|
Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 2/69 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #251021 |
Bog'liq Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1) 18 asr o’rtalariga kelib kimyo, fizika fanlarining ko’pgina sohalarida anchagina ma’lumot, qonun va qonuniyatlar ochildi. Bularga Angliyadagi D. Dalton (1801-1803), Franstiyadagi L. Gey-Lyussak (1802 y) va A. Italiyalik olim A. Avogadro (1811y) larning gaz holatdagi moddalar haqidagi muhim qonunlarini kashf qilinganligi, Galvani va Voltalarning (Italiyada) 1799 y da galvanik element tuzganligi; Angliyalik Devi moddalarning elektrokimyoviy ta’sirlanish nazariyasini, uning shogirdi M. Faradey (1833-1834) elektrolizning miqdoriy qonunlarini ochganligi, yuqoridagi va ulardan oldin aniqlangan adsorbstiya Shvestiyada (1773)y Shile, Franstiyada (1777y). Fontana, Rossiyada (1785)y. T.E.Lovist qonunlari, kattaligi reakstiyalar (Devi, Tenar, Berstelius) va boshqa, boshqa olimlar kashfiyotlarida kimyoviy reakstiyalar borish jarayonida ko’pgina fizik hodisalar ( issiqlik o’tishi, yutilishi yoki chiqishi, yoruqlik chiqishi yoki yutilishi, elektr hodisalari, hajm o’zgarishlari va x.k.) bilan yonma-yon, birgalikda borishi aniqlangan. Misollar; N2 1G’2O2q N2O Q N 2 Q I 2 hv 2NI
Demak, kimyoviy reakstiyalar borishida fizik va kimyoviy jarayonlar chambarchas bog’langan bo’lib, bu esa ularni o’rganishda yangi fanning fizik kimyo fanining yuzaga kelishini taqazo etgan.
Bu fanni hozirgi ko’rinishdagi nomini birinchi bo’lib (1752yilda) M.V. Lomonosov aytgan bo’lib, uning ta’rifi bo’yicha “fizik kimyo-murakkab jismlarda boruvchi kimyoviy jarayonlarni fizikaning tushuncha, tajriba va qonunlari asosida tushuntiruvchi (o’rganuvchi) fandir”.
Fizik kimyo fanida kimyoviy jarayonlarni borish qonuniyatlariga, kimyoviy muvozanat holatlariga, moddalar tuzilishi va xossalariga katta e’tibor qilinadi. Bular esa fizik kimyoning asosiy masalasini kimyoviy jarayonlarni borish yo’llari va oxirgi natijalarini oldindan aytib berish va pirovardida kimyoviy jarayonni boshqarishga imkon yaratish masalasini echishga yordam beradi.
Shu shart-sharoitlarda ma’lum jarayon boradimi-yo’qmi? Bu jarayon bir tomonlamami, yoki ikki tomonga (qaytar) boradimi? qaytar bo’lsa, unumi qanday? Unumi kam bo’lsa, uni qanday oshirish mumkin? Mazkur fan shu savollarga javob beradi. Bu fanning yana bir yutug’i – shu savollarga tajriba o’tkazmasdan nazariy javob topish mumkin.
Bundan tashqari, jarayonlar mobaynida moddalar agregat xolatini o’zgartiradi. Bunga misol qilib cho’kma tushishi, qavatlanish xodisasi yoki moddalarni yuzalarga yutilishi va boshqa shuncha o’xshash xodisalarni keltirish mumkin. Fizik kimyo fani moddalarni fazalar (soxalar) bo’yicha taqsimlanishini xam o’rganadi.
Har qanday kimyoviy reakstiya ma’lum vaqt mobaynida boradi. Fizik kimyo fani bilimlaridan foydalanib kerakli reakstiya tezligini oshirish, va aksincha, nozarur reakstiya tezligini sekinlatish yo’llarini aniqlash mumkin.
Fizik kimyo fani kimyoviy reakstiyalar mexanizmini (borish yo’llarini) aniqlashga imkon beradi, chunki ko’p reakstiyalar bir necha bosqichda borib, pirovardida mahsulotlar xosil bo’ladi. Bu fan yordamida shu bosqichlarni aniqlash mumkin bo’ladi.
