|
Qidiruv va saralash funksiyalari
|
bet | 6/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 110,7 Kb. | | #136147 |
Bog'liq Dasturlashda matematik funksiyalar kutubxonasi vaQidiruv va saralash funksiyalari:
B search massivda binar qidiruv.
qsort massiv elementlarini saralash.
Butun arifmetika funksiyalari:
abs absolyut qiymat.
div butunga bo‘lish.
labs uzun butun sonning absolyut qiymati.
ldiv uzun butun sonlarni butunga bo‘lish.
llabs ikkililik uzun butun sonlarning absolyut qiymati.
lldiv uzun butun sonlarni butunga bo‘lish.
Multibayt satrlar:
mbstowcs multibayt satrlarni multi belgilarga aylantiradi.
Multibayt belgilar:
mblen multibayt belgilarning uzuzligini qaytarish.
mbtowc multibayt belgini keng formatli multibayt belgiga o‘tkazadi.
wctomb keng formatli multibayt belgini multibayt belgiga o‘tkazadi.
westombs multibayt belgilarni multibayt satrlarga almashtiradi.
Makro o’zgarmaslar:
EXIT
FAILURE
muvafaqqiyatsiz tugallanuvchi kod.
EXIT
SUCCESS
muvafaqqiyatli tugallanuvchi kod.
MB_CUR_MAX multibayt belgilarni maksimal o‘lchami.
NULL bo‘sh ko‘rsatkich.
RAND_MAX rand funksiyasi qaytaradigan makimal qiymat.
Tiplar:
div_t div amali qaytaradigan qiymatlarni saqlaydi.
ldiv_t ldiv amali qaytaradigan qiymatlarni saqlaydi.
lldiv_t lldiv amali qaytaradigan qiymatlarni saqlaydi.
size_t ishorasiz butun tur.
3.Python dasturlash tilida matematik funksiyalardan foydalanish.
Python dasturlash tili yildan-yilga ommalashib bormoqda. Bunga birinchi navbatda Pythonning sodda va tushunarli sintaksi sabab bo'lsa, ikkinchi va ehtimol eng ko'zga ko'ringan sabab bu Pythonning keng qamrovli kutubxonalar to'plamidir. Ushbu darsimizda Pytyon kutubxonasidagi ba'zi muhim modullar bilan tanishamiz. Standart kutubxonanig to'liq tarkibi bilan Python rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin.
Kutubxona bu boshqalar tarafidan yozilgan tayyor funksiyalar va obyektlar to'plami.
datetime — SANA VA VAQT
Ushbu modul yordamida Pythonda sanalar bilan ishlashimiz mumkin. Moduldan foydalanishdan avval uni import qilamiz. Har gal moduldan foydalanishda datetime deb qayta yozmaslik uchun, import qilishda modulga dt nomini beramiz.
import datetime as dt
Hozirgi vaqt va sanani koʻrish uchun datetime.now() moduliga murojat qilamiz:
hozir = dt.datetime.now()
print(hozir)
Natija: 2021-03-09 12:12:19.894899
Kurib turganingizdek, natija yil, oy, kun soat, minut, sekund va millisekund koʻrinishida chiqdi. Biz bu qiymatlardan istaganimzni maxsus metodlar yordamida ajratib olishimiz mumkin:
# sanani ajratib olish
print(hozir.date())
# vaqtni ajratib olish
print(hozir.time())
# soatni ajratib olish
print(hozir.hour)
# minutni ajratib olish
print(hozir.minute)
# sekundni ajratib olish
print(hozir.second)
Natija:
2021-03-09
12:15:35.367013
12 # soat
15 # minut
35 # sekund
Agar bugungi kunning sanasi talab qilinsa datetime moduli ichidagi date.today() moduliga murojat qilamiz.
bugun = dt.date.today()
print(f"Bugungi sana: {bugun}")
Natija: Bugungi sana: 2021-03-09
Agar biror sanani qoʻlda kiritish talab qilinsa .date() metodiga kerakli sanani (yil, oy, kun) koʻrinishida kiritamiz.
