Matlab muhitida ikki va uch o'lchovli grafiklarni yaratish va rasmiylashtirish Ishdan maqsad
MATLAB muhitida ikki va uch o'lchovli grafiklarni yaratish va rasmiylashtirish
Ishdan maqsad:
-Ikki o'lchovli grafiklar yaratish qoidalari bilan tanishish;
-Uch o'lchovli grafiklar yaratish qoidalari bilan tanishish;
-plot, bar, subplot funktsiyalari bilan ishlash;
-plot3, mesh, meshc, surf, surfl, contour va contour3 funktsiyalari bilan ishlash;
-Yaratilgan grafiklarni sozlash;
Uslubiy ko'rsatmalar:
1.Matlab tizimi ma'lumotlarni grafik tarzda ifodalashi borasida katta imkoniyatlarga ega.
•Mazkur tizimning grafik imkoniyatlari analitik vektor ko'rinishda berilgan ikki va uch o'lchovli funktsiyalar grafigini chizish;
•Bir grafik oynada bir nechta funktsiyalar grafigini yaratish; grafiklarni turli
koordinata tizimlarida turli ranglar, nuktalar va chiziqlar orqali ifodalash imkonini
beradi;
•Ikki o'lchovli grafika tekislikda bir o'zgaruvchining funktsiyasi y=f(x) grafiklarini
yaratish imkonini beradi.
2.Ikki o'lchovli grafiklar yaratishning umumiy printtsiplari:
•Agar x va y- vektorlar bo'lsa, u xolda bitta y funktsiya grafigi chiziladi;
•Agar x matritsa, y- vektor bo'lsa, u xolda argumentlari x matritsa ustunlari
bilan berilgan y funktsiyaning grafiklari chiziladi;
•Agar x- vektor, y- matritsa bo'lsa, u xolda argumenti x vektor bo'lgan va y matritsa ustunlari orkali berilgan funktsiyalar grafiklari yasaladi.
3.Grafiklarni monitor ekraniga chiqarish umumiy qoidalari:
•Matlab funktsiyalari yordamida qurilgan joriy grafik joriy grafik oyna Figure1 ga
chiqariladi. Yangi grafik ham shu oynaga chiqariladi bunda avvalgi grafik avtomatik tarzda o'giriladi.
•Grafiklarni alohida grafik Figure 2, …, Figure n oynalariga chiqarish uchun yangi
grafik chizish funktsiyasi oldidan Figure buyrug'i qo'yiladi.
•Figure joriy grafik oynasiga Matlabning turli funktsiyalari vositasida bir xil
o'klarda turli grafiklarni yaratish uchun oxirgi grafik funktsiyasidan keyin hold on buyrug'I qo'yiladi.
•Figure joriy oynasida barcha avvalgi grafiklarni yo'qotish uchun oxirgi grafik
funktsiyadan keyin hold off buyrug'i qo'yiladi.
4.Bir nechta grafiklarni chiqarishda Figure joriy oynasini bo'lish uchun quyidagi funktsiya ishlatiladi: Subplot (n,m,p), bu yerda: mxn – grafik oyna ulchamlari, m- katorlar va n-ustunlar; p – chikariladigan grafik tartib raqami, qator bo'yicha chapdan o'nga. Grafik oyna maritsasining elementlari sifatida grafiklarni chikarishga imkon beruvchi maydonlar tushiniladi.
5.Ikki o'lchamli grafiklar chizishda ishlatiladigan funktsiyalar ruyxati matlab\graphrd papkasida va bu funktsiyalar xakida help graphrd buyruqsi yordamida ma'lumot olish mumkin.
6.Matlab da ikki ulchovli grafiklar yaratish asosiy funktsiyalari.
1.plot Chiziqli masshtabda grafiklar yasash
•plot t (u), u – funktsiya (vektor yoki matritsa), argumentlar – vektor yoki matritsa ustunlari elementrlari indekslari;
•plot (x,u), x,u – uzunliklari moslashtirilgan argument va funktsiya (vektorlar yoki
matritsalar);plot (x1,u1,x2,u2……….), x1,u1,x2,u2………. – jufti bilan uzunliklari moslashtirilgan argumentlar va funktsiyalar (vektorlar yoki matritsalar);
2.stem ketma-ketliklar grafiklari
•stem(y)
•stem(x,y)
3.stairs zinasimon funktsiyalar grafiklari
•stairs(y)
•stairs(x,y)
4.bar ustun ko'rinishidagi diagrammalar • bar(y)
•bar(x,y)
•bar(x,y, width) width – ustunlar kengligi, standart-0.8
5.pie doirasimon diagrammalar
•pie(x, explode)
6.hist gistogrammalar
•hist(y,x)
•N= hist (y,x), N-markazi x bo'lgan intervallarga tushuvchi u ning qiymatlari soni
•[N, xout]= hist(y,x), xout- x elementlar bilan berilgan intervallar markazlari
4.Bunda [X,Y] = meshgrid(x,y) bu matritsalar satrlar soni u vektor uzunligiga,
ustunlar soni x vektor uzunligiga teng bo'lishi lozim. Agar x va u vektorlar uzunliklari bir xil bo'lsa, u holda qisqa format qo'llaniladi: [X,Y] = meshgrid(x).
