• Gidrofob portlandsement
  • Sulfatga chidamli portlandsement
  • Oq va rangli portlandsementlar
  • Plastiklashtirilgan portlansement




    Download 170,32 Kb.
    bet6/13
    Sana17.11.2023
    Hajmi170,32 Kb.
    #100654
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddala

    Plastiklashtirilgan portlansement portlandsement klinkerini gips va sement masasiga ko‘ra 0,15..D20% miqdorida plastik qo‘shimchalar bilan birgalikda to‘yib olinadi. Bu sementning 400 va 500 markalari mavjud. Plastiklashtirilgan, portlandsement oddiy portlandsementga nisbatan qorishma va beton aralashmalariga yukori plastik, sovuqqa chidamlilik va suv o‘tkazuvchanlik xossalarini beradi.
    Plastiklashtirilgan portlandsement ishlatilganda beton aralashmalarining ko‘zg‘aluvchanligi ortadi va ularning suv talabchanligi pasayadi, buning natijasida sement sarfini o‘rta hisobida 5...8% kamaytirish mumkin. Plastiklashtirilgan portlandsement yo‘l, aerodrom va gidrotexnika inshootlari qurilishda betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
    Gidrofob portlandsement-portlandsement klinkerini to‘yishda sement massasiga 0,1...0,3 miqdorida gidrofoblovchi qo‘shimcha kiritib hosil qilinadi. Gidrofoblovchi (suv yuqtirmaydigan) qo‘shimcha sifatida sirt-aktiv organik moddalar: milonaft, asidol, sintetik yog‘ kislotalari va boshqalar ishlatiladi. Bu moddalar sement donalarida namning donga sizib kirishiga to‘sqinlik qiladigan juda yupqa, suv yuqmaydigan parda hosil qiladi, shu sababli gidrofob portlandsement hatto uzoq muddat saqlanganda ham sochiluvchanligini saklab qoladi va aktivliligini yo‘qotmaydi.
    Gidrofob portlandsement betonli aralashmalarshi qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida betonlarning turgunligi, suv o‘tkazmovchanligishg va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Bu sement gidrotexnika, aerodrom va yo‘l qurilishda, shuningdek, uzoq masofaga tashiladigan beton va qorishmalarni tayyorlashda ishlatiladi.
    Sulfatga chidamli portlandsement quyidagi mineral tarkibli klinekerni mayda to‘yib tayyorlanadi: S3S -ko‘pi bilan 50% S3A- ko‘pi bilan 5%, S3A+S4AG‘- kupi bilan 22% va MgO-5% sementga inert va aktiv mineral qo‘shimchalar kiritishga ruxsat etilmaydi. Semenning mineralogik tarkibi shunday bo‘lganda sement toshida (betonda) sulfatli suvlar ta’sirida kalsiy gidrosulfoalyuminati-sement batsillasi hosil bo‘lish ehtimoli kamayadi, Sulfatga chidamliligi portlandsement sulfatga, sovuqqa va suvga yuqori darajada chidamliligi, tutib qolish va qotish jarayonida issiqlik kam ajralib chiqishi, shuningdek, boshlang‘ich muddatlarda tezligining sekinligi bilan ajralib turadi. U 400 markada chiqariladi. Sul’fatga chidamli portlandsement, chuchuq yoki ozgina mineral suvda ko‘p marta muzlash va erish sharoitlarida ishlaydigan katta gidrotexnika inshootlarida tashqi zonalaryning beton va temir-beton aptemir beton konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi.
    Oq va rangli portlandsementlar bo‘yovchi oksidlarning (temir, marganets, xrom) miqdori kam bo‘lgan xom ashyolardan, sof ohaktosh, marmar va oq kaolinli gillardan tayyordanadi.
    Oq portlandsement 400 va 500 markalarda chiqariladi xamda oqlik darajasiga ko‘ra uchta: BS-1, BS-2, BS-3 navlarga bulinadi.
    Rangli portlandsementlar oq portlandsement klinkerini yoruglikka va ishqorga chidamli pigmentlar (so‘riq, oxra, ultramarin va boshqalar) bilan birgalikda to‘yib olinadi.
    Oq va rangli portlandsementlardan arxitektura bezagi ishlarida, devor panellarining fakturali qatlamini hosil qilish uchun, shuningdek sun’iy marmar va qoplama plitkalarni tayyorlash uchun foydalaniladi.

    Download 170,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 170,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plastiklashtirilgan portlansement

    Download 170,32 Kb.