Ma`ruza №7 Mavzu: Informatsion texnika va texnologiyalar hamda ularning didaktik imkoniyatlari. Televideniye




Download 46.5 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi46.5 Kb.
#39233
  1   2
Bog'liq
9-mavzu Ta\'limda televideniye
akademik litsejlarda informatika va axborot texnologiyalari kursida oqitishning noannavij shakllari va metodlaridan fojdalanish metodikasi, 3 - Vectors, 2-imtihon (@mts edu), BUYUK SIYMOLARNI YOD ETIB, Рухсатнома, 1, НОМЕР китоб, “Mexanika muxandisligi” mexanika muhan 18 05 2023. Magistr, Delphi tilida dasturlash asoslari (Sh.Nazirov va b.), @kompyuterscience 10-sinf IV chorat test, 4 мавзу Бино ва иншоотларнинг конструкцияларига техноген, субъектив, @lubiteli ru, 1-Мавзу (1), lab 1

Ma`ruza №7 Mavzu: Informatsion texnika va texnologiyalar hamda ularning didaktik imkoniyatlari. Televideniye
Reja: 1. Kompyu’ter, qo`shimcha qurilma va ofis texnikalari.
2. Axborotlarni raqamli texnologiya asosida qayta ishlash.
3. Informatsion texnika vositalaridan ta`limda foydalanish.
4. Ta`limda informatsion texnologiyalarni qo`llash.
5. Kompyu’ter dasturlaridan ta`lim berishda foydalanish.
Foydalanilgan adabiyotlar: 3. S. Gulomov. «Komp’yuterlar va ofis texnikasi». Toshkent. «O`qituvchi» 2000 y. 256 b. 4. M. Aripov, A. Xaydarov. «Informatika asoslari». Toshkent. «O`qituvchi» 2002 y. 429 b. Biz komp’yuterlardan hozir barcha turdagi korxona va muassasalarda, hatto uyda ham foydalanishimiz mumkin. Komp’yuterlar bilan barchamiz ishlay olamiz. Chunki, o`rta maktabdanoq o`quvchilar komp’yuterlar bilan muloqotda bo`ladilar. Komp’yuterlar-ta`limda qo`llanilayotgan didaktik vositalarning eng yangisi, eng keng tarqalgani va eng samaralisi hisoblanadi. Chunki komp’yuter yordamida ilgari ko`rib o`tilgan didaktik materiallar va vositalar bajaradigan ishlarning aksariyatini amalga oshirishimiz mumkin. Ularning didaktik imkoniyatlari ham juda kengligi barchamizga ayon. Shunday bo`lsada, ular bilan qisqacha tanishib chiqsak, ularni qachon va qanday qo`llanishni bilib olamiz (7-rasm). Avvalo komp’yuterning tuzilishini esga olaylik. Bugungi kun personal’ komp’yuterlari protsessor, monitor, klaviatura va sichqoncha kabi asosiy qurilmalardan iborat. Protsessor axborotlarni qayta ishlash va komp’yuter ishini boshqarish vazifalarini bajaradi. Monitorda esa bajrilayotgan ishlar ko`rsatib boriladi. Klaviatura yordamida kerakli buyruqlar va axborotlarni kiritishimiz mumkin. Sichqoncha esa turli dasturlar bilan ishlashimizni osonlashtiradi. Bundan tashqari bir qator qo`shimcha qurilmalar ham borki, biz ularni komp’yuterga ulab, ish imkoniyatlarimizni yanada oshiramiz.
26
8-rasm. Ta`limda informatsion texnika va texnologiyalar. Bulardan eng ko`p qo`llaniladiganlarini ko`rib o`tamiz. Printer yozma va grafik axbortlarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Ulardan hozir rangli va oq-qora lazerli printerlar ko`p qo`llanilyapti. Turli o`quv axborotlarini komp’yuterlarda tayyorlab, printerdan chiqarib olishimiz va undan mashg’ulotda foydalanishimiz mumkin. Bu juda qisqa vaqt ichida, yuqori sifat bilan amalga oshadi. Skaner yozma va grafik axborotlarni qog’ozdan o`qib olib komp’yuterga o`tkazuvchi qurilma, ya`ni printerga teskari vazifani bajaradi. endi bizga mavjud yozma va grafik axborotlarni komp’yuterga qo`l bilan kritishimiz shart emas, bu ishni bizga skaner bir necha daqiqa ichida amalga oshirib beradi. Faksmodem qurilmasi komp’yuterning boshqa komp’yuter, faks yoki telefon bilan axborot almashinish imkoniyatini beradi. endi biz bir joydan ikkinchi joyga yozma va grafik axborotlarni etkazishimiz uchun qog’ozga yoki disketaga yozib etishimiz shart emas, modem aloqasi bu ishni bir zumda joyimizdan turmasdar amalga oshirib beradi. Faks-modemlar ishlaganda oddiy telefon tarmog’idan foydalaniladi. 