ertaga = dt.date(2021, 3, 10)
print(f"Ertangi sana: {ertaga}")
Natija: Ertangi sana: 2021-03-10
Faqatgina vaqt bilan ishlash uchun .datetime.now().time() metodiga murojat qilishimiz mumkin:
hozir = dt.datetime.now()
vaqtHozir = hozir.time()
print(f"Hozir soat: {vaqtHozir}")
Natija: Hozir soat: 12:21:54.529788
Istalgan vaqtni qoʻlda kiritish uchun esa .time() metodiga kerakli vaqtni (soat, minut, sekund) koʻrinishida beramiz:
vaqtKeyin = dt.time(23,45,00)
Ayirish operatori yordamida sanalalar va vaqtlar orasidagi farqni hisoblashimiz mumkin:
bugun = dt.date.today()
ramazon = dt.date(2021, 4, 13)
farq = ramazon-bugun
print(farq)
print(f"Ramazonga {farq.days} kun qoldi")
Natija: Ramazonga 35 kun qoldi
Huddi shu kabi ikki vaqt oraligʻini sekundlarda yoki soatlarda ham koʻrishimiz mumkin:
hozir = dt.datetime.now()
futbol = dt.datetime(2021, 3, 10, 23, 45, 00)
farq= futbol-hozir
sekundlar = farq.seconds
minutlar = int(sekundlar/60)
soatlar = int(minutlar/60)
print(f"Futbol boshlanishiga {sekundlar} sekund qoldi")
print(f"Futbol boshlanishiga {minutlar} minut qoldi")
print(f"Futbol boshlanishiga {soatlar} soat qoldi")
Natija:
Futbol boshlanishiga 40797 sekund qoldi
Futbol boshlanishiga 679 minut qoldi
Futbol boshlanishiga 11 soat qoldi
Yuqorida sanalar AQSh standartiga koʻra, yil-oy-kun koʻrinishida chiqayapti. Sanani oʻzimizga moslab chiqarish uchun .strftime() metodini chaqiramiz, va sanani oʻzimizga qulay formatda chiqaramiz.
# vaqtni millisekundsiz chiqaramiz
vaqt = hozir.strftime("%H:%M:%S")
print(f"Hozir soat: {vaqt}")
# sanani kun-oy-yil koʻrinishida chiqaramiz
sana = hozir.strftime("%d-%m-%Y")
print(f"Bugun sana: {sana}")
# sanani kun/oy/yil koʻrinishida chiqaramiz
sana_vaqt = hozir.strftime("%d/%m/%Y, %H:%M")
print(sana_vaqt)
Natija:
Hozir soat: 12:28:21
Bugun sana: 09-03-2021
09/03/2021, 12:28
math —MATEMATIK FUNKSIYALAR
Bu modul oʻz ichida matematikaga oid turli funksilayar va oʻzgaruvchilarni saqlaydi. Keling, ularning baʻzilari bilan tanishamiz.
