Materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan homashyoni




Download 184 Kb.
bet2/5
Sana16.05.2024
Hajmi184 Kb.
#238600
1   2   3   4   5
Bog'liq
aylanma pechda gips

Mahsulotning fazilati

Gipsli bog’lovchi moddalar kuydirilgan gips toshini mayda qilib tuyib olinadi.Gips toshi asosan tarkibida ikki molekula suv bo’lgan kaltsiy sulfat CaSO *2H O dan iborat.Gips toshining pishirilish haroratiga va sharoitiga qarab qurilish gipsi,juda mustahkam gips hamda angidrit tsement (gips) hosil bo’ladi.


Gips monomineral bog’lovchi moddalarga kiradi. Qurilishda uning eng ko’p tarqalgan turi β – yarimsuvli gips hisoblanadi. Hozirgi paytda ko’proq mustahkamligi yuqori bo’lgan α – yarim suvli gips (JCaSO4·0,5H2O) ishlab chiqarilmoqda. Uning kristallari yirikroq bo’lib, suvni kam talab qiladi, bundan tashqari β (CaSO4·0,5H2O) ga nisbatan mustahkamligi va zichligi yuqori.
Gipsli bog’lovchi moddalar issiqlik ishlovi haroratiga ko’ra, asosan ikki guruhga bo’linadi: past haroratda kuydirilgan (faqat gipsli) quyi haroratda (110-180˚C) kuydirildi va asosan yarim suvli gipsdan iborat bo’ladi, u tez qotadi va yuqori darajada (angidritli), u sekin qotadi. Past haroratda kuydirilgan gipsga qurilish gipsi, mustahkamligi yuqori bo’lgan gips, shuningdek shaklli hamda tibbiy gips kiradi. Yuqori darajada kuydirilgan gips olish uchun gips yuqori haroratda (600-900˚C) kuydiriladi. U asosan suvsiz gips (angidrid)dan iborat bo’lib, sekin qotishi bilan farqlanadi.
Qurilish gipsi – bog’lovchi modda tarkibi β – yarim suvli gipsdan iborat. Uni tabiiy gipsni kuydirib mayda kukun holatgacha tuyib olinadi.
Qurilish gips issiqlik uskunalarda kuydiriladi va kristallangan suv bug’ ko’rinishida CaSO4 · 2H2O dan ajraladi va asosan β-yarim gidrat quyidagi reaksiya bo’yicha hosil bo’ladi.
CaSO4 · 2H2O= CaSO4 · 0,5H2O+1,5H2O
Ishlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un holiga keltirish va gipstoshni suvsizlantirishdan iborat. Gips toshi suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta pechlarida, bug’latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarga gipstoshi 70-300 mm o’lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 mm o’lchamda, bug’latuvchi asboblarga gipstosh 400 mm bo’lgan bo’laklarda beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg’ali maydalagichlarda maydalanadi va shaxta, aerobil sharli tegirmonida un holatiga keltiriladi. Kuydirilgan moddani asosan sharli va zarbali tegirmonda maydalanadi. Quritilgan gips oson maydalanadi va kam elektr quvvat sarflanadi. Qurilish gipsini ishlab chiqarish asosiy usullari uch guruhga bo’linadi:

  1. Homashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun holatigacha, so’ng gips pishirish qozonlarida suvsizlantiriladi.

  2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish.

  3. Gipstoshini xar hil o’lchamdagi zarrachalarini shaxta, aylanma va boshqa pechlarda kuydirish.

Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jarayonini birlashtirgan usuli bilan olish. Ombordan gips toshi bunkerga kelib tushadi va pitatel yordamida lunjli maydalagichga, lentali konveyer va voronka orqali bolg’ali maydalagichga keladi va zarrachalar o’lchami 10-15 mm bo’lguncha maydalanadi. Maydalangan modda elevator, pitatel sarflovchi bunker yordamida, sharli tegirmonga tushadi va unda ham kuydiriladi va maydalanadi. Tegirmonda modda suvsizlanadi, gazli oqim bilan chiqib separatordan o’tadi. Yirik zarrachalar aerojelob orqali yana maydalashga yuboriladi va chang cho’ktiruvchi moslamaga yo’naltiriladi. Ulardan suvsizlashtirilgan gips gazli oqimdan ajraladi va mahsulotlar omboriga yo’naltiriladi. Tozalangan gazlar ventilyator bilan atmosferaga yuboriladi.

Download 184 Kb.
1   2   3   4   5




Download 184 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan homashyoni

Download 184 Kb.