• FSMU metodining umumiy sxemasi
  • 7.2. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
  • Mashgʻulot maqsadi




    Download 23,96 Kb.
    bet2/3
    Sana28.09.2024
    Hajmi23,96 Kb.
    #272838
    1   2   3
    Bog'liq
    1 mavzu MO`O amaliy 3-kurs

    F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo‘yicha talabalar o‘z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko‘rsatishlari, ularni tasdiqlovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o‘rgatish va mashq qildirish metodidir.
    Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o‘z fikrini o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahsmunozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o‘zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o‘rgatadi.
    FSMU metodining umumiy sxemasi:
    F – fikringizni bayon eting; S – fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating;
    M – ko‘rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring; U – fikringizni umumlashtiring. FSMU metodini amalda qo‘llash namunasi:
    O‘qituvchi quyidagiga o‘xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab, mashg‘ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida talabalarga tarqatadi.
    Vazifa. “Boshlang‘ich ta’lim matematika fanida boshqotirmalardan foydalanishning ahamiyati” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo‘yicha bayon eting.
    F-_________________________________________________
    S-_________________________________________________
    M-________________________________________________
    U-_________________________________________________ O‘qituvchi vazifani bajarish uchun vaqtni belgilab e’lon qiladi. Vazifalarni bajarish vaqtida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Talabalar o‘zlariga berilgan vazifani bajarib bo‘lgandan so‘ng, ularning umumiy muhokamasini tashkil qiladi. Vazifani eng yaxshi bajarganlar rag’batlantiriladi.
    7.2. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
    Talabalar kichik guruhlarga boʻlinadi va berilgan topshiriqlarni bajarishadi. Topshiriqni bajarish uchun ularga 10 daqiqa beriladi, har bir guruh topshiriqlar boʻyicha taqdimot qilishadi.

    Download 23,96 Kb.
    1   2   3




    Download 23,96 Kb.