|
Matematika sinf
|
Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 14,44 Mb. | | #157635 |
Bog'liq 3 sinf matem to\'rt xonali sonlarni ustun shaklida qo\'shish Matematika - sinf
Samarqand viloyati
Jomboy tumani
14 -umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Muallif:
XAYDAROVA MUXAYYO
Mavzu: Mavzu:
To’rt xonali sonlarni ustun shaklida qo’shish
Darsning maqsadi:
Darsning maqsadi:
• qo‘shishni ustun shaklida bajarish
• to‘rt xonali ikkita sonni xona birliklari jadvali yordamida qo‘shish
• natijani teskari amal bilan tekshirishni o‘rganish
Asosiy tushunchalar
• ustun shaklida qo‘shish
• teskari amal bilan tekshirish
Didaktik materiallar
• xona birliklari jadvali, 1 to‘plam
Darsning borishi.
Dars shiori:
Matematika fanlar ichra shoh
Uni o’qib bo’lingiz ogoh!
Kirish salomlashish davomat
GURUHLAR
“Matematiklar”
guruhi
“Muhandislar”
guruhi
“Texnologlar”
guruhi
Kun mashqi
O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
ifodani og‘zaki hisoblang. Og‘zaki hisoblashning afzalligini nimada?
4560
sonining xona qo‘shiluvchilarini ayting.
2-Musobaqa: “Tezkor savol-javoblar”
Savollar:
- Uzunlik o‘lchov birliklarini ayting.
- Sakson birni to‘qqizga bo‘lsak.
- Yetmish ikkini sakkizga bo‘lsak.
- Vaqt o‘lchov birliklarini ayting
- Yigirma to‘rtni to‘rtga bo‘lsak
- Besh karra to‘qqiz
- Og‘irlik o‘lchov birliklarini ayting
- Olltmish to‘rtni sakkizga bo‘lsak
- To‘rtyuz ellikni to‘rtga bo‘lsak
- Olti karra to‘qqiz
“Quvnoq topshiriq”
Uzunligi 8 cm bo‘lgan uchta kesma chizing. Ularni 8 ta teng bo‘lakka bo‘ling. Kesmalarning sakkizdan ikki, sakkizdan besh va sakkizdan yetti bo‘laklarining uzunligini toping va bo‘yang.
II. ASOSIY QISM
Mavzu tushuntirish va
mustaqil ish
2 5 3 4
3 4 6 2
+
Birliklar birliklarga, o‘nliklar o‘nliklarga, yuzliklar yuzliklarga, mingliklar mingliklarga qo‘shiladi. 10000 ichida sonlarni ustun shaklida qo‘shish 1000 ichida sonlarni ustun shaklida qo‘shish kabi bajariladi
Muhokama
1-QISM O‘quvchilar javoblari bilan o‘rtoqlashadilar
• Misolning javobi nima?
• To‘g‘ri javobni qanday topganingizni tushuntirib bering.
• Ustun shaklida qo‘shishda xona birliklarini qanday ishlatamiz?
2-QISM Misol va yangi topshiriq
Muhokama mavzusi
Amaliy topshiriq
E’tiboringiz uchun
rahmat!
|
| |