|
Mathcad va matlab tizimi va unda ishlash texnologiyasi
|
bet | 1/2 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 5,14 Mb. | | #143902 |
Bog'liq QURILISH MASALALARINI SONLI USULLAR YORDAMI YECHISH
Qurilish masalalarini sonli usullar yordami yechish
REJA:
Mathcad dasturining imkoniyatlari.
Mathcad amaliy dasturlar paketini ishga tushirish.
Mathcad dasturining interfeysi.
Mathcad oynasi tuzilishi
MATLAB dasturi
Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda odatdagi dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas, balki Mathematica, MatLab, Maple, Gauss, Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik dasturlar keng qo’llanilyapti.
Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad – yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat ichida eng mashhur paket bo’lib, ilmiy – texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e’tibor berilmasdan (masalan:fortran, C, paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o’tmoqchimiz:
Mathcad muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko’rinishda ifodalanadi. Masalan, daraja yuqorida, indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an’anaviy joyida turadi.
Mathcad muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad – hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiymatini bira to’la hisoblash va ifodani kiritishda yo’l qo’yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko’rish imkoniyati ham mavjud.
Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin.
Mathcad xos bo’lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o’tmoqchimiz:
Chiziqli va chiziqli bo’lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish;
Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala) yechish;
Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish;
Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya va ko’pgina boshqa amallar);
Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);
Funksional bog’liqlikning maksimum va minimumini izlash.
|
| |