π\piπ
ning qiymati
import math
PI = math.pi
print(f"PI ning qiymati: {PI}")
Natija: PI ning qiymati: 3.141592653589793
e — natural logarifm asosi
E = math.e
print(f"e ning qiymati: {E}")
Natija: e ning qiymati: 2.718281828459045
Trigonometriya
Modul tarkibida deyarli barcha trigonometrik funksiyalar mavjud (cos, sin, tangens, arccos, va hokazo)
math.sin(math.pi/2)
math.cos(0)
math.tan(PI)
Shunigdek degrees va radians metodlari yordamida burchakdan radianga va aksincha konvertasiya qilishimiz ham mumkin:
math.degrees(math.pi/2)
math.radians(90)
LOGARIFMLAR
log() va log10() funksiyalari yordamida natural va o'n asosli logarifmlarni hisoblash mumkin:
# natural logarifm
math.log(5)
# 10 asosli logarifm
math.log10(100)
SONLARNI YAXLITLASH
Sonlarni eng yaxlitlash uchun Pythonda maxsus round() funksiyasi mavjud. Bunga qo'shimcha ravishda, math moduli ichidagi ceil() funksiyasi yordamida berilgan o'nlik sonni keyingi butun songa, floor() yordamida esa quyi butun songa yaqinlashtirish mumkin:
x = 4.6
print(math.ceil(x))
print(math.floor(x))
Natija:
5
4
ILDIZ VA DARAJA
Berilgan sonning kvadrat ildizini hisoblash uchun sqrt(), sonni darajaga oshirish uchun esa pow() funksiyalariga murojat qilamiz:
x = 81
# Kvadrat ildiz
math.sqrt(x)
# Darajaga oshirish
math.pow(x,3) # x ning kubi
math.pow(x,5) # x ning 5-darajasi
math.pow(x,1/3) # x dan kub ildiz
math moduli tarkibida boshqa funksiyalar ham mavjud. Yuqorida biz ularning ba'zilari bilan tanishdik. Bu modul asosan butun va oʻnlik sonlar bilan ishlashga moʻljallangan. Kompleks sonlar bilan ishlash uchun cmath moduliga murojat qilishingiz mumkin.
pprint - CHIROYLI PRINT
pprint moduli yordamida turli o'zgaruvchilarni chiroyli ko'rinishda konsolga chiqarishimiz mumkin. Bu bizga uzun lug'atlar, JSON fayllar yoki matnlar bilan ishlashda juda asqotadi.
Misol uchun, avvalgi darslarimizning birida yaratgan bemor.json faylini ochamiz va avval print() keyin pprint() yordamida konsolga chiqaramiz.
bemor.json
190B
Code
bemor.json fayli
from pprint import pprint
import json
filename = 'bemor.json'
with open(filename) as f:
bemor = json.load(f)
print(bemor)
Natija:
{'ism': 'Alijon Valiyev', 'yosh': 30, 'oila': True, 'farzandlar': ['Ahmad', 'Bonu'], 'allergiya': None, 'dorilar': [{'nomi': 'Analgin', 'miqdori': 0.5}, {'nomi': 'Panadol', 'miqdori': 1.2}]}
Navbat pprint() funksiyasiga:
pprint(bemor)
Natija:
{'allergiya': None,
'dorilar': [{'miqdori': 0.5, 'nomi': 'Analgin'},
{'miqdori': 1.2, 'nomi': 'Panadol'}],
'farzandlar': ['Ahmad', 'Bonu'],
'ism': 'Alijon Valiyev',
'oila': True,
'yosh': 30}
RegEx - ANDOZA YORDAMIDA MATN IZLASH
Pythondagi juda foydali modullardan biri bu re (regular expressions) moduli. Bu modul yordamida biror matn berilgan andozaga tushish, tushmalsigini tekshrib ko'rishimiz mumkin. Yoki berilgan andoza asosida matnlar orasidan kerakli matnlarni ajratib olish mumkin.
Keling boshlanishiga sodda misol ko'ramiz. Quyida biz 3 ta so'z va so'zlarni tekshirish uchun andoza yaratdik. Quyidagi andozamiz т harfidan boshlanuvchi (^т), р harfiga tugovchi (р$), 5 harfdan iborat so'zlarni qidiradi (^т...р$).
Avvaliga andozalarni tushunish biroz qiyin bo'lishi mumkin, lekin vaqt o'tishi bilan andoza qanday ishlashini tushunib olasiz deb umid qilamiz.
So'zlarni andozaga solishtirish uchun re.match() funksiyasidan foydalanamiz. Agar tekshirgan so'zimiz andozaga mosh tushsa, re.match() metodi so'zni o'zini qaytaradi, aks holda None qiymatini qaytaradi.
import re
word1 = "темир"
word2 = "томир"
word3 = "тулпор"
andoza = "^т...р"
print(re.match(andoza, word1))
print(re.match(andoza, word2))
print(re.match(andoza, word3))
Natija:
None
Natijadan ko'rishimiz mumkin, word1 va word2 o'zgaruvchilari anfozaga tushdi, word3 esa tushmadi.
