Masalalarni yechishda yuzaga keladi




Download 29,83 Kb.
bet1/2
Sana15.05.2024
Hajmi29,83 Kb.
#235351
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlash fani


SWD010-guruh talabasining
“Dinamik va statik masivlar” mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi:Akbarova Marg’uba
Toshkent-2023
Reja:

  1. Massivlar haqida tushuncha.

  2. Massivlarni e’lon qilish.

  3. Statik massivlar.

  4. Dinamik massivlar.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Massiv.Xotirada ketma-ket (regular) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi. Massivlar haqida tushuncha


Massivlarni e’lon qilish
Odatda massivlarga zarurat, katta hajmdagi, lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni yechishda yuzaga keladi. Faraz qilaylik, talabalar guruhining reyting ballari bilan ishlash masalasi qo‘yilgan. Unda guruhning o‘rtacha reytingini aniqlash, reytinglarni kamayishi bo‘yicha tartiblash, konkret talabaning reytingi haqida ma’lumot berish va boshqa masala ostilarini yechish zarur bo‘lsin. Qayd etilgan masalalarni yechish uchun berilganlarning (reytinglarning) tartiblangan ketma-ketligi zarur bo‘ladi. Bu yerda tartiblanganlik ma’nosi shundaki, ketma-ketlikning har bir qiymati o‘z o‘rniga ega bo‘ladi (birinchi talabaning reytingi massivda birinchi o‘rinda, ikkinchi talabaniki – ikkinchi o‘rinda va hakoza). Berilganlar ketma-ketligini ikki xil usulda hosil qilish mumkin. Birinchi yo‘l – har bir reyting uchun alohida o‘zgaruvchi aniqlash: Reyting1, Reyting2,… ReytingN. Lekin ,guruhdagi talabalar soni yetarlicha katta bo‘lganda, bu o’zgaruvchilar qatnashgan programmani tuzish katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi yo‘l – berilganlar ketma-ketligini yagona nom bilan aniqlab, uning qiymatlariga murojaatni, shu qiymatlarning ketma-ketlikda joylashgan o‘rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir. Reytinglar ketma-ketligini Reyting deb nomlab, undagi qiymatlariga Reyting 1 , Reyting 2 ,… Reyting N ko‘rinishida murojaat qilish mumkin.
Odatda berilganlarning bunday ko‘rinishiga massivlar deyiladi. Massivlarni matematikadagi sonlar vektoriga o’xshatish mumkin, chunki vektor ham o‘zining individual nomiga ega va u fiksirlangan miqdordagi bir turdagi qiymatlardan – sonlardan iboratdir.
Demak, massiv – bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo‘lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. Yuqoridagi keltirilgan misolda Reyting – haqiqiy turdagi vektor deb nomlanadi.
Programmada ishlatiladigan har bir konkret massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nomni to‘liq o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati to‘liq bir massivning o‘zi bo‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi. Murojaat sintaksisi:
[]
Bu ko‘rinishga xususiy o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning alohida elementidir, Bizning misolda Reyting massivining alohida komponentalariga Reyting[1], Reyting[2],..., Reyting[N] xususiy o‘zgaruvchilar
orqali murojaat qilish mumkin. Boshqacha bu o‘zgaruvchilarni indeksli o‘zgaruvchilar deyiladi.
Umuman olganda indeks sifatida ifoda ishlatilishi mumkin. Ifoda qiymati massiv elementi nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida o‘zgaruvchi ham olinishi mumkinki, o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks ham o‘zgaradi. Shunday qilib, programmadagi bitta indeksli o‘zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash) mumkin. Masalan, Reyting[1] o‘zgaruvchisi orqali I o‘zgaruvchining qiymatiga bog‘liq ravishda Reyting massivining turli (barcha) elementlariga murojaat qilish imkoni mavjud. Shuni qayd qilish kerakki, massiv indeksi sifatida butun son qo‘llaniladi.
Haqiqiy turdagi (float,double) qiymatlar to‘plami cheksiz bo‘lganligi sababli ular indeksi sifatida ishlatilmaydi.

C++ tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi, uning eng katta qiymati massiv e’lonidagi uzunlikdan bittaga kam bo‘ladi.


