|
Injektor klapani (ignasi)
|
bet | 14/35 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #15047 |
Injektor klapani (ignasi): Chizmadan ko`rinib turibdiki klapanni 2 xil shtrixlangan qismlari bor. 1-qismni qattiqligi yuqori bo`lgan detaldan, 2-qismi qattiqligi uncha yuqori bo`lmagan detallardan iborat.
Injektor klapanining vazifasi injektorning uch qismidagi yonilg`i o`tish, purkalish teshiklarini berkitishga mo`ljallangan.
Injektorning orqa qismi: Chizmada injektor orqa qismining ichki qismlari ko`rsatib o`tilgan. Injektor elektromagnit maydon hisobiga ishlaydi, shuning uchun injektor orqa qismining chizmasida misli sim o`ram shtekoriga ulangan. Vilkasimon shtekor chizmada bo`rtib chiqgan qismida ko`rinib turibdi.
Injektorning sim o`ramlari o`rtasida o`q o`zak mavjud. O`q o`zak o`ramlarga elektr toki berilganda sim o`ramda magnit maydoni hosil bo`ladi. SHu magnitlanish ta’sirida O`q o`zak magnitlanadi. Yonilg`i injektorga kirishdan oldin 10 mkm li filtrlovchi filtr elementdan o`tadi. Injektorning filtrlovchi filtr elementi: Injektorning filtrlovchi filtr elementi uning yonilg`i kirish bo`g`ziga o`rnatilgan. Uning dag`alligi 10 mkmga teng. Injektorning filtrlovchi filtr elementining vazifasi injektordan o`tayotgan yonilg`ini tsilindrga purkash oldidan filtrlab o`tkazadi.
|
| |