Agar kimyoviy texnologiya sohasiga nazar soladigan bo’lsak, ammiak sintezi va uni oksidlash, sulfat kislotani kontakt usulida olish, tabiiy gazdan etanol olish, neft krekkingi, domna pechlarida cho’yan olish, alyuminiy ishlab chiqarish va yana ko’pchilik eng muhim ishlab chiqarish jarayonlari shu jarayonlar asosida etuvchi reakstiyalarni fizik kimyoviy tadqiqoti samaralari asosida vujudga keltirilgan.
Umuman olganda, fizik kimyo o’z harakteri bilan nazariy fan bo’lib, kimyoviy jarayonlarning umumiylashgan qonunlarini, ular orasida ichki boqlanishlar, ularning mohiyatini ochib beruvchi fandir. Agar noorganik kimyo qonunlari- noorganik moddalarga, organik kimyo qonunlari organik moddalarga tegishli bo’lsa, fizik kimyo qonunlari hammasi uchun birdek tegishlidir.
Hozirgi kunda fizik kimyo fani fizika fanining ko’pgina usullarida foydalansa ham o’zining tajriba tadqiqot usullariga ega bo’lgan va ko’pgina amaliy kimyo-texnologiya fanlarining nazariy asosi bo’lib xizmat qiluvchi fandir.
Misol tariqasida kimyo yoki oziq-ovqat texnologiyasi sohalarida, aynan shu erda boruvchi (noorganik moddalar, chinni, plastik, sut mahsulotlari olinishi va x.k.) jarayonlarni fizik kimyoviy o’rganish bularni amaliy texnologiyasining nazariy asosini tashqil etishini ko’rsatish mumkin.
Fizik kimyo fani kvant kimyosi, termodinamika va kimyoviy kinetika usullaridan foydalanadi.
Kvant kimyosi usuli. Asosan, moddalar tuzilishini o’rganishda qo’llaniladi.
Termodinamika usuli. Bu usul umumiy termodinamikaning 3 qonunini kimyoviy jarayonlarga qo’llashga asoslangan. Bu usul yordamida kimyoviy jarayonlar ko’pgina tomonlarini ( issiqlik chiqishi, yutilishi miqdorini aniqlash, jarayonni borish-bormasligini oldindan aytib berish, muvozanat shartlarini aniqlash kabi) oydinlashtirish mumkin. Bu usulda sistemaning (moddaning) tuzilishini bilish shart emas; shunga kura, bu usul vositasida jarayoning mohiyati ochilmaydi, bu esa bu usulning kamchiligidir.
Kimyoviy kinetika usullari yordamida jarayonlarning mohiyati oydinlashtirildi. Bu usullarning eksperimental va nazariy turlari oxirgi vaqtlarda juda kengayib bormoqda.
Fizik kimyoning asosiy bo’limlari;
1) Modda tuzilishi. Bu bo’limda modda (molekula) tuzilishi kvant-mexanika nazariyasi asosida tushuntiriladi. Molekulalarining hosil bo’lishidagi boqlar, ularning mohiyati, bir-biridan farqlari haqida so’z yuritiladi. Molekulalarni tadqiq qilish usullari yoritiladi.
(o’quv dasturi bo’yicha bu bo’lim kursda ko’rilmaydi.)
2) Kimyoviy termodinamika. Yuqorida aytilgandek, bu bo’limda umumiy termodinamikaning 3 posto’lati (qonuni) ni kimyoviy jaryonlarga tadbiqi o’rganiladi. Bu erda kimyoviy jarayonlarda yutiladigan-chiqadigan issiqlik miqdorini, uni temperaturaga qarab o’zgarishini aniqlash; jarayonlarini borish-bormasligini, yo’nalishini va muvozanat shartlarini aniqlash kabi masalalar ko’riladi.
3) Kimyoviy muvozanat. Bu bo’limda kimyoviy reakstiyalarning muvozanat holatlari, ularga ta’sir qiluvchi omillar ko’rib o’tiladi.
4) Eritmalar (noelektrolit eritmalar) bo’limida suyuq eritmalar xossalari, eruvchanlik muammolari haqida so’z yuritamiz.