1- komp’yuterdagi raqamli axborot simli aloqaning analog ko`rinishiga o`tkaziladi va telefon tarmogi orkali axborot uzatiladi. 2 – komp’yuter telefon tarmog’i orqali kelgan analog ko`rinishdagi axborotlarni yana raqamli ko`rinishga aylantiradi. Bu axborot almashishni modifikatsiya–demodifikatsiya, qisqacha modem aloqa deyiladi. Komp’yuterlar tarmoqqa ulangandan so`ng, ularning orasidagi masofa qanchaligidan qat`iy nazar o`zaro axborot almashinish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Ayniqsa uzoq masofalarga bu juda qo`l keladi. Bugungi kunda mahalliy-lokal tarmoq INTERNET va xalqaro-global tarmoq INTERNET dan ta`limda keng foydalanilyapti. Komp’yuterlar yordamida biz aksariyat ko`rinishdagi axborotlarni qayta ishlashimiz mumkin. Bular yozma, sonli, grafik, ovozli, foto va video axborotlar bo`lib, ular komp’yuterlarga raqamli, ya`ni 0 va 1 ko`rinishga o`tkazilib bemalol kayta ishlanishi mumkin. Natijada biz ular ustida ko`pgina ishlarni amalga oshira olamiz. Masalan axborotlarni kiritish va chiqarish, saralash va saqlash, qabul qilish va uzatish, hisoblash va boshqa ishlar. Bunaqa imkoniyatlar boshqa hech bir didaktik vositalarda yo`q. Bunday imkoniyatlardan foydalanib biz juda qisqa vaqt ichida, katta hajmdagi axborotlarni kayta ishlashimiz, turli didaktik materiallarini tayyorlash, ularni qo`llash va ta`lim berish ishlarini amalga oshirishimiz mumkin. Bu ishlardan ba`zilarini ko`rib o`tsak masala oydinlashadi.
Windows qobig’I MS OFFICE dasturlash tillari Internet texnologiya Animatsiyalar, virtual stendlar
komp’yuterlar, qo’shimcha qurilmalar: printer, skaner, faksmodem, tarmoq, ofis texnikalari, kserokslar.
Ta’lim beruvchi
dasturlar, virtual stendlar, test dasturlari, elektron darsliklar, elektron kutubxona.
Vositalar Texnologiyalar Materiallar
Informatsion texnika va texnologiyalar
Elektron o`quv qo`llanmalar bugungi kunda komp’yuter dasturlari yordamida tayyorlangan bo`lib, oddiy o`quv qo`llanmalaridan qulayligi bilan keskin farq qiladi. Bunday qo`llanmalardan foydalanishda kerakli joylarda savollar berib murojaat qilish va qo`shimcha ma`lumotlar yoki javob olishimiz mumkin. Mavzuga oid ko`rgazmali materiallar ovoz va harakat bilan berib boriladi, ma`lumotlar ba`zasi, teskari aloqa tizimi va yana bir qancha ustunliklarga ega. Virtual stendlar amaliy mashg’ulotlarda juda yaxshi samara beruvchi elektron didaktik material hisoblanadi. Ularning ustunlik tomoni shundaki turli texnologik mashinalar va jihozlar, hamda texnologik jarayonlar va texnologik operatsiyalarni mashq qilish imkonini beradi. Bu ishni real xayotda amalga oshirish katta xarajatni talab qiladi, ba`zan esa buning iloji ham bo`lmaydi. Virtual sharoitda esa bu juda samarali amalga oshiriladi. Komp’yuterlarda bilimlarni sinash ham juda tez va samarali bajariladi, ayniqsa test sinovlari uchun bu juda qulay. Testlarni tuzish, uni o`tkazish, natijalarini chiqarish, qo`lda bajarilgandan bir necha barobar tez va aniq amalga oshiriladi. Komp’yuterlarda tuzilgan ta`lim beruvchi dasturlar esa