|
MATLAB buyruqlari. Standart funksiyalar
|
bet | 5/7 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #274103 |
Bog'liq Matlab ma\'ruza3. MATLAB buyruqlari. Standart funksiyalar
MATLABning standart buyruqlarining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
buyruq(p1, p2, …) yoki buyruq(p1, p2, …);
Bu yerda, buyruqning nomi, p1, p2,… - uning paramеtrlari. Buyruq yozilgach natijni olish uchun (odatda MATLAB da buyruq oxirida nuqta vergul yoki ikki nuqta kabi belgilar qo’yilmaydi) Enter tugmasini bosish (bir marta) yetarli. Har bir buyruq oxirida (;) bеlgisi bo’lishi, buyruq bajarilsada natijani ekranda namoyon etilmaslikni anglatadi va Enter tugmasi bosilganda jimlik qoidasiga asosan buyruq bajarilib, keyingi buyruqqa o'tiladi. Bunda natija EHM hotirasida qoladi.
(%) – foiz bеlgisi izohlarni yozish uchun xizmat qiladi. Agar buyruqlar qisqa bo'lsa, ularni bir qatorga vergul bilan ajratgan holda yozib bajariladi. Agar buyruq yetarlicha uzun bo'lsa, u holda uch nuqta (…) qo'yilib, Enter ni bir marta bosish orqali keyingi qatordan davom ettiriladi va hk. Masalan:
ifodani x = 0.2 va y = -3.9 dag qiymatini hisoblaymiz:
>> x=0.2;
>> y=-3.9;
>> c=sqrt((sin(4/3*pi*x)+exp(0.1*y))/(cos(4/3*pi*x)+exp(0.1*y)))+...
((sin(4/3*pi*x)+exp(0.1*y))/(cos(4/3*pi*x)+exp(0.1*y)))^(1/3)
c =
2.0451
Dasturlashda shunday vaziyatlar bo'ladiki, bunda ifodani hisoblashda oraliq o'zgaruvchilarni kiritib(yoki ifodani qismlarga bo'lib) qadamma-qadam hisoblash mumkin. Yuqoridag misolni qaraymiz:
>> x=0.2;
>> y=-3.9;
>> a=sin(4/3*pi*x)+exp(0.1*y);
>> b=cos(4/3*pi*x)+exp(0.1*y);
>> c=sqrt(a/b)+(a/b)^(1/3)
c =
2.0451
O’zgaruvchi bеrilgan qiymatni o’zlashtirishi uchun = bеlgi qo’llaniladi.
MATLAB dasturi buyruqlarni help buyrug’i bilan chaqirib olinishi mumkin. MATLABning asosiy amaliy buyruqlari maxsus kengaytirilgan paketlar(kutubxonalar)ida, yani Toolbox(“Toolbox” inglizcha - “uskunalar qutisi” ma'nosini bildiradi)larida joylashgan bo’ladi.. Bu buyruqlarni MATLAB tizimi ma'lumotnomalaridan yoki help buyrug’i bilan chaqirish mumkin. Masalan: Simvolli hisoblashlarni bajarish paketi buyruqlarini Symbolic Math Toolbox paketini chaqirish orqali ko'rish munkin:
|
| |