Электр таъминоти ва
қайта
тикланувчан
энергия
манбалари
кафедраси доценти
Хушиев
Сирожиддин
Мейлиевич
Ажраткичлар,
Бўлгичлар,
қисқа туташтиргичлар ва ток
чекловчи реакторлар
Маъруза
4
Станция ва
подстанцияларнинг электр
қисми
Фаннинг номи:
Ажраткичлар, Бўлгичлар, қисқа
туташтиргичлар ва ток чекловчи
реакторлар
(
Разьединители, Отделители и
Короткозамыкатели)
Ajratkichlar.
Taqsimlash qurilmalarida ajratkich (raz’edinitel’)lardan yuklama
uzgich yordamida uzib qo`yilgandan so`ng qurilma shinalari va bino
jixozlarning ayrim qurilmalarini tok manbaidan ajratib qo`yishda foydalaniladi.
Ajratgichlar bu elektr zanjirini toksiz yoki kichikroq tok bilan uzishga
mo`ljallangan va sxemalarda «ko`rinadigan oraliq» hosil qilish uchun xizmat
qiladigan kommutatsion jixozdir.
Taqsimlash qurilmalarining elektr zanjirlarida o`rnatilgan ajratkichlar elektr
uskunalarini butun qurilmani ishini to`xtatmasdan remont qilishga imkon beradi.
Ajratgichlar bilan yuklama toklarini uzib bo`lmaydi, chunki ularda yoy
so`ndiruvchi qurilmalar yo`q va yuklama toklarini yanglish uzish turg`un qisqa
tutashuv hosil bo`lishiga olib keladi. Bundan tashqari, ko`pgina taqsimlash
qurilmalarda ajratkichlardan yuklamani uzmasdan operativ qayta ulashlar,
masalan, zanjirlarni taqsimlash qurilmasining bitta bosh shina tizimidan
ikkinchisiga o`tkazish uchun ham foydalaniladi. Ajratkichlar bilan elektr yoyi
hosil bo`lish ehtimoli bo`lgan tok zanjiri uzilmasligi kerak.
Biroq sxemalarni soddalashtirish maqsadida ajratgichlar bilan quyidagi
operasiyalarni bajarishga ruxsat etiladi:
-transformator neytrallarini va yerga ulovchi reaktorlarni uzish va ulash;
-shinalar va barcha kuchlanish jihozlarining zaryad toklarini uzish;
-yuklama toklarini 15 A gacha 10 kV va undan past kuchlanishlarda uch qutbli
ajratgichlar yordamida uzish va ulash.
Ajratgichlar bilan uziladigan tokning qiymati uning konstruksiyasiga,
qutblar orasidagi masofaga, qurilmalarning nominal kuchlanishlariga
bog`liqdir. Shuning uchun bunday ishlarni maxsus yo`riqnomalar orqali
amalga oshiriladi.
Ajratkich bilan yuklama toki uzish vaqtida uncha katta yoy hosil
qilmaydigan zanjirlarnigina uzish mumkindir. Masalan, ajratkichlar
yordamida
kuchlanish
o`lchov
transformatorlari
va
yuklamasi
bo`lmaganda kuch transformatorlarini uzish mumkin. Shu bilan birga 10
kV gacha mo`ljallangan qurilmalardagi kuch transformatorlarining
quvvati 20000 kV*A, kuchlanishi 110 kV gacha mo`ljallangan
qurilmalardagi kuch transformatorlarning quvvati esa 31500 kV*A dan
oshmasligi kerak. 35 kV va undan ortiq kuchlanishli qurilmalarda
transformatorlarni uzish uchun ajratkichlar gorizontal holatda qutblari
orasidagi masofani bir oz uzaytirib o`rnatiladi.
Ajratkichlar o`zining o`rnatiladigan joyiga ko`ra bino ichida va
tashqarida o`rnatiladiganlarga; qutblar soniga qarab bir va uch qutbli;
konstruksiyasi bo`yicha, ya’ni pichoqlarining joylashishi va harakat
yo`nalishiga
qarab,–vertikal
buralma,
gorizontal–buralma
hamda
tiqilgan (shtepselli), dumalovchi, pantografik va osma tipida ishlab
chiqariladi.
RLND–35/600 ajratgichi: 1–asos-sokol; 2–qo`zg`almas izolyatorlar; 3–burish
izolyatori; 4–o`q; 5–mexanizm; 6–asosiy pichoq; 7,8–shox; 9–qayishqoq sim; 10–
qisma; 11–yerga ulash pichog`i; 13–tortqi; 14,15–vallar.
|