• Erish temperaturasi
  • -MARUZA Payvand shlaklarining fizik-kimyoviy xossalari




    Download 26,37 Mb.
    bet35/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    31-MARUZA
    Payvand shlaklarining fizik-kimyoviy xossalari
    Reja:
    1. Payvand shlaklaria qo`yiladigan talablar.
    2. Shlaklarning erish temperaturasi.
    3. Shlaklarning oquvchanlik tezligini.
    4. Shlaklarning qovushqoqligini Morgulius metodi bilan aniqlash.
    5. Si -MnO ko‘p qo‘llaniladigan shlaklarni tanlash diagrammasi
    Payvandlash flyuslari yoki elektrod qoplamalarini eritishda xosil bo‘ladigan payvand shlaklari, shuningdek oksidlash tiklash reaktsiyalari natijasida CO2 da payvandlashda ularni odatdagi metallurgik shlaklardan (po‘lat eritish jarayonida) farq qiluvchi bir qator o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lishi kerak.
    Payvand shlaklariga qo‘yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular payvand choki metallning ma’lum tarkibdagi va xossaga ega bo‘lishni ta'minlashi kerak.
    Ikkinchi talab payvandlashning texnologik jarayonini ta’minlash yoy razryadining barqarorligi, chokning yaxshi shakllanishi va shlak qobig’ining oson ajralishi xisoblanadi.
    Fizik xossalari:
    1.Qoplamalarning solishtirma og’irligi;
    2. Qoplamaning erish temperaturasi;
    3. Shlakning qovushqoqligi.
    Shlakning solishtirma og’irligi komponentlarning solishtirma og’irligiga va uning miqdoriga bog’liq.
    А, V - komponentlar
    а, v - komponentlar miqdori
    γА; γV – solishtirma og’irlik
    Shlak qalqib chiqishi uchun shlakning solishtirma og’irligi payvandlanayotgan metallning solishtirma og’irligidan kamroq bo‘lishi maqsadga muvofiq. Aks xolda payvand chokida shlaklar-nuqsonlar bo‘lishi mumkin.
    Erish temperaturasi. Shlaklar shishasimon moddalardan iborat va doimiy erish temperaturasiga ega emas, erish esa asta-sekin ikki temperatura kiritirilishi bilan amalga oshiriladi: 1 - yumshatish temperaturasi; 2 - eritish temperaturasi;
    Ular orasidagi farq shlakning temperatura intervali deyiladi. Qisqa va uzun shlaklar farq qilinadi.
    Qisqa-kichik intervalga ega bo‘lgan shlaklar (suyuq holat intervali qisqa).
    Shlakning (kislotnost) kislotalikligi =  ;
    Shlakning asosiyligi - kislotalikligi teskari kattalik.

    30.1-rasm. Shlaklarning temperatura intervaliga bog’liqligi.
    Vertikal va shipdagi choklarni payvandlash uchun qisqa shlaklarga ega bo‘lish kerak. Yumshashtirish va eritish temperaturasi Zeger metodi yoki konusi bilan aniqlanadi.
    Bunday konus qoplamadan tayyorlanadi, olovga bardosh taglikga (podkladka) qo‘yiladi va pechga joylanadi. Keyin temperatura asta-sekin ko‘tariladi.
    Konus yumshay bohlaydi va uchi bukiladi va shu harorat yumshash harorati bo‘ladi. Yana isitishni davom ettiramiz va konus to‘liq eriganda, u holda bu temperatura erish temperaturasi bo‘ladi.
    Yumshash harorati va erish harorati aniqlamasa ham bo‘ladi, qovushqoqlikni aniqlash etarli, qovushqoqlikka teskari bo‘lgan kattalikni oquvchanlik deyiladi.

    30.2-rasm. Shlaklarning oquvchanlik tezligini epyurasi.
    P = η*F* ;  tezlik gradienti;
    F – kesim yuzi;
    ηqovushqoqlik koeffitsienti;
    P – kuch.
    Suyuqlikning bir qatlami xarakatlanishining boshqa qatlamiga nisbatan qarshiligi – qovushqoqlik. 1 puаz = 1  yoki qisqacha-santipuaz deyiladi. Po‘lat uchun shlakning temperaturasi 1100?1400 °C bo‘lishi, ya’ni kristallanish haroratidan kichik bo‘lishi kerak.
    Qovushqoqlik puazlarda o‘lchanadi-  
    Suv 20,5 °C da dists ……………………… η = 0,017 puаz
    Po‘lat Ter 1600 °C ………………………. η = 0,025 puаz
    Cho’yan Ter 1400 °C da .........………………… η = 0,012 puаz
    Glitserin normal harorat ……………………… η = 7÷8 puаz
    Oquvchan shlaklar ….…………………..η = 5÷10 puаz
    Quyuq shlaklar ……………………… η = 15÷20 puаz
    Oqmaydigan shlaklar ………………………η > 20 puаz
    Qovushoqlikni aniqlash. Shlaklar uchun qovushoqlik Morgulius metodi bilan aniqlanadi.

    30.3-rasm. Shlaklarning qovushqoqligini Morgulius metodi bilan aniqlash.
    Qovushoqlik qancha katta bo‘lsa, tor shuncha kuchliroq buraladi. Erigan shlakda yuqoridan silindrlik bog’langan ip seziladi. Silindirning suyuqlik bilan strelka bo‘yicha buralganlik burchagi va qovuhsqoqlik koeffitsienti aniqlanadi.

    30.4-rasm. Si -MnO ko‘p qo‘llaniladigan shlaklarni tanlash diagrammasi.
    Uning haroratga bog’likligi
    TСУ-1 (uzun shlak) Ftorli-kaltsiyli qoplamalar. OMM-5 (qisqa shlak) kon - oksidli.
    SiO2 - MnO - bu tizim shlaklarni tanlahda tez-tez qo‘llaniladi.
    Bu diagramma bo‘yicha ikki karrali shlaklar tanlab olinadi, uch karralilari xam bo‘ladi. CaF2 -shlakni kuchli suyuqlantiradi.



    Download 26,37 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




    Download 26,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MARUZA Payvand shlaklarining fizik-kimyoviy xossalari

    Download 26,37 Mb.