Keling endi, so'z to'pish o'yinida ishlatilgan soz'lar ro'yxatidan foydalanamiz, va ro'yxatdan biz bergan andozaga tushuvchi so'zlarni ajratib olamiz.
from uzwords import words
andoza = "^т...р$"
matches = []
for word in words:
if re.match(andoza,word):
matches.append(word)
print(matches)
Natija:
['табар', 'табор', 'тавир', 'тайёр', 'татар', 'татир', 'тахир', 'тақир', 'театр', 'тембр', 'темир', 'темур', 'тенор', 'тикер', 'тихир', 'товар', 'товор', 'тожир', 'томир', 'тонер', 'тоҳир', 'триер', 'тумор', 'тўпар', 'тўпир']
Andozalar biror matnda biz uchun kerakli maʻlumotlarni ajratib olish uchun juda qulay. Masalan, Telegram orqali yuborilgan habardan email manzilini yoki telefon raqamini ajratib olish uchun maxsus andoza yozishmiz mumkin. ihateregex.io sahifasidan esa loyihangiz uchun tayyor andozalarni topishingiz mumkin.
ihateregex.io sahifasida email uchun andoza
Keling, yuqoridagi andoza asosida biror matndan email manzilini ajratib olamiz. Buning uchun re.findall() funksiyasidan foydalanamiz.
matn = """Maqolalar 2020-yilning 20-martiga qadar rtmkonferensiya2021@mail.ru elektron pochtasida qabul qilinadi.
Quyidagi yo'nalishdagi maqolalar qabul qilinadi:
👉 Aniq va tabiiy fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi.
👉 Umumta’lim fanlarini o‘qitishda STEAM yondashuvning o’rni va ahamiyati. """
andoza = '[^@ \t\r\n]+@[^@ \t\r\n]+\.[^@ \t\r\n]+'
email = re.findall(andoza,matn)
print(email)
Natija: ['rtmkonferensiya2021@mail.ru']
Andoza yordamida foydalanuvchi kiritgan qiymatlarni ham ma'lum shartlarga javob berishini tekshirib olishimiz mumkin:
# Kuchli parolni tekshirish
# Quyidagi andoza ham ihateregex.io sahifasidan olindi
andoza = '^(?=.*?[A-Z])(?=.*?[a-z])(?=.*?[0-9])(?=.*?[#?!@$ %^&*-]).{8,}$'
msg = "Yangi parol kiriting"
msg += '(kamida 8 belgidan iborat, kamida 1 ta lotin bosh harf, 1 ta kichik harf, '
msg += '1 ta son va 1 ta maxsus belgi boʻlishi kerak): '
while True:
password = input(msg)
if re.match(andoza,password):
print("Maxfiy so'z qabul qilindi")
break
else:
print("Maxfiy so'z talabga javob bermadi")
Xulosa
C++ tilining kutubxonalari va ularning programma tuzishdagi ahamiyati mavzusi ostida qo‘yilgan masalalarni o‘rganish bo‘yicha quyidagilar bajarildi:
1. C++ dasturlash tilining imkoniyatlari o‘rganib chiqilib, ishga aloqador va
ishga muhim deb hisoblanganlari ish tarkibiga kiritildi.
2. C++ tilining bir qator kutubxonalari va ularda mavjud imkoniyatlar batafsil
o‘rganib chiqildi va ish tarkibiga kiritildi.
3. Amaliy dasturlar qurish yo‘li bilan C++ tilining, va kutubxonalaridan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rsatib berildi.
Ushbu ishda keltirilgan ma‘lumotlardan C++ tilining kutubxonalariga
bog‘liq imkoniyatlarini qo‘llashni yo‘lga qo‘yishni , ya‘ni kengroq o‘rganishni
istovchilarning faydalanishlari yaxshi natija beradi deb hisoblaymiz.
|
| |