Massiv e’loni quyidagicha bo‘ladi:
[]={boshlang‘ich qiymatlar} Bu yerda - o‘zgarmas ifoda. Misollar:
int m[6]={1,4,-5,2,10,3] ;
float a[4] ;
Massiv statik va dinamik bo‘lishi mumkin, Statik massivning uzunligi oldindan ma’lum bo‘lib, u xotirada ma’lum adresdan boshlab ketma-ket joylashadi. Dinamik massivni uzunligi programma bajarilish jarayonida aniqlanib, u dinamik xotiradagi ayni paytda bo‘sh bo‘lgan adreslarga joylashadi. Masalan,
int m[6] ;
ko‘rinishida e’lon qilingan bir o‘lchamli massiv elementlari xotirada quyidagicha joylashadi:
Adress Qiymatlar

m


m[0]

m [1]

m [2]

m [3]

m [4]

m [5]

Bir o‘lchamli massivning xotiradagi joylashuvi
Massivning i- elementiga m[i] yoki *(m+i) – vositali murojaat qilish mumkin. Massiv uzunligini sizeof(m) amali orqali aniqladi.
Massivlarni e’lon qilish. Massiv e’lonida uning elementlariga boshlang‘ich qiymatlar olish (initsializatsiyalash) mumkin va uning bir nechta variantlari mavjud.
1)O’lchami ko‘rsatilgan massiv elementlarini to‘liq initsializatsiyalash: int t[5]={-10,5,15,4,3};
Bunda 5 ta elementdan iborat bo‘lgan t nomli bir o‘lchamli massiv e’lon qilingan va uning barcha elementlariga boshlang‘ich qiymatlar berilgan. Bu e’lon quyidagi e’lon bilan ekvivalent:
int t[5];
t[0]=-10; t[1]=5; t[2]=15; t[3]=4; t[4]=3;
1) O‘lchami ko‘rsatilgan massiv elementlarini to‘liqmas initsializatsiyalash: int t[5]={-10,5,15};

Bu yerda faqat massiv boshidaga uchta elementga boshlang‘ich qiymatlar berilgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, massivning boshidagi yoki o‘rtadagi ementlariga qiymatlar bermasdan, uning oxiridagi elementlarga boshlang‘ich qiymat berish


mumkin emas. Agarda massiv elementlariga boshlang‘ich qiymat berilmasa, unda kelishuv bo‘yicha static va extern modifikatori bilan e’lon qilingan massiv uchun elementlarining qiymati 0 soniga teng deb, automatic massivlar elementlarining boshlang‘ich qiymatlari noma’lum hisoblanadi.
3)O‘lchami ko‘rsatilmagan massiv elementlarini to‘liq initsializatsiyalash: int t[]={-10,5,15,4,3};
Bu misolda massivni barcha elementlariga qiymatlar berilgan hisoblanadi, massiv uzunligi kompilyator tomonidan boshlang‘ich qiymatlar soniga qarab aniqlanadi. Agarda massivni uzunligi berilmasa, boshlang’ich qiymati berilishi shart.

STATIK MASSIVLAR.


Massiv bir tipga tegishli bo’lgan o’zgaruvchilarning tartiblangan (nomer-langan) to’plamiga tushiniladi.
Massiv so’zining manosi - o’lcham, o’lchov demakdir.
Massiv deb- bitta nom bilan nomlanuvchi, bitta turli mansub va bir-birlaridan faqat nomerlari bilan farq qiluvchi chekli sondagi ob’ektlar to’plamiga aytiladi.
Massivdagi o’zgaruvchi element deyiladi va uning massivdagi o’rni indeks orqali beriladi.
Dasturlash tillarida ro’yxat yoki jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb aytishadi.
Massivning barcha elementlari xotiraning qo’shni katakchalarida joylashadi.
Masalan.: long int (xotiradan 4 bayt joy band qiladi) tipidagi 3 ta elementdan iborat massiv elon qilingan bo’lsa, u holda massiv birinchi elementining manzili (32 bitli OTda)
0x0041A040
0x0041A044
0x0041A048

ko’rinishlarda bo’ladi.


Band bo’lgan xotira baytlarda o’lchanadi va
=sizeof*
Massiv uzunligi , yani elementlari sonini aniqlash uchun sizeof(massiv nomi) funksiyasidan foydalaniladi.
Masalan.:
{
int n=21, m=17; n=n-m;
int s[n+22], j,I; j=sizeof(s);
char satr[n+22]; i=sizeof(satr);
cout<<cout<<system(“pause”);
Massiv quyidagicha e’lon qilinadi:
Masalan:
int mat[3];
Bu quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
int mat[3]={3,4,5};
Bu yerda int mat nomli massivning turi butun, 3 massiv elementlar soni va u 0 dan 2 gacha nomerlangan.
[]={boshlang’ich qiymatlar};

