-MARUZA Flyus ostida payvandlash metallurgiyasi




Download 26,37 Mb.
bet34/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

30-MARUZA
Flyus ostida payvandlash metallurgiyasi
Po`latlarni yarimavtomatik va avtomatik payvandlashda flyuslar yoyning yonish zonasida suyuq metallga kimyoviy ta’sir qiladi va payvandlash vannasini legirlaydi. Flyusning himoyalash xossalari uning fizikaviy holatiga (shishasimon yoki pemza ko`rinishida bo`lishiga) va donadorlanishiga bog`liq. Flyus va payvandlash vannasining kimyoviy tarkibiga qarab flyus suyuq metallga kimyoviy ta’sir qiladi yoki passiv holatda qoladi.
Flyus-silikatlar tarkibida ikki xil oksidlar: asosli va kislotali oksidlar bo`ladi, shu sababdan asos yoki kislota xarakterli flyuslar deb yuritiladi.
Asosli flyuslar, odatda, kremniy vositasida tiklash jarayoni payvand chokning shakllanishiga salbiy ta’sir ko`rsatganida, legirlangan po`latlarni payvandlashda ishlatiladi.
Flyus ostida payvandlashda uchta faza: shlakli (flyusli), gazli va metali faza bo`ladi (6.5-rasm).

14- rasm. Metall-shlak-gaz o`zaro ta’sirining sxemasi.
Payvandlash yoyining flyus ostida yonish jarayonida bu fazalar orasida almashish-qaytarilish reaksiyalari sodir bo`ladi.

15-rasm. Flyus tarkibida SiO2 bo`lish nisbatidan kremniyni flyusdan metallga o`tishi.
Payvandlash vannasining eng issiq qismida metall va shlak fazalari orasida quyidagi reaksiya sodir bo`ladi:
(SiO2)+2Fe = 2(FeO)+[Si]
Bu reaksiya agar flyus tarkibidagi silikat kislota miqdori ko`p bo`lib, undagi temir (II)-oksid (FeO) konsentratsiyasi va payvandlash vannasidagi kremniy miqdori kam bo`lganda sodir bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatilgan reaksiya bo`yicha hosil bo`ladigan temir (II)-oksid shlakka va qisman metallga o`tadi, binobarin, metall choki bir vaqtning o`zida ham kremniyga, ham kislorodga (temir (II)-oksid bilan) to`yinadi. Bunda shuni takidlab o`tish zarurki, agar flyusning kristalligi ortib ketsa, payvandlash vannasida flyusdan qaytarilgan kremniy miqdori juda ortib ketishi mumkin. Kam uglerodli qaynaydigan po`latlarni payvandlashda yuqoridagi reaksiyaning ahamiyati katta bo`ladi. Suyuq metallda flyusdan qaytarilgan kremniyning kamida 0,2% bo`lishi payvandlash vannasining kristallovchi qismida SO2 ning hosil bo`lish reaksiyasini yo`qotish va so`ndirish hamda zich chok hosil qilishga yordam beradi.
Payvand chokning silikatli qo`shilmalar bilan ifloslanishi bu reaksiyaning salbiy tomonidir.
Flyusda marganes (II)-oksid (MnO) ning ko`p bo`lishi va temir (II)-oksidning kam bo`lishi tufayli metall hamda shlak fazalari orasida marganesni qaytarish (oksidlanish) reaksiyasi sodir bo`ladi:
(MnO)+Fe = (FeO)+[Mn]
Flyusda MnO ning konsentratsiyasi ko`pligi marganesning qaytarilishiga flyusning asosligini oshirishga, temir oksidlarining kamayishiga yordam beradi, binobarin, flyusda MnO kam miqdorda bo`lganida marganes oksidlanadi, ko`p miqdorda bo`lganida esa qaytariladi. Marganesning flyusdan qaytarilishi metall-shlak sistemasida temir (II)-oksidning ortishiga yordam beradi, binobarin, suyuqlanish zonasida suyuq metall bir oz oksidlanadi.
Payvandlash vannasining suyuqlangan metaliga kimyoviy jihatdan aktiv bo`lgan flyus kremniy va marganes qaytariladigan raksiyalarning yaxshi o`tishiga yordam beradi. Bu holda uglerodning oksidlanishi yuz beradi; bunda ikki holatni nazarda tutish lozim:
1) vannaning yuqori haroratli qismida sodir bo`ladigan uglerodning oksidlanishi suyuq metallning oksidsizlanishiga olib keladi;
2) vannaning kristallashtiruvchi qismida uglerodning oksidlanishi metall chokida g`ovakliklar hosil bo`lishiga yordam beradi.
Payvandlash vannasining kristallashtiruvchi qismida uglerodning oksidlanish reaksiyasining sodir bo`lishini so`ndirish maqsadida vannada kremniyning zich chok hosil qilishga imkon beradigan zarur miqdori (kamida 0,1%) bo`lishi zarur.
Payvandlash flyuslarida oz miqdorda (0,15% gacha) oltingugurt bo`ladi; u metall chokidagi eng zararli qo`shimchalardan biridir. Oltingugurt, sharoitga qarab, flyusdan metallga yoki aksincha, metalldan flyusga o`tadi. Oltingugurtning metall chokiga (payvandlash vannasiga) o`tishi uchun eng qulay sharoit, u flyus tarkibida temir sulfid – FeS ko`rinishida bo`lganida yaratiladi; FeS suyuq metallda yaxshi eriydi. Tarkibida ko`p miqdorda marganes bo`lgan flyuslarda, oltingugurt marganes sulfidiga (MnS) bog`langan bo`lib, u temirda yomon eriydi.
Payvandlash vannasida quyidagi kimyoviy reaksiyalar sodir bo`lishi mumkin:
(MnS) + Fe = [FeS]+[Mn]
(MnS) + [FeO] = [FeS]+[MnO]
Payvandlash vannasida MnS ning FeS ga aylanishi oksidlanish uchun sharoit yaratilganida va metallda kam marganes bo`lganida sodir bo`ladi. MnS ning FeS ga aylanish jarayoni to`xtatilishiga metallda marganesning, shlakda marganes chala oksidi (MnO)ning ko`pligi sabab bo`ladi.

16-rasm. Flyus tarkibidagi MnO mavjudligiga nisbatan chok metaliga yuqori kremniyli marganesli flyusdan oltin gugurtni o`tishi.
Temir sulfidi metall chokidagi zararli aralashma hisoblanadi. Kristallanish davrida temir sulfidi dendritlararo bo`shliqlarda oson suyuqlanadigan evtektika FeC-Fe ni hosil qiladi (suyuqlanish harorati 940oC ga yaqin) u esa chokda issiq holida yoriqlar hosil bo`lishiga olib keladi.
Tarkibida marganes ko`p bo`lgan flyuslar ostida payvandlash jarayonida fosfor flyusdan metall vannasiga o`tadi. Flyusning kislotaligi qancha yuqori bo`lsa, bu jarayon shuncha to`laroq o`tadi. Metall chokida fosforning bo`lishi uning zarbiy qovushoqligini kamaytiradi.

17 - rasm. Flyus tarkibida fosforning miqdori mavjudligiga nisbatan uni yuqori kremniyli marganesli flyusdan chok metaliga o`tishi.
Payvandlanadigan qirralarning sirtidagi zang yoki quyindi payvand chok metalida g`ovakliklar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi.



Download 26,37 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146




Download 26,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MARUZA Flyus ostida payvandlash metallurgiyasi

Download 26,37 Mb.