Glossariy 127 Adabiyotlar ro‘yxati




Download 466.52 Kb.
bet2/70
Sana31.07.2023
Hajmi466.52 Kb.
#77779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Ma`ruza matni toshkent 2020 mundarija kirish
Individual works, Avtomatlashgan loyihalash tizimlari, Grafik formatlar Kechgimas, Tarix darslarida asosiy tayanch tushuncha vatamalar bilan ishlash, Geografik kart ava atlaslardan foydalanish usullari, Imtihon, Ro’yxat, Stek va Navbat. Ro\'yxat-fayllar.org, 14, 54112-70714, MMTF
Glossariy 127
Adabiyotlar ro‘yxati 131

Kirish


Hozirgi kunda barcha sohalarda ma‟lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o„ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o„zimizga kerakli ma‟lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo„lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Axborotlarni qayta ishlashni optimallashtirish maqsadida axborot tizimlari yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlari (AT) deb shunday tizimlarga aytiladiki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng ma‟noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizim sifatida tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, AT ishlab chiqarish, ta‟lim, sog„liqni saqlash, harbiy va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin.
ATni maqsadli ishlatilishiga qarab bir qancha turlarga ajratiladi. Jumladan boshqariluvchi, axborot qidiruv, axborot ma‟lumotnoma va boshqa tizimlarga ajratiladi. ATni tom ma‟noda ba‟zi bir amaliy masalalarni yechishda ishlatiladigan apparat dasturiy vositalari majmuasi sifatida ham tushuniladi. Masalan tashkilotlarda ishlatiladigan kadrlarni hisobga olish va kuzatish, omborxona materiallari va tovarlarini hisobga olish va nazorat qilish, hisobchi masalalarini yechish va boshqalar.
ATni asosida ma‟lumotlar bazasi yotadi. MB deganda, ma‟lumotlarni shunday o„zaro bog„langan to„plami tushuniladiki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali jamlanishi, o„zgartirilishi va takomillashtirilishi mumkin. Axborot xuddi an‟anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo„lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi deyishga jiddiy
asos bor.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo„ladi. Ayni paytda axborot - bu boshqa barcha resurslardan oqilona
va samarali foydalanish hamda ularni asrab avaylashga ko„maklashuvchi yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning asosiy qismi bo„libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatidagi tovar hamdir.
Shu boisdan kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o„ynamoqda. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma‟lumotlar bazasini yaratish, so„ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so„ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‟lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo„lmaydi.
Ma‟lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma‟lumotlardan turli ko„rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma‟lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o„rinli bo„lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma‟lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining vazifasi real muhit ob‟yektlari haqidagi ma‟lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‟noda ma‟lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob‟yektlari haqidagi ma‟lumotlar to„plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o„rganilayotgan real muhitning ma‟lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o„quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olish zarur.
Birinchidan, ma‟lumotlar turi, ko„rinishi, ularni qo„llaydigan dasturlarga bog„liq bo„lmasligi lozim, ya‟ni MBga yangi ma‟lumotlarni kiritganda yoki ma‟lumotlar turini o„zgartirganda, dasturlarni o„zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma‟lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma‟lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so„zini ma‟lumot so„zidan farqlaymiz, ya‟ni axborot so„zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma‟lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma‟lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo„lishi mumkin. Ma‟lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma‟lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta‟minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya‟ni ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Download 466.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 466.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Glossariy 127 Adabiyotlar ro‘yxati

Download 466.52 Kb.