5.Uch o'lchovli grafiklar yaratish uchun plot 3, mesh, meshc, surf, surfl, contour3
funktsiyalaridan foydalaniladi. Masalan: [X,Y]=meshgrid(-3:0.1:3);
Z=X.^2-2*Y.^2-X*Y;
subplot(2,2,1),plot3(X,Y,Z),grid
subplot(2,2,2),mesh(X,Y,Z),grid
subplot(2,2,3),meshz(X,Y,Z),grid,hold on
subplot(2,2,4),meshc(X,Y,Z),grid,hold on
6.Matlabning uch o'lchovli grafiklar yaratish asosiy funktsiyalari
Funktsiya nomi Vazifasi va formati
plot3 Ikki o'lchovli chiziqlar ko'rinishidagi uch o'lchovli grafiklar
•plot 3 (X,Y,Z) bu yerda: X,Y – XOU tekisligida to'r hosil qiluvchi matritsalar;
Z – funktsiya yoki matritsa.
•plot 3 (X,Y,Z, [‘s1’ ‘s2’ ‘s3’]) s1, s2, s3 – grafik xususiyatlarini boshqarish parametrlari.
mesh Uch o'lchovli to'rsimon grafiklar (avtomatik tarzda to'r to'r hosil qiluvchi).
•mesh (X,Y,Z,C) C – ranglar politrasi.
•mesh (X,Y,Z,S, [‘s1’ ‘s2’ ‘s3’]) meshc Uch o'lchovli to'rsimon gorizontal qirqimli grafiklar. Formati mesh funktsiyasi kabi meshz Uch o'lchovli to'rsimon vertikal qirqimli grafiklar. Formati mesh funktsiyasi kabi surf Uch o'lchovli sirti avtomatik tarzda bo'yaladigan to'rsimon grafiklar. Formati mesh funktsiyasi kabi
surfl Uch o'lchovli sirti avtomatik tarzda bo'yaladigan va yoritiladigan to'rsimon grafiklar.surf1(X,Y,Z, ‘light’),‘light’ – yoritishni bildiradi.
surfc Uch o'lchovli to'rsimon gorizontal qirqimli grafiklar. Formati mesh funktsiyasi kabi
contour3 Satx chiziqli uch o'lchovli grafiklar:
contour3(X,Y,Z,n),
n – kontur chiziqlari soni.
7.Uch o'lchovli grafiklar xususiyatlarini boshqarish. Uch o'lchovli grafiklar xususiyatlari plot3, mesh va x.k. funktsiyalarda keltirilgan [‘s1’ ‘s2’ ‘s3’] komandalari asosida
boshqariladi (s1 – chiziq ko'rinishi, s2 – chiziq rangi, s3 – chiziq markeri). Bunga qo'shimcha tarzda:
•colormap(c).
•colormap (
) komandalaridan foydalaniladi.
8.colormap(c) komandasi ishlatilganda ranglar politrasi (ko'rinishlari)ni [0;1]
diapazonda mx3 o'lchamli matritsa ko'rinishida beriladi.
9.colormap (
) komandasidan foydalanilganda, ranglar ko'rsatiladi, ya'ni
= {bone(kulrang-ko'k), cool(binafsha – havorang), .....}.
>> x = [0:pi/16:2*pi];
>> y=(3^1/2).*x./2+cos(x);
>> subplot(2,2,1),plot(x,y),title('grafik-1')
>> subplot(2,2,3),bar(x,y),title('grafik-3')
>> subplot(2,2,1),stairs(x,y),title('grafik-1 zinasimon')
>> subplot(2,2,3),hist(x),title('grafik-3 gistogramma')
>> subplot(2,2,2),stem(x,y),title('grafik-4 ketma-ket')
>> [x,y]=meshgrid(-5:0.2:5);
>> z=x.^2+2*x.*y+y.^2-5;
>> subplot(2,2,1), surf(x,y,z),grid,title('1-grafik');
>>subplot(2,2,2), surfl(x,y,z),grid,title('2-grafik');
>>subplot(2,2,3), surfc(x,y,z),grid,title('3-grafik');
>>subplot(2,2,4), contour3(x,y,z),grid,title('4-grafik');
>> subplot(2,2,1),plot3(x,y,z),grid,title('grafik-1')
>> subplot(2,2,2),mesh(x,y,z),grid,title('grafik-2')
>> subplot(2,2,3),meshz(x,y,z),grid,title('grafik-3')
>> subplot(2,2,4),meshc(x,y,z),grid,title('grafik-4')
http://fayllar.org
|