oraliq
,
operatsiyalar orasidagi
va
umumiy
bo'lishi mumkin. Qoidaga ko'ra,
ikkinchisi interoperatsion bo'lganlarni qo'shish orqali hisoblanadi. Nafaqani ma'lum
bir o'lcham uchun ham, bir tomon uchun ham hisoblash mumkin.
Har uchchala o‘tqazishlar guruhiga (
oraliq
,
o‘tish
va
taranglik bilan
o’tqazishlar)da har xil miqdordagi tirqishlar va tarangliklarni ikkala birikuvchi
detallarning joizlik maydonlari holatini o‘zgartirish hisobiga olish mumkin.
Texnologik va foydalanish jihatdan turli o‘tqazishlarni faqat val yoki teshikning
joizlik maydoni holatini o‘zgartirish hisobiga hosil qilish qulaydir.
O‘tqazish turining hosil bo‘lishida o‘zining joizlik maydoni holatining rol
o‘ynamaydigan detal tizimining asosiy detali hisoblanadi. Asosiy detal o‘rnida
val ham teshik ham bo‘lishi mumkin. Joizlik va o‘tqazishlar tizimida asosiy
detallar bo‘lib, val yoki teshiklar xizmat qilishi mumkin va ularning joizlik
maydonida asosiy og‘ishi nolga teng bo‘ladi.
Teshiklar tizimi-
bu shunday o‘tqazishlar majmuiki, bunda bir aniqlik
kvaliteti va bir nominal o‘lchamda teshikdagi chegaraviy og‘ishlar o‘zgarmas (bir
xil) bo‘lib, turli o‘tqazishlarni hosil qilish valdagi chekka og‘ishlar o‘zgartirilishi
hisobiga bo‘ladi.
Val tizimi-
bu shunday o‘tqazishlar majmuiki, bunda o‘tqazishlar
(nominal o‘lchamlar ham, aniq klassi ham bir xil bo‘lganda), vallardagi
chekka og‘ishlar o‘zgarmas (bir xil) bo‘ladi, turli o‘tqazishlarni hosil
qilish uchun esa teshiklarning chekka og‘ishlari o‘zgartiriladi. Yig‘ish
chizmalarida detal o‘lchamlarining chekka og‘ishlari yoki shartli
belgilari kasr shaklida ko‘rsatiladi. Kasrning suratida hamma vaqt
teshiklarga tegishli chekka og‘ishlarning shartli belgilari yoki ularning
son qiymatlari ko‘rsatiladi. Maxrajda esa vallarga tegishli chekka
og‘ishlarning shartli belgisi yoki sonli qiymati qo‘yiladi.
Asosiy val
yuqorigi og‘ishi nolga teng bo‘lgan valdir. Asosiy valda
joizlik maydoni nol chizig‘idan pastda bo‘lib, nominal o‘lchamni
kamaytirish tomoniga yo‘nalgan.
|