|
Ma'ruza. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalariBog'liq 3 1 Ma\'ruza Excel Chop qilish (Печать) - MS Excel ning ish kitobida berilganlarni printer
yordamida qog’ozga chop qilish vositasi. Chop qilishni quyidagi imkoniyatlari mavjud::
ish kitobini;
bir nechta ish kitoblarini;
ishchi listni;
bir nechta ishchi listlarni;
ishchi listdagi ajratilgan yacheyka diapazonlarini;
bir nechta ishchi listlardagi ajratilgan yacheyka diapazonlarini;
grafik obyektlarni (masalan, diagrammani).
4.3.Excelda ma‘lumotlarni qayta ishlashda matematik va statistik
formulalar
Formula - bu hisoblar, hisoblashlar va berilganlarni tahlil qilish vositasi. Har bir
formula konstanta (o’zgarmas), operator, murojaat (ssыlka), yacheyka yoki diapazon
nomi va funksiyalarni o’zida saqlashi mumkin.
Operatorlarning bir nechta turlari mavjud, bular:
arifmetik operator - bu operator arifmetik amallarni bajaradi va hisoblash
natijasi sifatida son ko’rinishdagi natijalarni chiqarishga qaytadi;
taqqoslash operatori - bu operator berilganlarni taqqoslaydi, hisoblash natijasi
sifatida ROST (Истина) yoki YoLG’ON (Лож) mantiqiy natijalarni chiqarishga qaytadi
matnli operator - bu operator istalgan berilganlarni birlashtirish vazifasini
bajaradi.
Agar yacheyka formuladan iborat bo’lsa, hisoblashlar noto’g’ri natijalarga olib
kelsa, u holda yacheykada xato qiymatlar akslantiriladi. Agar yacheyka xatoli
qiymatlardan iborat bo’lsa va ularning sabablari quyidagilardan iborat bo’ladi:
«#DEL/0!» - nol soniga bo’linish amali berilgan bo’ladi;
«#Знач!» - noto’g’ri argument yoki operator ko’rsatilgan bo’ladi;
«#Имя!» - mumkin bo’lmagan nom ko’rsatilgan bo’ladi;
«#N/D!» - qiymati ko’rsatilmagan bo’ladi;
«#Пусто!» - kesishmaydigan diapazonlar sohasi ko’rsatilgan bo’ladi;
«#ссылка!» - noaniq murojaat ko’rsatilishi natijasi;
«#Число!» - sonlardan foydalanishda yo’l qo’yilgan xatolik natijasini
ifodalaydi.
|
| |