|
Matlab matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimi sifatida qaraladi. Matlab
|
bet | 2/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 424,02 Kb. | | #239482 |
4.1-rasm. Matlab muhiti
MATLAB tizimi o‘zining yuqori darajadagi dasturlash tiliga egadir. Ma’lumotlarning matritsa ko ‘rinishida berilishi va yuqori imkoniyatli mahsusfunksiyalarining mavjudligi sababli MATLAB tizimining dasturlash tilini juda yuqori darajadagi algoritmik til sifatida e’tirof etiladi.
MATLAB tizimi to‘rtta dasturiy komponentlardan tashkil topgan. Ular MATLAB, Simulink, Toolbox, Blocksettizimlaridir. MATLAB komponenti tizim yadrosidir,Simulink blokli modellashtirishga imkon beruvchi komponenta, Toolbox, Blockset lar esa MATLAB va C
MATLAB tizimini o‘rnatish juda oson bo‘lib bunda foydalanuvchi o‘ziga kerakli paketlardan foydalanishi, ya’ni ulardan o‘ziga kerakli paketlar tizimini hosil qilishi mumkin.
MATLAB tizimi o‘rnatilganda Ishchi stolda MATLAB tizimining uch o‘lchovli grafik ko‘rinishidagi belgisi hosil bo‘ladi. MATLAB tizimini ishga tushirish uchun ana shu belgiga sichqonchani bosish yetarli.
MATLAB interfeysi.
MATLAB interfeysini quyidagi oynalar tashkil etadi.
Command Window( Buyruqlar oynasi) – asosiy oyna
Command History (Buyruqlar tarixi)
Current Directory(Joriy papka)
Workspace(Xotiraning ishchi sohasi)
Command Window (buyruqlar oynasi) – MATLAB interaktiv tizimining asosiy oynasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi “savol beradi”, tizim esa “javob beradi”.
Bunda quyidagi hollarga to‘xtalamiz:
Tizimning “savolni qabul qilishga tayyor” ekanligi belgisi qator boshidagi >> belgisi hisoblanadi.
Foydalanuvchi “savol beradi” (matnni kiritadi) va Enter tugmasini bosadi.
Command History (buyruqlar tarixi) – bu oynada “avvalgi savollar”, jumladan xatolari ro‘yhati keltiriladi. MATLAB ni ishga tushirishda va ishlash jarayonida avval berilgan “savollar”ni qaytarish mumkin, buning uchun Command History oynasida kerakli “savol” ustida sichqonchani ikki marta chertish yetarli. Shuningdek, “savol” yoki “savollar”ni Command Window ga o‘tkazish mumkin.
Current Directory (joriy papka) – bu oynada MATLAB instrumentlar oynasi panelida Current Directory ning ochiladigan ro‘yhatida ko‘rsatilgan papkaning ichidagilar ko‘rsatiladi.
Workspace (xotiraning ishchi sohasi) – bu oynada MATLAB dan chiqishgacha bo‘lgan va Workspace ishchi xotirasida saqlanayotgan joriy o‘zgaruvchilar ro‘yhati ko‘rsatiladi.
|
| |