C++ dasturlash tilida massiv elementlari noldan boshlanib nomerlanadi. Masalan.: massiv o’lchami n bo’lsa uning elementlari 0 dan n-1 gacha nomerlanadi,


int mat[20];
Demak, yuqorida e’lon qilingan massivning birinchi elementi mat[0] va oxirgi elementi mat[19] bo’ladi.
C++ dasturlash tilida tasodifiy tanlash buyrug’i mavjud.
Masalan. Tasodifiy tanlangan 5 ta son hosil qilish dasturini tuzing.
{ int a[10], i; srand(time(NULL));
for(i=0;i<=4;i++) {a[i]=rand();
cout<<“a[“<system(“pause”);
return 0;
Bu yerda rand() funksiyasi 5 ta sonni tasodifiy tanladi.
Va shuningdek, massivni massivga qiymat sifatida berish bo’lmaydi.
Masalan, float x[10], y[10]; kabi x va y massivlar elon qilingan bo’lsa, x=y yoki y=x kabi buyruqlarga ruxsat etilmaydi.
Lekin, bir massiv
elementi qiymatini ikkinchi massiv elementi olishi mumkin.
Masalan.: a[0]=b[11]
Misol 1.
y=3x^2+2x-11 tenglamani, x€[-3;13] x=2
{
int x=-3, y[13];
for(i=-3;i<=13;i=i+2)
{y[i]=3*x^2+2*x-11;
cout<<“y[“<3x^2+2x-11


Massivlar bilan ishlash.
Massivni saralash.
Bu elementlarni o’sish yoki kamayish tartibida tartiblash.
saralash masalalarini chiqarishda, hamda qiymatlarni qidirishni tayyorlashda qo’llaniladi.
Saralangan massiv bo’yicha qiymatni qidirish, saralanmaganga nisbatan ancha tez amalga oshiriladi.
Massiv elementlarini saralashda for operatoridan foydalangan maqul.
Massiv elementlarini tartiblash uchun pufakchali usuldan foydalanilgan ma’qul.
Bu usulda eng kichik qiymat massivning boshlanishiga, eng katta qiymati esa massivning oxiriga o’tadi.
Massiv elementlarini saralashda pufakchali usuldan foydalanish. Masalan.
int mat[5] berilgan bo’lsin. Elementlarini o’sish tartibida saralansh dasturini tuzing?
const short size=5;
Int mat[size]={21,18,15,12,8};
iInt j=0, tmp=0, k=size-2;
bool svidch=false;
for(int i=0; i<=k;i++) {
svidch=false;
for(j=k;j>=I; j--) {
If(mat[j]>mat[j+1]) {
tmp=mat[j+1];
mat[j+1]=mat[j];
mat[j]=tmp;
svidch=true;}
}
……
Ikki o’lchamli massiv.
Nomlar fazosi.
Nomlar fazosi dastur ichida identifikatorlar to’qnashuvining (konfliktini) oldini olish uchun mo’ljallangan.
Masalan. Dasturda sum() funksiyasi e’lon qilingan. Boshqa ishlab chiqaruvchining kutubxonasidan foydalanish zarurati paydo bo’ldi. Bu bibliotekada ham sum() nomi bilan funksiya e’lon qilingan. Kutubxona ulanganda nomlar to’qnashuvi yuzaga keladi.
Nomlar fazosi va identifikatorlar o’rtasiga :: belgisi qo’yiladi.
Masalan.: std::cout<<“matematika”;
Dinamik massivlar
Ushbu bo‘limda quyidagilarga e`tibor berish kerak bo‘ladi: ya`ni ikki o‘lchovli massiv satrlari soni (m), ustunlari soni n, hamda elementlari soni larni e’tiborga olish lozim. Agar masalalarda satrlar va ustunlar soni aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularni 2 dan 10 gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgartirish tavsiya etiladi. Matritsaning boshlang‘ich qiymati 1- va 2-indekslari 1 bo‘lgan elementida joylashadi. Matritsaga kiritish va chiqarish satrlar bo‘yicha amalga oshiriladi. m o‘lchamli kvadrat matritsa 2 o‘lchovli massiv hisoblanadi. Matritsalarni tashkil eish va ularning elementlarini chiqarish. Matritsalarni tashkil etish masalalaridagi natijaviy matritsa o‘lchami 10X10 dan oshmaydi.

Download 29,83 Kb.
  1   2




Download 29,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masalalarni yechishda yuzaga keladi

Download 29,83 Kb.