o`quvchilarga mustaqil ta`lim olishda eng samarali usul sifatida yordam beradi. Bunday dasturlar yordamida bilimlarni olish, ularni mukammalashtirish va mustahkamlash, malaka va ko`nikmalarni shakllanltirish, bilimlarni baholash ishlari kompleks ishlab chiqilgan bo`lib, fanni o`zlashtirishda bu juda katta ahamiyatga ega. Komp’yuterlarda turli animatsiyalarni (harakatni ko`rsatuvchi) tayyorlash imkoni bo`lgani uchun, undan didaktik materiallarni tayyorlashda keng foydalanamiz. Turli laboratoriya ishlari, virtual stendlar, prezentatsiyalar, ta`lim beruvchi dasturlar, testlar, elektron o`quv qo`llanmalarning barida animatsion materiallar qo`llanilishi natijasida ularning ta`limiy jihatdan ahamiyati yanada oshadi. Ta`limda komp’yuterlardan foydalanishimiz uchun esa bizga informatsion texnologiyalar qo`l keladi. Bugungi kunda komp’yuterlar shunday dasturlar asosida ishlaydiki, foydalanuvchilar uchun bu juda ham katta malakani talab qilmaydi. Microsoft kompaniyasining dasturiy mahsulotlari bo`lmish Windows va u asosida ishlovchi Word, Exsel, Paintbrush, Power Point, Visual Basic, Front Page, Flash, Delfi, Pascal, Acces va boshqa dasturlar biz yuqorida aytib o`tgan didaktik materiallarni tayyorlashimiz imkonini beradi. Bugungi kunda bu dasturlar asosida yaratilayotgan mahsulotlar va qayta ishlanayotgan axborotlar mul’timediya texnologiyalari yordamida amalga oshirilayapti. Natijada ovoz ham, tasvir ham eng sifatli ko`rinishda berilmoqda. Internet texnologiyalari esa dunyoning istalgan burchagidagi komp’yuterlar bilan axborot almashish imkonini bermoqda. Bu xizmatlarni turli provayderlar amalga oshirib beradi. Internetdagi turli http: manbalarning www. veb sayitlaridan biz kerakli axborotlarni qidirishimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin. Internet orqali ta`limga oid turli yangiliklar, kitoblar va boshka didaktik materiallarni olishimiz mumkin. Bugungi kunda distantsion ta`lim, sirtqi ta`lim va on line rejimidagi, ya`ni bevosita boshqa joydagi o`quv jarayoniga ulanadigan ta`lim shakllari rivojlangan davlatlarda keng qo`llanilmoqda. Bu texnologiyalardan o`zimizda ham foydalanila boshlandi. elektron pochta esa o`zaro axborot uzatish va qabul qilishda oddiy pochta xizmatini juda tez, arzon va sifatli almashtirib beradi. Hozirgi vaktda e-mail xizmatidan foydalanuvchilar orasida o`qituvchi va o`quvchilar ko`pchilikni tashkil qilmokda. elektron pochta xizmatini beruvchilardan yahoo.com, mail.ru, rambler.ru larni misol keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda komp’yuter tarmoqlari orqali komp’yuterli videokonferentsalokani amalga oshrish imkonini beradi. Natijada biz o`tgan darsda ko`rib o`tgan oddiy videokonfrentsaloqa imkoniyatlariga yukorida aytib o`tilgan komp’yuterning imkoniyatlarini qo`shib hisoblasak bunday muloqot yordamida qay darajada samarali o`qitishimiz mumkinligini ko`z oldingizga keltirishingiz qiyin emas. Tayanch iboralar: komp’yuter qurilmalari, komp’yuterga ulanish, raqamli texnologiya, axborotni qayta ishlash, informatsion texnologiya, animatsiya, virtual stend. Nazorat savollari. 1. Informatsion texnika vositalarining turlarini ayting. Axborotlarni raqamli qayta ishlash ahamiyati

Download 46.5 Kb.
  1   2




Download 46.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma`ruza №7 Mavzu: Informatsion texnika va texnologiyalar hamda ularning didaktik imkoniyatlari. Televideniye

Download 46.5 Kb.