjud. EHM paydo bo‘lganidan beri juda ko‘plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin:

  • Quyi darajadagi programmalash tillari (mashina tillari)

  • O‘rta darajadagi programmalash tillari

  • Yuqori bosqichli programmalash tillari

Quyi darajadagi programmalash tillarida buyruqlar va amallar ma’lum kodlar (rahamlar) bilan ifodalangan bo‘lib, ular EHM qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga mo‘ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi.
O‘rta darajadagi programmalash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar)ni ifodalash uchun odam tushunishi uchun qulay bo‘lgan har xil qishartma so‘zlardan foydalaniladi. Bunda ham programma tuzuvchi EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi lozim. Bu qishartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi programmalash tillari assemblerlar deb ataladi.
Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar va birikmalardan iborat bo‘lib, programma tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashhari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASKAL, C, C tillarini keltirish mumkin.
Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bo‘lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan programmalash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual S , HTML, Java, Java Script kabi tillar va programmalash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib obyektga yo‘naltirilgan va vizual programmalash texnologiyalari keng tarqalmoqda.
Har bir algoritmik tilning o‘z alfaviti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari, konstruksiyalari bo‘ladi va ular ma’lum bir sintaktik va semantik qonun qoidalarga buysinadi.
Sintaksis–bu alfavitdan foydalanilgan holda biror algoritmik tilda ishlatilishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalarni aniqlovchi qoidalar sistemasidir. Bu konstruksiyalar orqali algoritmlar ifodalanadi. Shunday qilib, sintaksis har bir simvollar ketma-ketligining berilgan tildan foydalanish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlab beradi.
Semantika–biror algoritmik til konstruksiyalarini ma’nosi jihatidan tekshiruvchi qoidalar sistemasidir. Biror algoritmik tilning sintaktik qoidalarini ifodalash uchun maxsus yordamchi tilga–metatil deb ataladi. Eng keng tarqalgan metatillardan biri Bekus–Naurning metalingvistik formulalari va sintaktik diagrammalaridir. Bir algoritmik tilning qonun qoidalarini aniq va bir qiymatli aniqlash uchun maxsus tushincha va belgilar zarur bo‘ladi. Tilning har bir tushinchasi uchun yagona metoformula mavjud bo‘lishi kerak va uning gap qismida kiritilayotgan tushincha, ya’ni metao‘zgaruvchi ko‘rsatiladi. O‘ng tomonda esa, metoo‘zgaruvchining qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar to‘plami keltiriladi. Odatda metoo‘zgaruvchilar maxsus <> kavslar ichida yoziladi. Masalan: , . Metoformulaning chap va o‘ng qismlari maxsus metosimvol bilan ajratiladi va u “ta’rif bo‘yicha” degan ma’noni anglatadi. Masalan, quyidagi metoformula
A V
o‘zgaruvchi ta’rif bo‘yicha A yoki V harfidir degan ma’noni ifodalaydi.

-
metoformula esa, yuqoridagi metoformulasiga bog‘liq holda sifatida quyidagi 10 ta ifodadan ixtiyoriy bittasi bo‘lishi mumkin degan ma’noni anglatadi:
A, V, A A, A V, V A, V V, A-A, A-V, V-A, V-V.
Eslatib o‘tamiz vertikal chiziq yoki degan ma’noni ifodalaydi. Faraz qilaylik biz degan tushunchasini kiritmoqchimiz va ikkilik kod deganda 0 va 1 rahamlardan tashkil topgan ixtiyoriy ketma-ketlikni nazarda tutamiz. Umuman olganda, 0 va 1 ning o‘zlari ham ikkilik kod va ularning yoki 0 va 1 rahamlaridan birortasini yozsak, yana ikkilik kod paydo bo‘ladi yuqorida keltirilgan fikrlarni quyidagi metaformulalar yordamida oddiy va qiska ko‘rinishda ifodalash mumkin.
::=0+1
::=+

metoformulalarda ishlatiladigan figurali qavs { }, uning ichidagi konstruksiyaning ko‘p marta takrorlanishini ifodalaydi. Yuqoridagi ikkilik kod tushunchasi figurali qavslar yordamida quyidagiga kiritilishi mumkin.