5) Fazolararo muvozanat. Bu bo’limda ko’p fazali sistemalardagi muvozanatga ta’sir qiluvchi omillar va bunday sistemalarni o’rganishdagi fizik kimyo usullari yoritiladi.
6) Elektrokimyo. Bu bo’limni o’zi 2 qismdan iborat deb qarash mumkin. Birinchi qismda elektrolit eritmalar, ularning xossalari, ionlar aro muvozanatlar va bu eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi va unga ta’sir qiluvchi omillar o’rganilsa; ikkinchi qismda elektro kimyoviy jarayonlar-elektrod potenstiallar turlari, vujudga kelishi, galvanik elementlar, ularning turlari haqida gap yuritamiz. Elektroliz va uning borish qonunlari ham shu bo’limda aytiladi.
7) Kimyoviy kinetika va kataliz bo’limida turli kimyoviy reakstiyalar tezliklari, bularga tasir qiluvchi omillar, kimyoviy reakstiya borish mexanizmlari haqida; katalitik jarayonlar, ularning turlari ta’sir qiluvchi omillar, borish mexanizmlari (nazariyalar) haqida so’z yuritiladi.
Yuqoridagi bo’lish nisbiy harakterga ega bo’lib, bazi bir adabiyotlarda bularni yoki ko’proq yoki kamroq bo’limlarga bo’lingan bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi aytilganlarga yakun qilib shuni aytish mumkinki hozirgi kunda fizik kimyo fani o’zining keng eksperimental va nazariy usulariga ega bo’lgan va kimyo fani va amaliyoti oldida turgan ko’pgina muammolarni hal qilishda asosiy rol o’ynaydigan fandir.
Fizik kimyo faning oxirgi 30 yil ichidagi yutuqlarini quyidagi Nobel mukofati laureatlari ro’yxatidan ham ko’rish mumkin. Kisqa impulsli energiya yordamida muvozanatni siljitish orqali o’ta tezkor kimyoviy reakstiyalarni tadqiq qilish (M.Eygen va R.Norrin 1967), qaytmas jarayonlar tatqiqotlari (L. Onsager 1968 yil). Mikromolekulalar fizik kimyosi sohasida eksperimental va nazariy izlanishlar (P.Florn 1970 y). Borrovodorolar strukturalarini o’rganish (U.Lipiskob 1976 y), qaytmas jarayonlar termodinamikasiga xossasi uchun (I.Prikojin1977), biologik energiyaning kuchishining molekulyar asoslarini tadqiqoti uchun (P.Mitchell 1978 y), kimyoviy reakstiyalar mexanizmlari nazariyalarini rivojlantirgani uchun (K.Fukin, Ryu Xofmon 1981 y), Elektron tashish bilan boradigan reakstiyalar mexanizmlari haqidagi ishlari uchun (G.Taube 1983), mukofotlanganligi fizik kimyoning ahamiyatini yanada namoyon qiladi.
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlaydigan texnika fanlari bakalavrlari ham kimyo fanlari ichida alohida va umumlashtiruvchi o’rin egalagan fizik kimyo fanini mukammal o’zlashtirish va bu bilimlarini ishlab chiqarishda qo’llay olishlari zarur.
Tayanch so’z va iboralar izoxi.
Fizik kimyo fani --- kimyoviy jarayonlarni umumlashgan qonunlarini, ular orasidagi ichki bog’lanishlar, ularning mohiyatini ochib beruvchi fandir.
Kvant kimyosi usuli – moddalar tuzilishini o’rganishda kvantlar nazariyasini tadbiq etishga asoslangan ham nazariy, ham eksperimental usullar majmuidir.
Termodinamik usul – kimyoviy jarayonlarga umumiy termodinamikaning 3 qonunini tadbiq qilishga asoslangan bo’lib, buni asosida kimyoviy jarayonlarni ko’pgina masalalarini (jumladan, chiqayotgan yoki yutilayotgan issiqlik miqdorini aniqlashda, jarayonini borish – bormaslik va muvozanat shartlarini aniqlashda va x.k.) hal qilish mumkin.
Kimyoviy kinetika – kimyoviy reakstiyalar tezligi, ularga ta’sir qiluvchi omillar, reakstiyalar borish mexanizmlari (bosqichlari) ni o’rganadigan fizik kimyo fanini bo’limidir.
|
| |