-MARUZA Elektrodinamik kuch




Download 26,37 Mb.
bet28/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

22-MARUZA
Elektrodinamik kuch
Reja:

  1. Suyuq o‘tkazgichdagi elektrodinamik kuchlar;

  2. Reaktiv kuchlari.

  3. Elektrostatik kuchlar.

Elektrodinamik kuch (Pinch-effekt kuchlari). O‘tkazgich orqali elektr toki o‘tganda bu o‘tkazgichni siquvchi elektrodinamik kuchlar vujudga keladi. Bu kuchlar o‘tkazgichni deformatsiyalash uchun kichik bo‘lib, lekin suyuq o‘tkazgichni deformatsiyalashga etarlidir. Faraz qilaylik, qattiq o‘tkazgichda suyuq metall qismi mavjud bo‘lsin. Bu o‘tkazgichdan tok o‘tganda uning butun uzunligi bo‘yicha o‘tkazgichni siquvchi elektrodinamik kuchlar vujudga keladi. O‘tkazgichning suyuq qismida bu kuchlar gidrostatik bosimning oshishini vujudga keltiradi, shu bilan birga o‘z navbatida o‘tkazgichning qattiq qismlarini bir biridan itaruvchi o‘qiy kuchlarini vujudga keltiradi.

24.1-rasm. Payvandlashda elektrodinamik kuchlarni xosil bo‘lish sxemasi.
O‘tkazgichning bir qattiq uchastkasi (qismi) olib tashlanganda bu kuch suyuq qismni qattiq qismdan ajratadi. O‘qiy elektrodinamik kuchining tok kuchiga bog’liqligini akad. K.K. Xrenov nazariy jixatdan xisoblab chiqdi.

А - proportsionallik koeffitsienti bo‘lib, u0,005 din/sm2.Agar o‘tkazgich turli xil kesimlarga ega bo‘lgan xolda, o‘tkazgichning kichik kesimidan katta kesimiga tomon yo‘nalgan qo‘shimcha o‘q kuchi vujudga keladi, K.K. Xrenovning xisoblariga ko‘ra bu kuch:
 
Bunda   - o‘tkazgichlarning katta va kichik kesimi. Shunday qilib natijalovchi elektrodinamik kuch quyidagicha teng bo‘ladi:
 
A - proportsionallik koeffitsienti bo‘lib, u 0,005 din/sm2.
Payvandlashda elektrod metallini ko‘chirish xolida biz suyuq o‘tkazgichning o‘zgaruvchan kesimiga doim ega bo‘lamiz. Tok kuchi kichik bo‘lganda elektrodinamik kuchning kattaligi uncha katta bo‘lmaydi va uning metallni ko‘chirishga ta’siri uncha katta emas.
Tok kuchi katta bo‘lganda elektrodinamik kuchning ta’siri xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘ladi. mm

Download 26,37 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Download 26,37 Mb.