::=0+1
::= {}
Programmalash tillari sun’iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar qat’iy aniqlangan bo‘ladi. Shu sababli Programmalash tillari tabiiy tillardan farqli ravishda jumlalarni ko‘p mazmunli va erkin talqin etishga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi tildagi har bir ko‘rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o‘tadi.
Sintaksis-bu qoidalar to‘plami bo‘lib, Programmalash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi va asosiy ichki tuzilishni aniqlaydi.
Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir.
EHMlar endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.
Yuqori bosqichli programmalashda, mashina tillariga haraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.
EHM faqat mashina tilini-buyruqlar, operand va sonlarning ikkilik sanok, sistemasidagi ko‘rinishini «tushinadi». Shu sababli, Assembler tilida yozilgan programmalar uchun ularni mashina tiliga o‘tkazuvchi «tarjimon» kerak bo‘ladi.
Assembler tilidagi programmani mashina tiliga o‘tkazuvchi maxsus programma translator deyiladi, ayrim hollarda uni assembler deb ham atashadi.
Mashinaga moslashgan tillarning asosiy kamchiligi bir turdagi mashina uchun tuzilgan programma boshqa mashinalarda bajarilmaydi, ya’ni bunday tillar mashinaning apparat tuzilishiga bog‘liq qilib yaratiladi. Masalan, Praves mashinasi uchun tuzilgan programma IBM yoki YAMAHA turidagi mashinalar uchun o‘tmaydi va aksincha.
Programmalash tillarining keyingi bosqichida protsedurali tillar joylashadi. Bu tillaring asosiy xususiyati shundaki, ularning sintaksis va semantikasi konkret EHM (protsessor) buyruqlari tarkibiga bog‘liq emas. Tuzilgan programmani konkret EHM ga bog‘lashni translator amalga oshiradi.
Programmaning boshlang‘ich matni operativ xotiraga kiritilgandan keyin u translatsiya qilinadi. Natijada, aynan shu mashina «tushinadigan» buyruqlar ketma-ketligi hosil bo‘ladi va ularni bajarish asosida EHM masalani yechadi.
Programmani tarjimasi va uni bajarish jarayoni ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:
Birinchi usul-komplilator deb nomlanuvchi usulda programmani EHMda bajarilishi-tarjima jaryoni to‘liq, tugagandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tarjima programmasini operativ xotirada saqlab turishga hojat yuq, shu sababli xotirani tejashga erishiladi.
Ikkinchi usul – interpretatsiya - programmadagi ayrim operatorlar ular tarjima qilingan zahoti bajariladi, shundan keyin navbatdagi operator tarjima qilinadi, bajariladi va hokazo. Bu rejimda xotirada interpretator programmasi ham bo‘lishi kerak, natijada qo‘shimcha xotira ishlatiladi va programmaning ishlashi kompilyatsiya qilinganga nisbatan sekin ishlaydi. Interpretatorning afzallik tomonlari programmalarni sozlash paytida ko‘rinadi, ya’ni yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilishi mumkin. Kompilatorda bunday imkoniyat yo‘q.
Protsedurali tillarning umumiy xususiyatlarini ko‘raylik. Bu tillarda programmadagi yozuvlar umumiy qabul qilingan matematik yozuvlarga juda yaqin va tushunish uchun yengildir. Masalan, 7 va 5 sonlaring yig‘indisini hisoblash amalini programmalash tillarida yozilishini ko‘raylik:

  1. mashina tilida



Buyruq

Operand adresi

0011 1111

1101 0001

0000 0101

1101 0010

0000 0110

1101 00111

0000 0111

1101 0100

1000 0000

1101 0101

2) mashinaga moslashgan tilda
MOV AX, 7
ADD AX, 5
MOV A, AX
3) protsedurali tillarda A75.
Ko‘rinib turibdiki, protsedurali tillardagi yozuv tabiiy yozuvga yaqin.
Birinchilar qatorida yuzaga kelgan protsedurali tillar ichida FORTRAN (FORmula TRANslation - formulalarni boshqa ko‘rinishga aylantirish). O‘zining sodda tuzilishi, samarali translatsiyalanishi bu tilni nafaqat shu kungacha saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi, balki uning ilmiy tadqiqot, injener-texnik masalalarini yechishda eng samarali til sifatida rivojlanib, keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Fortran tili Beysik tilining asosiga qo‘yildi. Beysik so‘zi inglizcha «VASIC-Veginners All-purpose Symbolic Instruction code» ma’noni anglatadi. Bu jumla quyidagicha tarjima kilinadi: boshlovchilar uchun mo’ljallangan ko‘pmaqsadli belgili instruksiyalar codi (buyruqlar tili).
Beysik tili mutaxassis bo‘lmagan odamlarni programmalash texnologiyalariga jalb qilish imkoniyatini berdi. Beysik tilida programma operatorlarining kamligi, tuzilishining soddaligi uni programmalashga o‘rgatish tili sifatida keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Bu til asosan maktablarda o‘rgatiladi.
Algol-60 tili Fortranga nisbatan takomillashgan til, unda tuzilgan programmalar moslashuvchanlik va yuqori ishonchlilik xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Prolog va Lisp tillari sun’iy tafakkur sohasidagi masalalarni yechishga moslashgan. Bu tillar belgili ma’lumotlarni qayta-ishlash orqali matematika va mantiqiy masalalarni yechishga eng qulay tillardir.
1971 yilda paydo bo‘lgan Paskal tili programmalash texnologiyalariga strukturali programmalash g‘oyasini olib kirdi. Natijada bitta masala bir nechta bo‘laklarga bo‘lingan holda alohida yechilishi va oxirida bitta programmaga jamlanish imkoniyati yuzaga keldi.
Si tili zamonaviy kompyuterlar xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan va samarali programmalar yaratishda Assemblerga murojaat qilmaydigan til sifatida namoyon bo‘ldi. Bu til UNIX operatsion sistemasida yozilgan.
Ayni paytda programmalash texnologiyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri obyektga yo‘naltirilgan programmalash tillaridir (объектно-ориентированное программирование).
Obyektlar ko‘p ishlatiladigan programma modullaridir. O‘z navbatida obyektlar ikkita qismdan tashkil topadi: metodlar va o‘zgaruvchilar. Metodlar protsedura va funksiyalar to‘plami bo‘lib, obyekt ishlash algoritmini aniqlaydi. O‘zgaruvchilar turli xil qiymatlarni qabul qiladi.
Obyektga moslashgan programmalashning asosiy mohiyati shundaki, sodda obyektlardan vorislik orqali murakkab obyektlar shajarasini yaratish mumkin. Bunda biror masalani yechish deganda masala algoritmiga mos obyektlar shajarasini qurish tushiniladi.
Obyektga yo‘naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual programmalash muhitidir. Bu muhit Turbo Paskal tili asosida yaratilgan bo‘lib, unda programma yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo‘ladi. Shuning uchun ham bosh programma Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim xususiyati vizual programmalashdir, ya’ni programma yaratilayotgan paytda tuzuvchi hosil bo‘ladigan programma shaklini ko‘rib turadi va grafik interfeys yordamida komponentalar shaklini o‘zi ma’qul topgan joyiga qo‘yishi mumkin.
Visual Basic tili ham obyektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis programmalarida makroslar yozish uchun til sifatida ishlatiladi.
Internet uchun programmalar yaratish uchun NTML (Nureg Text Markur Language) 1989 yilda yaratilgan bo‘lib, WWW sahifalarini yaratish uchun asosiy til bo‘lib qolmoqda. Bu til yordamida sahifa poligrafik usulda yaratishilishi mumkin, unda matn, audio, video, animatsiya va boshqa ma’lumotlar joylashishi mumkin.
Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan programmalarni yaratishga mo‘ljallangan, ya’ni Java tilida yozilgan programmalar global tarmoqlarda dinamik reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda joylashtirish uchun ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda ham birdek amal qilaveradi. Java programmasi bir paytda Windows, UNIX va Macintosh operatsion sistemalarida ishlashi mumkin.
Programmalash tillari sun’iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar qat’iy aniqlangan bo‘ladi. Shu sababli Programmalash tillari tabiiy tillardan farqli ravishda jumlalarni ko‘pmazmunli va erkin talqin etishga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi tildagi har bir ko‘rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o‘tadi.
Sintaksis-bu qoidalar to‘plami bo‘lib, Programmalash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi va asosiy ichqi tuzilishni aniqlaydi.
Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir.

Download 48.21 Kb.
  1   2   3




Download 48.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza-4: Almashish usulida saralash, saralashning Sheyker usuli. Reja

Download 48.21 Kb.