Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet27/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Sirt taranglik kuchlari. Suyuqlik tomchilariga (boshqa kuchlar bo‘lmaganda) sferik shakl beradi, tomchilarni shipda tutib turadi va metall tomchilarini suyuq payvand vannasiga so‘rib oladi. Bunda sirt taranglik suyuqlik ichida ortiqcha bosim xosil qiladi:

σ - sirt jaranglik koeffitsienti bo‘lib u   ga teng, bunda ∆F -chegarada ta'sir etuvchi kuchlar; ∆l - uzunlik;
24.1-jadval

Metаll

Mg

Zn

Al

Cu

Fe

Ti

Mo

W



650

770

900

1150

1220

1510

2250

2680

σ - temperatura oshishi bilan uncha katta o‘zgarmaydi va shuning uchun doimiy kattalik deb xisoblash mumkin.


Metallning chok metallida eruvchi gazlar bilan birikishi va u bilan kimyoviy birikma xosil qilishi sirt taranglik kuchi kattaligini o‘zgartiradi. Masalan, xromnikelli austenitli po‘latda azot miqdorining sirt taranglik kattaligiga ta’siri quyidagi qiymatlarga ega (Dyatlov V. I.):
24.2-jadval

Xromnikelli austenitli po‘latda N miqdori,%

Sirt taranglik

0,02

1100

0,08

1430

0,16

2100

0,23

2500

Kislorod sirt taranglikni pasaytiradi. Kislorod bilan to‘yingan Fe ning sirt tarangligi 1030 din/sm ga teng. Agar metall shlak bilan qoplansa, fazalararo sirt tarangligi asosan kamayadi. Shlak qoplangan po‘lat uchun bu kattalik 875 dan 900 din/sm gacha o‘zgaradi. qisqa-shlaklar uchun 300 dan 400 din/sm chegaralarda o‘zgaradi. Agar elektrod uchidagi tomchi shlak qatlami bilan qoplangan bo‘lsa u xolda shlak metall chegarasida va sirt tarangligi chegarasida fazolararo sirt taranglikning yig’indi ta’sirini xisobga olish zarur.
Bu xolda tomchidagi yig’indi sirt taranglik 1175 dan 1250 din/sm gacha bo‘ladi.



Download 26,37 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146




Download 26,37 Mb.