-MARUZA Gazlar va bug`larning ionlanishi




Download 26,37 Mb.
bet13/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

12-MARUZA
Gazlar va bug`larning ionlanishi
Reja:
1. Gaz atomi yoki molekulasining ionlanishi.
2. Ionlashtirish ishi.
3. Ionlashtirish turlari.
Gaz atomi yoki molekulasining ionlanishi deb tashqi elektronning atomdan yoki molekuladan uzilish va uning hosil bo‘lgan ionning kuch maydoni chegarasidan tashqariga chiqadigan masofaga uzoqlashishi jarayoniga aytiladi. Bu jarayonni kimyoviy belgilar yordamida atom yoki molekulaning ion (musbat zaryadli) va elektronga dissotsiyalanishi jarayoni sifatida tasvirlash mumkin:
А=А+
Bir necha elektronga ega atomlar yoki molekulalar bosqichli ionizatsiyani bo‘lishdan kechirishi mumkin bo‘lib, u elektronlarning atomdan yoki molekuladan ion zaryadining uzilib chiqqan elektronlar soniga karrali ortishi bilan ketma-ket uzilib chiqishi jarayonini ifodalaydi:
1 bosqich А=А+
2 bosqich А+++
3 bosqich А+++++
n bosqich А(n-1)(n)+
Ionlashtirish ishi
Elektronni atomdan yoki molekuladan ajratish uchun ma'lum miqdordagi energiyani sarflash zarur, bu energiya elektronni uzish va uni ionning kuch maydoni ta’siri soxasidan chiqarishga sarflanadi.
Energiyaning bunday sarfi ionizatsiya ishi deb ataladi. Atomdagi elektronning bog’lanish mustahkamligiga bog’liq holda u yoki bu miqdordagi energiyani sarflash kerak, shuning uchun turli xil moddalar uchun ionlashtirish (ionizatsiya) ishi turli xil bo‘ladi.
Atom fizikasida ionizatsiya ishini elektron-volt bilan o‘lchash qulaydir.
Bir elektron-volt bitta elektronning bir voltga teng potentsiallar ayirmasidan o‘tishidagi kinetik energiyaning ortishini ifodalaydi.
1e.v = 1,602*10-12erg; j ga aylantirganda:
1e.v = 96,81 kj/mol.
Ionlashtirish energiyasini e.v bilan emas balki potentsiallar ayirmasi bilan mazkur modda atomi yoki molekulasini ionlashtirish uchun zarur energiyani to‘plash uchun elektronning o‘tishi kerak bo‘lgan potentsiallar ayirmasi bilan o‘lchash mumkin. Bu kattalikni ionlashtirish potentsiali deb ataladi. U son jixatidan e.v da ifodalangan ionlashtirish ishiga teng. Misol tariqasida temir uchun ionlashtirish (ui) va entalpiya Hi potentsiallarini keltiramiz.
14.1-jadval

Ionlashtirish bos?ichi

I

II

Ui(v)

∆Hi  



7,83

758,1


24,3

1596


Jadvaldan ko‘rinadiki xar bir keyingi elektronning uzilishi yanada katta miqdordagi energiyalarning sarflanishini talab etadi. Shuning uchun yoy razryadida odatda birinchi darajadagi ionlashtirish kuzatiladi.

Download 26,37 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Download 26,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MARUZA Gazlar va bug`larning ionlanishi

Download 26,37 Mb.